Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari


-rasm 4-rasm. Xufyona iqtisodiyot samaralarining uning miqyosiga bog‘liqligi



Yüklə 67,82 Kb.
səhifə9/12
tarix20.11.2023
ölçüsü67,82 Kb.
#162178
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
7 Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari-hozir.org

4-rasm

4-rasm. Xufyona iqtisodiyot samaralarining uning miqyosiga bog‘liqligi
Ijobiy samara parabola bo‘yicha o‘sib boradi, ya’ni xufyona iqtisodiyotning nisbiy kattaligi oshib borgan sari uning o‘sish sur’atlari sekinlashib boradi. Ammo yashirin iqtisodiyot kattalashib borgan sari salbiy samara keskin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bu holda natijaviy samara avvaliga ijobiy (+) belgiga ega bo‘lgan holda o‘sib boradi (0A qism), so‘ng uning o‘sishi to‘xtaydi (A nuqtasi), pasayish jarayoni boshlanadi ( qism), undan keyin natijaviy samara salbiy qiymat (-)ga ega bo‘ladi, va u jadal o‘sib boradi (В nuqtadan keyin).
Ushbu grafik model xufyona iqtisodiy faoliyat miqyosini nazorat qilish muhimligini aks ettiradi. Agar xufyona iqtisodiyot kattaligi 0Aga teng bo‘lsa, jamiyat farovonligi maksimallashadi, chunki bu holda natijaviy samara maksimal darajadagi ijobiy qiymatga ega bo‘ladi. Xufyona iqtisodiyot kengayib borishining maksimal chegarasi gacha borishi mumkin, bunda ijobiy va salbiy samaralar o‘zaro so‘nib boradi. Xufyona iqtisodiyotning hajmi dan oshib ketsa, jamiyat zarar ko‘ra boshlaydi.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida MDH mamlakatlarida yuqori darajadagi xufyona (eng avvalo yuqori darajada jinoiylashgan) iqtisodiy munosabatlar tizimi shakllana boshlandi22 va u bir qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Birinchidan, xufyona iqtisodiyot ulushi katta bo‘lib, iqtisodiyotning dominant, norasmiy va g‘ayrihuquqiy munosabatlar muhim o‘rin tutuvchi sektoriga aylanib bormokda. Ba’zi MDH mamlakatlarida davlat apparatining yoppasiga korrupsiyalashgani, huquq va sud tizimi rolining sustligi, ularning ma’muriy apparatiga, yashirin moliyaviy kapitalga tobeligi bugungi kunning real voqeligidir.
Ikkinchidan, iqtisodiyotda moliyaviy guruhlar (klanlar) shakllandi. Ular yirik kapital qo‘yilmalarini boshqaradigan davlat hokimiyati organlari «qanoti» ostida bo‘lgan hokimiyat xo‘jalik tuzilmasi bo‘lib, keng ko‘lamdagi tadbirkorlik (eng avvalo, tijorat) faoliyati bilan shug‘ullanadilar. O‘z faoliyati bilan bu moliya guruhlari bozorda, asosiy tovar guruhlari bozorida va, ayniqsa, tashqi savdoda raqobat kurashini cheklaydilar. Yashirin moliya kapitalining iqtisodiyotdagi monopol hukmronligi orqali o‘ta katta daromadlar olishining yana bir oqibati – aholining katta qismi qashshoqlashib ketishidir.

Yüklə 67,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin