XOTIRASI PAST O`QUVCHILAR BILAN ISHLASH
Farg`ona viloyati Bag`dod tumani 53-maktab boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi Shukurova Nargizaxon Ismoiljonovna
Annoatatsiya. Maqolada past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashdagi samarali usullar haqida fikrlar berilgan. Maktab ta’limida past o’zlashtiruvchi o’quvchilarning rivojlanishiga xizmat qiladigan ma’lumotlar yoritilgan.
Bugungi kunda ayrim o`quvchilarimizning tengdoshlaridan orqada qolayotganligini, mavzularni o`zlashtirishga qiynalayotganligini sababi ularning xotirasi pastligi, bugun o`rganganini ertaga esdan chiqarib qo`yishidir. Bunday o`quvchilar bilan alohida ishlash talab qilinadi. Yoki 5-6 nafarini darsdan so`ng olib qolib turli mashqlar, o`yinlar orqali o`qitishga harakat qilamiz. Eng avvalo, ularning ota-onasi bilan suhbatlashib olish, ota-onalar ko`magida birgalikda ishlash darkordir. Quyida xotirasi past o`quvchilarga beriladigan tavsiyalar bilan tanishasiz:
O`quvchi miyasiga dam berish.
Ota-onalar bilan suhbatlashish, farzandi ovqatidagi vitaminga boy mahsulotlar, turli salatlar, ko`katlar iste’mol qilishiga e’tibor berish, to`g`ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish.
Kayfiyatni chog` qiladigan turli o`yinlar, jismoniy mashqlar qilish.
Eslashga urinish va e’tiborli bo`lish
Tashkilotchi bo`lishlikka, do`stlari davrasida ko`proq bo`lishligiga e’tibor berish.
Turli badiiy kitoblar ertaklarni birgalashib o`qish, uni so`zlab berish.
To`yib uhlash.
She’rlar yodlash, tez aytishlardan foydalanish.
Chap qo`lda nimalardir yozib turish.
Bir kun burun nima qilganini qanday kiyim kiygani, nima is’temol qilganini… eslashga harakat qilish.
Har kuni xotirasi past o`quvchilar bilan darsdan so`ng alohida ishlash ajoyib samara beradi. Bu mashg`ulotlarda o`quvchiga chap qo`lda ishlash ya’ni matn yozish, rasm chizish mashg`ulotlari o`tkaziladi. Yoki har ikkala qo`lda rasm chizish , matn yozish ham foyda beradi.
Bundan tashqari o`quvchilar bilan ochiq havoga chiqib turli jismoniy o`yinlar o`ynaladi. Bu o`yinlar davomida o`quvchilarga turli savollar beriladi. Masalan, o`quvchi qo`lida tennis o`ynab turib kecha ertalabdan qilgan ishlarini so`zlab beradi. Yoki ustozi o`quvchilar davrasiga turib oladi va savollar bilan o`quvchilarga murojaat qiladi, savol bergan o`quvchisiga qo`lidagi koptokni otadi, o`quvchi esa koptokni ilib olmasdan ustozga qaytaradi va savolning javobini ham o`sha zahoti aytishga harakat qiladi.
Q uyidagi rasmli kartochkalardan foydalanish yaxshi samara beradi, nainki xotira uchun, balki tafakkur doirasini, aqliy rivojlanishini ham ta’minlaydi.
Bu kabi misollar yuqori sinf o`quvchilariga qiyinchilik tug`dirmaydi ammo quyi sinf o`quvchilariga bir oz qiyinchilik tug`dirsa javoblar variantini tayyorlash kerak bo`ladi.
Hamda shulte jadvalidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Shulte jadvalidan foydalangan mahalda o`quvchi 1ta sonni belgilaydi, diqqatini shu songa qaratgan holda boshqa sonlarga ruchka bilan chizib tezlik bilan orqaga qaytadi hamda navbatdagi sonni axtaradi. Natijada o`quvchi diqqati jamlanadi, tezkorligi oshadi, xotirasi charxlanadi.
25
|
7
|
10
|
16
|
8
|
15
|
22
|
12
|
1
|
6
|
21
|
18
|
19
|
14
|
23
|
3
|
11
|
24
|
20
|
4
|
5
|
2
|
9
|
17
|
13
|
Bundan tashqari o`quvchilarni saf tortiriladi-da, ikki xonali sonlardan ixtiyoriy birini aytish topshiriladi, o`yin sharti shundan iboratki, har bir o`quvchi o`zidan oldingi o`quvchilar aytgan sonlarni qo`shib aytadilar. Adashgan o`quvchi o`yindan chiqib she’r aytib beradi. Yana xotira uchun o`yinlardan birini taklif qilaman. Bunda o`qituvchi stol ustiga bir qancha buyumlarni masalan, bo`r, ruchka, qalam, daftar, chizg`ich, kitob va boshqa buyumlarni qo`yadi, beshgacha sanaguncha o`quvchilar bu narsalarni o`rnini eslab qolishga harakat qiladilar. So`ng o`girilib turadilar, o`qituvchi narsalarning o`rnini almashtiradi. O`quvchilar nimaning o`rni almashganini topadilar. Shu kabi o`yinlar va boshqa metodlar bilan xotirasi past o`quvchi lar bilan ishlash a`lo darajada samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Sh. Rahmonov “Mukammal xotira” Toshkent 2014
Internetdan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
Dostları ilə paylaş: |