Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Iqtisodiy mexanizmYakka tartibdagi xususiy mulk
Davlat mulki – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat. Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi, ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo’llarni ko’rsatish mumkin. O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tizilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va havonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hoqimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi. Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi. Jamoa mulkiga kooperativlarnig, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladilar. SHaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan kelgan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi. Yüklə 68,5 Kb. Dostları ilə paylaş: |