Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari


Xufyona iqtisodiyotni namoyon bo‘lishining asosiy shakllari va sohalari



Yüklə 67,82 Kb.
səhifə2/12
tarix20.11.2023
ölçüsü67,82 Kb.
#162178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
7 Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari-hozir.org

1.Xufyona iqtisodiyotni namoyon bo‘lishining asosiy shakllari va sohalari
Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq (qonun) normalaridan foydalanishdan bo’yin tovlash va yozilmagan huquqqa, ya’ni an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat.
Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish, birinchi navbatda, qonun doirasidagi harakat bilan, ya’ni yuqori transaktsiya xarajatlari bilan bog’liq. Transaktsiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta’kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni “qonunga bo’ysunish bahosi”, deya tahriflaydi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro’yxatga olish, litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo’lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari);
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog’liq xarajatlar (soliqlarni to’lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to’lash).
Mashhur iqtisodchi E.Fayg xufyona iqtisodiy harakatlarning to‘rtta xilini ajratadi: nolegal (maxfiy, yashirincha), hisobga olinmagan, ro‘yxatga olinmagan va norasmiy iqtisodiy faoliyat.
Nolegal iqtisodiyot. Nolegal iqtisodiyot tijoratning qonuniy shakllari sohasini belgilab beruvchi, yuridik normativlarni buzuvchi iqtisodiy faoliyat tomonidan ishlab topilgan daromadning sinonimi sifatida ishtirok etadi. Nolegal tadbirkorlar ta’qiqlangan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda va ularni taqsimlashda ishtirok etadi (giyohvondlik moddalarini noqonuniy ishlab chiqarish, chayqovchilar tomonidan valyuta ayirboshlanishi va h.k.).
Hisobga olinmagan iqtisodiyot. Hisobga olinmagan iqtisodiyot institutsional jihatdan o‘rnatilgan, soliq kodeksida qayd etilgan fiskal qoidalarni chetlab o‘tuvchi yoki ulardan bo‘yin tovlovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Hisobga olinmagan iqtisodiyotdan olingan daromadlar soliq organlariga xabar qilinmaydi. Bunda “soliq bo‘shlig‘i” – soliq tushumlarini nazarda tutuvchi summa bilan amalda olingan daromad o‘rtasidagi farq yuzaga keladi.
Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot. Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot hukumat statistika organlarining talablariga ko‘ra belgilangan institutsional qoidalarni chetlab o‘tuvchi iqtisodiy faoliyat turidan tarkib topgan. Bu yerda davlat milliy statistika tizimida ro‘yxatga olinmagan daromad summasi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. E.Faygning fikriga ko‘ra, ro‘yxatga olinmagan daromad – bu amaldagi umumiy daromad bilan statistika tizimi tomonidan qayd etiladigan daromad o‘rtasidagi farqdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda uyda ishlab chiqarish ro‘yxatga olinmagan iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Norasmiy iqtisodiyot. Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasini hamda mulkchilik munosabatlarini, litsenziyalashni, mehnat shartnomalarini, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urtalash munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va ma’muriy qoidalar bilan belgilangan huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. U norasmiy faoliyat yurituvchi iqtisodiy agentlar tomonidan olinadigan daromadlar bilan o‘lchanadi

Yüklə 67,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin