Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 491,73 Kb.
səhifə7/11
tarix20.09.2023
ölçüsü491,73 Kb.
#146219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sport trenirovkasida boshqaruv

Vosita va usullar. Koordinatsiya imkoniyatini kengaytirish uchun vositalar tanlashning asosiy g’oyasi yangi, odatdagidek bo’lmagan mashqlar tanlashdan iboratdir (bunda doimo o’rganish malakasi qo’llab turish lozim). Yangi murakkab harakatlarni o’rgatishdan oldin albatta ilgari o’rganilgan bir necha murakkabroq harakatlarni bajarish zarur. Shuning uchun o’rgatish jarayonida nagruzkaning hajmi katta bo’lmasligi, dam olish intervallari va ularning mohiyati qulay ish qobiliyatini ta’minlashi zarur.
Koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalash harakat uyg’unligi bo’yicha murakkab mashqlarni o’zlashtira olish va o’zgaruvchan muhit talabiga binoan o’z harakat faoliyatini tez o’zgartira bilish qobiliyatidan iborat.
Bunda o’z harakatlaridan fazo va vaqt birligida aniq his qilish qobiliyatlarini ajratib ( fazoni, mikro vaqtni, suv, muz va h. k. ni his qilish, muvozanatni saqlash, zo’r berish va bo’shashishni qulay navbatlantirish va h. k.ni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalashda o’rgatish jarayoni o’zliksiz davom etishi kerak (gimnastika trenerlari fahatgina klassifikatsion kombinatsiyalarni o’zlashtirish bilan band bo’lgan sportchilar uzoq vaqt o’tgandan keyin yangi elementlarni qiyinchilik bilan o’rganishgagina kuzatishgan). Chunki mashg’ulot jarayonida o’rganish malakasini doimo kiritish kerak, agar uzoq vaqt yangi harakatlar o’rgatilmasa o’rgatish malakasi yo’qoladi.
Koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantiradigan mashqlarni mashg’ulotning asosiy qismining boshida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ularni tez-tez o’tkazib turish tavsiya etiladi.
Fiziologik va psixologik asoslar. 1. Koordinatsiya qobiliyatlarining asosiy fiziologik mexanizmi nerv jarayonlarining qo’zg’aluvchanligidan iborat.
2. Harakat faoliyatini differentsiatsiya qiladigan ichki tormozlanish jarayonlarining rivojlanish mexanizmlari.
3. Shartli reflektor bog’lanishlarining soni.
4. Analizatorlar (ayniqsa harakat qilish, ko’rish va vestibulyar) ning faoliyati.
Psixologik jihatdan chaqqonlik o’z harakatlari va o’rab turgan muhitni to’liq idrok qilinishiga bog’liqdir.

Yüklə 491,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin