Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish



Yüklə 73,41 Kb.
səhifə8/9
tarix09.06.2023
ölçüsü73,41 Kb.
#127892
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogika fakulteti

O’stod ham, shogird ham hyech bilmas no’choq.
To’qish –yigirish ham bilim birladir,
Dunyoni topish ham bilim birladir.
O’z zamonasining bilimdon kishilaridan bo’lgan Sandrasul Aziziy buun kuch g’ayratini yoshlarga dunyoviy bilimlar berishga bag’ishladi. U o’zining “Ustozi avval” (darslik tarzida tuzilgan) asarida yoshlarni ilm egallashga, odob, axloq egasi bo’lishga, mehnatga chaqiruvchi ko’plab hikoyalar, maqol, matallarni keltirib o’tadi. Kitobdagi hikoyalar, maqol, matal va she’rlarning ko’pchiligini Aziziy o’zi yaratadi, ularyoshlarni ilm olishga chaqiradi.
Kitobga kiritilgan “Ko’p bil, oz so’zda”, “Ilmsiz aql, yengsiz kiyim”, “Xat yozmoq –yarim ilm” kabi maqollar shular jumlasidandir.
O’z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli bo’lishga chaqiradi. U aql va ilmni ulug’laydi hamda “Aql insonlarning piri komili, murshidan yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir..” deb yozadi.
Muallif o’z fikrini yanada aniqroq va ravshanroq anglatish uchun shunday muhoyasa keltiradi.
“Hayvonlar o’zlariga bo’laklar tarafidan qiladurg’on zulm va jabrlarni shox, tish, tumshuq va tirnoqlari ila qaytarurlar. Lekin inosn..aql va idroki soyasida o’ziga keladurg’on zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni bergan insonlarning aqlidur”, “Hukamolardan biri: “har narsa ko’paysa, arzon bo’lur, aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko’paysa, shuncha qimmatbaho bo’lur”, - demish.
Avloniy ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najoti, deydi. Shu bilan birga u ana shu fazilatlarni shunchaki qayd etmaydi, uning aniq hayotiy, amaliy ahamiyati ustida ham to’xtalib o’tadi. Uning insonni kamolotga yetkaishda bosh
Aba Shukur Balxiy bilimni yoshlikdan egallash zarurligini o’z she’riy misralarida shunday ifodalaydi.
Yoshlik chog’ida o’rganish bilan
Aql ham idrok topishing oson.
Xohlagan tomonga egib qo’yadi.
Niholligida daraxtni bog’bon.
Qiyshigin hyech kim tug’rilay olmas,
Nihol ulg’ayib bo’lganda yo’g’on.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish g’oyasi birinchi bo’lib chet el pedaggikasida chex pedaggi Yan Amos Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan yaratilgan.

XULOSA
“Kichik yoshdagi bolalarni aqliy mavzusi borasida olib borgan ushbu tadqiqotimizni yakunlar ekanmiz bu borada o’rgangan barcha ma’lumotlarni tahlil qilib shunday xulosaga keldik.
Sharq mutafakkirlarini tarbiya haqidagi qarashlarini o’rganganimizda quyidagi qoida xususiyatlari asosiy o’rinda turganini ko’rdik:
Kattalarga hurmat kichiklarga izzat;
Ota –onani e’zozlash;
Diniy va aqliy tarbiya yaxlitligi;
Bolani yoshlikdan kasb –hunarga yo’naltirish;
ye) Ta’limga yo’naltirish va yurtiga foydasi tegadigan inson qilish va xakozo.
G’arb mutafakkirlarini qarashlari farq qilishini ko’rdik. G’arb mutafakkirlarini asosiy qarashlarida tarbiyada erkinlik va dunyoviy bilimlarni diniy bilimlardan ertaroq alohida bo’lganini ko’rdik, lekin mutafakkirlarni qarashlarida o’xshashlik tomonlari ham bor jumladan bolani har tomonlama bilimli qilib yetishtirish kelajakda o’z sohasida yetuk mutaxassi bo’lishi hayot tajribalariga ega bo’lishi va bobomiz Sadiiy Sheroziy ta’kidlagandek “Gar inson olmasa hayotdan ta’lim uni o’qitolmas hech bir muallim”
Demak maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash borasida olib boriladigan ishlarning asosiy maqsadi bolalarga aqliy tasavvur va bilimlarni singdirish, ularda shaxsning aqliy his –tuyg’u va sifatlarini ijobiy munosabatlar va xulq madaniyatini tarbiyalashga qaratilmog’i zarur.
Ana shu maqsadda amalda qabul qilingan “maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ta’lim tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari” va “Bolajon” bolalarni rivojlantirishi va maktabga tayyorlashi tayanch dasturini joriy etilishi muhum ahamiyatga ega bo’ldi. Har bir bola shaxsi, uning bugungi va kelgusidagi aqliy rivojlanishi haqida g’amxo’rlik qilish pedagog tarbiyachilarning kundalik e’tiborini talab etadi: Bunda bola shaxsi va bolalar jamoasini shakllantirish vazifalari uzviy ravishda qo’shib olib borilmog’i zarur hisoblanadi.
Pedagog tarbiyachi bir vaqtning o’zida bolaning boshlang’ich aqliy normalarni anglab yetishni hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolaning his –tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishni, xulqning ijobiy shakllarini tashkil etishni ko’zda tutsa, aqliy tarbiya usullari samarali bo’ladi, maktabgacha yoshdagi bolalarda so’z va ish birligini shakllantirishga yordo’am beradi. Aqliy tarbiyaning usullarini qo’llaganda, mutafakkirlarimiz va chet el pedagoglarning asarlarini hayotga tatbiq etish katta samara beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo’llash muhum ahamiyatga ega bunda asosan namuna va aqliy normalarni anglab yetishni hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolaning his –tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishni, xulqning ijobiy shakllarini tashkil etishni ko’zda tutsa, aqliy tarbiya usullari samarali bo’ladi, maktabgacha yoshdagi bolalarda so’z va ish birligini shakllantirishga yordam beradi. Aqliy tarbiyaning usullarini qo’llaganda, mutafakkirlarimiz va chet el pedagoglarning asarlarini hayotga tatbiq etish katta samara beradi.
Tafakkur, ixtiyoriy eslab qolish, aqliy –irodaviy rivojlanish sohasida sezilarli siljish ro’y beradi. Qiziquvchanlikni o’sib borishi farqlashning rivojlanishi va his tuyg’uning chuqurlashishi bolalarni mashg’ulotlarda muayan vaqt davomida ishlashga; faqat ko’rish emas, balki kuzatish, sezish, taqqoslash, tahlil qilishga o’rgatish imkonini beradi.
Bitiruv malakaviy ishini asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’lim jarayonida Montessori metodikasidan foydalanishga erishish edi. Tadqiqot jarayonida shu maqsaddan kelib chiqib ish olib bordik va quyidagi metodikalarni tajribalarda qo’lladik:
Mehnatni ixtiyoriy tashkil etish
Bolalarni lug’at boyligini oshiruvchi metodikalar
Diqqat va xotirani boyitish bunda badiiy adabiyot vositasida amalga
oshirildi.
Bolalarni aqliy tarbiyalashning turli vazifalarini hal etadigan turli xildagi adabiyotlarni o’rganish va ular orqali bolalarga samarali aqliy tarbiya berish bugungi kun talabi hisoblanadi.



Yüklə 73,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin