Hub – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo‘yicha yetti pag‘onaga bo‘ladigan bo‘lsak, xab birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi.
Hub 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hub’ga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks rejimda ishlaydi.
Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi.
Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari Hub’ning FIK kamayib boradi.
Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir.
Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi.
Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi.
Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi.
Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi.
Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi.
Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘linadi.
Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin.
Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin.
Yoki bo‘lmasa 10 – portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo‘llash mumkin.
Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin.
WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.