Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


Aqliy tarbiyaning vazifalari



Yüklə 73,41 Kb.
səhifə5/9
tarix09.06.2023
ölçüsü73,41 Kb.
#127892
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogika fakulteti

Aqliy tarbiyaning vazifalari. Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyalashning rolli kattadir. Bolalarning bilimlarni egallab olishlari, ularning aqliy faolligini rivojlantirish, mustaqillik, aqliy malaka va ko’nikmalarni egallab olishlari ularning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi va bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo’lib xizmat qiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy

dunyoqarashni shakllantirish.

  1. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish; sezgi, idrok, xotira, xayol,

tafakkur, nutq.

  1. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini

rivojlantirish.
Aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish.


Aqliy tarbiya va ta’lim tushunchasining mazmuni va ahamiyati.
Aql keng ma’noda sezish va idrok etishidan boshlab to tafakkur va hayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisidir.
Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo’lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi (masalan, kattalarda mehnat faoliyati, bolalarda o’yin, o’quv faoliyati).
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma’lum maqsad bilan ta’sir etishidir. U bolalarga tevarak –atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otishni, aqliy malaka va ko’nimklarni tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir. Bilimlar zahirasini egallash, aqliy faoliyatni va mustaqillikni rivojlantirish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirish maktabda muvaffaqiyatli o’qish va bo’lg’usi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning muhim shartlaridir.
Bolalarning 6 yoshdan boshlab maktabda o’qishga o’tishi munosabati bilan ularni maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanishi yetarli darajada bo’lishini ta’minlash tarbiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi. Aqliy kamolot –bu yoshning o’sib, tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliy faoliyatida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha tarbiya yoshida bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Tevarak atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan birga tarkib topgan tushunchalar sistmeasini o’zlashtiradi. Natijada maktabgacha tarbiya yoshidayoq bola tilni shunchalik egallab oladiki, undan muomala vositasi sifatida erkin foydalana oladigan bo’lib qoladi.
Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqyealarni har xil bog’lanishlarda, munosabatlarda ko’ra bilish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o’quv, mehnat, samarali faoliyatlar (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikasiya, qurish yasash) jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishiga ta’lim va tarbiya samaraliroq ta’sir etadi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o’zlashtirib olish, ularni jamg’arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlarni hosil qilish uchun zarurbo’lgan bilish faoliyati usullarini egallab olishni aqliy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari deb hisoblaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to’g’ri tashkil etish uchun ularning aqliy rifojlanish qonuniyatlarni va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uinng mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etish (bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ortiqcha nargruzka bo’lmasligi) yo’llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi.
Olimlar aqliy rivojlanish va aqliy tarbiyaga oid ko’ngil masalalarni tadqiq qilmoqdalarki, bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar aqliy tarbiyachining asosi bo’lgan sensor tarbiyaning mazmuni va metodini ishlab chiqish uchun zarurdir, bolalarning ko’rgazmali –harakatli, ko’rgazmali –obrazli va tushunchali –mantiqiy tafakkurini shakllantirish tadqiq etilmoqda, ularning bilish qobiliyatlarini shakllantirishning o’ziga xos tomonlari aniqlanmoqda.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik –pedagogika tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak –atrof to’g’risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi, voqyealardagi muhim va muhim bo’lmagan tomonlarni ajrata oladigan, ba’zi bir sabab –natijali bog’lanishlarni bilib oladigan bo’lib qoladilar, ularda o’quv faoliyatining daslabki kurtaklari shakllanadi. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish ro’y beradi, shu sababli pedagoglarning vazifasi – bolaga muayyan maqsadga ko’zlab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir.
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida bola har kuni o’zi uchun notanish bo’lgan narsa va hodisalarga duch keladi. L.N.Tolestoy maktabgacha tarbiya yoshi haqida shunday deb yozadi: “Men hozirda o’zimda bor bo’lgan hamma narsani o’sha yoshlik chog’imda egallab olganmanki, egallaganda ham sho’unchalik ko’p, shunda egallab olganmanki, egallaganda ham shunchalik ko’p, shunda egallab olganmanki, egallagan narsamning yuzdan birini ham egallaganim yo’q. Besh yoshli boladan mengacha atigi bir qadam. Yangi tug’ilgan chaqaloqdan besh yoshli bolagacha esa masofa juda uzoq”.
“...Biroq tegishli rahbarlik bo’lmasa, bilim va tasavvurlar tartibsiz bir tarzda to’planib boradi: ular yuzaki, ko’pchilik holda xato ham bo’lishi mumkin. Bola “bulut – bu paxta”, “yulduzlar –elektr lampochkalari” deb o’ylaydi. Tevarak – atrofdagi hayotni kuzatib, u mustaqil xulosa chiqarishga harakat qiladi. K.N.Chukovchikiyning “Otadvux do pyati” “ikki yoshdan besh yoshgacha”) degan kitobida bolalar aytgan fikrlaridan misollar keltiriladi, bular bola zehnining sinchkovligidan dalolat beradi.
“...”pedagogning vazifasi bolalardagi bilimlarni munatazam ravishda oshirib borish, ularni tartibga solish, aniqlashtirishdir.
“Bola tevarak –atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, ba’zi sifatlari (rangi, katta –kichikligi, shakli) va xossalarni (sinadi, pachoq bo’ladi, yirtiladi, to’kiladi va hokazo) haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak. U tabiat hodisalari, ularning o’zaro bog’liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining o’ziga xos belgilari, ular o’rtasidagi bog’lanishlar, hayvonlar, ular hayoti va yashash tarzining tashqi ko’rinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va h.k.) ni bilib oladilar. Jonsiz tabiat, o’simliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatish jarayonida tarbiyachi bolalarda borliq to’g’risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi.
Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi. Bola san’atning har xil turlari (tasviriy faoliyat, musiqa, adabiyot va h.k.)to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi.
Mana shu real bilimlarni egallashi natijasida bolada tevarak –atrofni materillistik tushunishning tarkibiy qismlari shakllanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’zlariga tushunarli bo’lgan ijtimoiy voqyea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari bilan, respublikamizda yashaydigan ba’zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uyg’otishga, Vatanga muhabbat tuyg’ulari va baynalminalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi.

Yüklə 73,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin