Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari


-rasm Pozitiv (ijobiy) funksiyalari



Yüklə 67,82 Kb.
səhifə8/12
tarix20.11.2023
ölçüsü67,82 Kb.
#162178
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
7 Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari-hozir.org

3-rasm

Pozitiv (ijobiy) funksiyalari

-allakatsion funksiya (iqtisodiy smazka);


-stabilizatsiyalashtiruvchi funksiya (o’rnatilgan stablizator);
-distributiv funksiya (sotsial (ijtimoiy) amortizator)

3-rasm. Xufyona iqtisodiyotning asosiy funksiyalari.
1. “iqtisodiy “moylash” (“smazka”) – qonuniy (rasmiy) va xufyona iqtisodiyot o‘rtasida resurslarni qayta taqsimlash yordamida iqtisodiy kon’yunkturada darajalar o‘rtasidagi farqlarni tekislash (rasmiy iqtisodiyotda inqiroz bo‘lgan davrda ishlab chiqarish resurslari o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki “soya”ga oqib o‘tadi va inqiroz tugagandan so‘ng rasmiy ko‘rinishga o‘tadi);
2. “ijtimoiy amortizator” – nomaqbul ijtimoiy qaramaqarshiliklarni yumshatish (xususan, norasmiy bandlik kam ta’minlanganlarning moddiy holatini yengillashtiradi);
3. “ichiga o‘rnatilgan stabilizator” – xufyona iqtisodiyot o‘zining resurslari bilan rasmiy iqtisodiyotni ta’minlab turishi (noramiy daromadlardan rasmiy sektorda tovar va xizmatlarni sotib olish uchun foydalaniladi, aylantirib, poklab olingan jinoyatchilik kapitali soliqqa tortiladi va h.k).
Umuman olganda, xufyona iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri ijobiydan ko‘ra ko‘proq salbiydir. Xufyona iqtisodiyotning “ikkinchi” va “qora” turlari eng katta zarar keltiradi. Bir tomondan, jamiyat daromadlari nisbatan kam sonli imtiyozli guruhlar (byurokratlar, mafiya) foydasiga noijtimoiy qayta taqsimlash qayta taqsimlanadi. Ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning markazlashgan boshqaruv tizimi buziladi: qo‘shib yozishlar hukumatda yanglish farovonlik hissini vujudga keltiradi, aslida esa chuqur islohotlar zarurdir; “yashirin” bandlik hukumatning yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha harakatlari ishsizlikni kamaytirishga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo budjet taqchilligini oshiradi va h.k. Xufyona iqtisodiyotning har qanday shaklini rivojlanishi xo‘jalik etikasiga putur yetkazadi. Agar bu tendensiyalar juda chuqurlashib ketsa, insonlar umumqabul qilingan “o‘yin qoidalari” to‘g‘risidagi tushunchani yo‘qota boshlashadi, “hamma narsa mumkin” shiori ostida yashay boshlashadi, natijada jamiyat tartibsizlikka va beqarorlikka yuz tutadi.
Xufyona iqtisodiyotning ijobiy va salbiy samaralarining nisbati uning miqyosiga bog‘liq bo‘ladi (4-rasm)

Yüklə 67,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin