Xotira va kasbiy maslahat


XOTIRANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI



Yüklə 68,84 Kb.
səhifə2/4
tarix26.12.2023
ölçüsü68,84 Kb.
#197806
1   2   3   4
Mavzu xotira va kasbiy maslahat-fayllar.org

XOTIRANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI


Esda olib qolish nerv tizimining miya egiluvchan, ya’ni o’zgaruvchanlik qo’zg’atuvchilar ta’sirida o’zida go’yo bir iz tarzda qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’Ђridan–to’Ђri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishiga xotira samarasining susayishiga ba’zi paytda odamning toliqishi sabab bo’ladi. Dam oldgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarini hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqyea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. «Muvaqqat nerv bog’lanishlari – deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli tuman harakat taassurotyo bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlardiki, bu bog’lanishlarni psixologlar abssosiasiya deb ataydilar».
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma’lum o’xshashlik o’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. masalan yosh-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.
Shunday qilib xotiralarning nerv-fizologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin odam esda olib qolish paytida assosiasiyalarni hosil bo’lganligini mutaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalk biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi.
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotiraning turlariga va ularning muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasini esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, eslash singari jarayonlarning amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:
1. Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.
2. Faoliyatning maqsadlariga ko’ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
3. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
Harakat xotirasi – inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko’rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi. Masalan, harakat hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini topib harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.
His – tuyg’u yoki hissiyot xotira. Bu xotira xis-tuyg’ular ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turishi imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar ranglar shakllar bilan bog’liq bo’lgan xotira nuridir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni binobarin narsa xodisalarning aniq obrazlarini ularning xususiyatlari, va bog’lanishlari esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tuqilganida esga tushirishdan idorat xotira turiga aytiladi
So’z, mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni irodalash faqat o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot xabar material ma’no jihatidan qayta ishlanmasa u holda materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
Ixtiyotiy xotira deganda ma’lum maqsadni ro’yobg chiqarish uchun muayyan davrlarda, aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu jarayon ma’lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’ysa esda olib qolishga yetaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematika topshiriqlarni yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Mazkur so’z mantiq holatda asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hyech qanday o’rin ham qolmaydi. Shunga qaramay biz ularni qisqa muddat bo’lsada esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi lenilek holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun ushbu misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz. Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.

Yüklə 68,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin