1. Iqtisodiy mexanizm 2. Iqtisodiy tanlov qoidasi 3. Iqtisodiy tizimlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Iqtisodiy mexanizm Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlovchi va bir-birini taqozo etuvchi vositalardir. Iqtisodiy mexanizm universal xarakterga ega, u- hamma erda bor. Mexanizm iqtisodiyotning motori, uni harakatga soluvchi vosita.
Iqtisodiy mexanizm bir necha unsurlarning yaxlitligidan tashkil topadi. Unga iqtisodiy stimullar (rag`bat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste`molni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatning ixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va xo`jalik aloqalarini o`rnatish usullari kiradi
Iqtisodiy mexanizmning etakchi bo`g`ini iqtisodiy stimullar hisoblanadi.
Iqtisodiy stimullar insonlarning o`z iqtisodiy manfaatlarini yuzaga chiqarishining aniq vositasidir.
Ehtiyoj manfaatni yuzaga keltiradi, manfaat esa stimullar orqali amalga oshadi. Stimulni - yaxshi daromad topishga intilish, - dsb ham ta`riflash mumkin. Manfaatdorlik insonning iqtisodiy xatti-harakatni belgilaydi.
Iqtisodiy manfaat insonning o`zi anglab etgani bois uning xatti-harakatlariga sababchi bo`lgan hayotiy ehtiyojdir.
Iqtisodiy manfaatni uch turga bo`lish mumkin:
a) individual manfaat — ayrim kishining yoki alohida oilaning yaxshi yashashdan iborat manfaati;
b) guruhiy-korporativ manfaat—firmaning umumiy manfaati bo`lib, tobora ko`proq foyda olishdan iborat.
v) umummilliy yoki umumjamiyat manfaati — butun xalqning umumiy manfaatidir. Mazkur manfaatni YAMM ifodalaydi. Chunki, yaratilgan mahsulot qanchalik ko`p bo`lsa, kishilar shunchalik to`q va farovon yashaydilar.
Iqtisodiyot mehnatga tayanadi. Mehnatga undash esa ikki yo`l bilan ta`minlanadi: zo`rlash va moddiy rag`batlantirish orqali. Zo`rlashga tayangan mehnatning unumdorligi past bo`lib, o`zini oqlamaydi. Manfaatdorlikka, ya`ni iqtisodiy stimulga asoslangan mehnat unumli bo`ladi, shu boisdan o`rta asrdayoq Markaziy Osiyoda mehnatga majburlash o`rniga erni hosilbay ijaraga berish, dehqonni qiziqtirish orqali erdan foydalanish yuzaga kelgan.
Iqtisodiy faoliyat ixtisoslashadi, bunga sabab jamiyatda mehnat taqsimotn bor.
Mehnat taqsimoti yagona mehnatning mustaqil ahamiyatga ega bo`lgan mehnat turlariga ajralib borishi, mehnat turlarining to`xtovsiz ravishda yangidan paydo bo`lishidir.
Bir mehnat turini bajarish ayrim kishilarga birkitiladi, natijada kasblar ko`payib boradi. Bir vaqtlar mehnat taqsimotn tufayli deqonchilikdan sanoat ajralib chiqqan. hozir esa sanoatning o`zi yuzlab tarmoqlarga ajralgan har bir tarmoqning o`zida yuzlab korxonalar borki, ularda har xil kasb egalari ishlaydi. Mehnat taqsimlanganidan ishlab chiqarish turli korxonalarni, korxona ichida esa har xil kasb sohiblarini ish yuzasidan hamkorlik qilishini talab qiladi. Chunki, yagona mahsulot yaratishda ko`pchilik mehnati ishtirok etadi. Masalan, bir samolyot ishlab chiqarishda mingdan ortiq korxonalar qatnashib, uning butlovchi qismlarini etkazib beradi.
Mehnat taqsimoti mehnat kooperatsiyasini muqarrar yuzaga keltiradi.
Mehnat kooperatsiyasi ixtisoslashgai mehnat turlarining bir-biriga bog`lanib muayyan turdagi mahsulot yaratishda ishtirok etishidir.
Korxonalar bir-biriga turli zarur mahsulotlar etkazib beradi, bu kooperatsiya aloqalari dsb yuritiladi. Kooperatsiya xo`jalik aloqalarida muntazamlikni talab qiladi.
Ixtisoslashuv korxonalarning ayrim mahsulot yoki uning ma`lum qismlarini tayyorlashga moslashuvini bildiradi. Ixtisoslashuv, birinchidan, mehnat unumdorligini oshiradi, Ikkinchidan, mahsulot sifatini ta`minlaydi.
Iqtisodiy mexanizmning muhim bo`g`ini xo`jalik aloqalarini o`rnatish usuli hisoblanadi, ixtisoslashuv mavjud sharoitda zaruratga aylanadi. Chunki, turli tarmoq va korxonalar o`zaro aloqasiz ishlay olmaydilar. Хo`jalik aloqalari barter yoki bozordagi oldi-sotdi aloqalari shaklini oladi.
Iqtisodiy mexanizm pirovard natijada iqtisodiy sa`y-harakatlarning oqilona bo`lishiga qaratiladi.
Iqtisodiy oqilonalik eng kam resurs sarf qilgan holda eng ko`p iqtisodiy natijaga erishish yo`lini bildiradi.