Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Bozor mexanizmi va uning elementlari



Yüklə 53,59 Kb.
səhifə2/5
tarix20.07.2023
ölçüsü53,59 Kb.
#136985
1   2   3   4   5
Bozor mexanizmi va uning tarkibiy qismlarining iqtisodiy nazariy tavsifi.

Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan ‘ul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z ka’italini yoki qarz olingan ka’italni ishga solishni taqozo etadi, bu ka’italdan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi.
Davlat — foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi.1
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan ‘ul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (1-chizma).



Давлат

Банк





Уй хўжалиги

Корхона (фирма)




1-chizma. Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli.

Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat.


Narxlar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar, o’z navbatida, narxlardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashning mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida ga’ borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib to’gan ikki turini bir-biridan farq qila bilish zarurdir. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) ka’ital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.

Yüklə 53,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin