Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik



Yüklə 44,28 Kb.
səhifə3/3
tarix14.12.2023
ölçüsü44,28 Kb.
#177021
1   2   3
XULQ-ATVORNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI. ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK

3. Psixologiyada ongsizlik muammosi.
Buyuk psixolog yuksak psixologik funksiyani tarixiy san’ati konsepsiyasini yaratgan. 1920- yilning 2-yarmida san’atiy asarlarni idrok qilish bilan shug’ullangan. Inson xissiyotini ajrata olib, u yoki bu san’at asarini idrokliligini, ikki har tomonga yo’nalgan affektni, estetik reaksiya negizini ta’minlaydi. Keyinchalik Vigotskiy “ Psixologik tarixiy inqiroz muammosini “ o’rganadi. Vigotskiy psixologiyani metodik muammolarini umumiy analiz qilishga kirishdi, natijada marksizm metodologiyasini orentirovkasini psixologiya funksiyasini ishlab chiqdi. Keyinchalik Vigotskiy bolalar psixologiyasini yangi yo’nalishlarini yaqin chegara rivojlanishi “ ni o’z ichiga olgan qo’llanma yaratdi. Amaliyotda bu qo’lllanmani difektologiyada ishlatadi. 1925-1926 yillarda Vigotskiy “ bolalar psixologiyasini labatorik “ onomomiyasini yaratadi. O’z ishini oxirgi pog’onalarida taffukur va nutq , bilim va ontegenez egosentrik nutq ustida izlanishlar olib boradi. Vigotskiy 36 yil umr ko’radi.5
Inson ongiga muqarrar ravishda his-tuyg‘ular olami kirib keladi, unda murakkab ob’ektiv eng avvalo insonni o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z aksini topadi. Bu o‘rinda ham (jalb etilgan ijtimoiy) boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani kabi patologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg‘ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va hokazo. Ongning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanishi va namoyon bo‘lishining muqarrar sharti til hisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida inson bilimlar hosil qiladi, inson dunyoga kelguniga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga yetkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o‘z hayotini boyitadi. A.I Gersen shunday deb yozgan edi: “Har bir kishi ildizlari sаl bo‘lmasa odam ato zamonlariga borib yetadigan dahshatli shajaraga tayanadi: sohil bo‘yidagi to‘lqin kabi orqamizda butun boshli okean - butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi; shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g‘oyalari gavdalanadi. Til alohida ob’ektiv sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Shaxs tomonidan o‘zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo‘lib qoladi. Til - amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo‘lgan va xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo‘lgan ongdir...» - deb qayd etgan edi. Ong tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatirlarni bemorda ong bor yoki yo‘qligi, yo bo‘lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o‘z-o‘ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to‘g‘risida o‘z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarni tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o‘zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o‘zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o‘z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo‘lib, faqat insonlarggagina xosdir. Hayvonlarda esa ong bo‘lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik - kishini o‘zini tuta olmaydigan qilib qo‘yadigan tassurotlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig‘indisidir. Psixik holat sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishini shunday bir shakli hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o‘rnini mo‘ljal qilish yaxlitligi yo‘qoladi hatti- harakatining nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (masalan: tush ko‘rish), sezilmaydigan, lekin haqiqatda ham ta’sir ko‘rsatadigan qo‘zg‘atuvchilarga javob reaksiyalari: oldinlari ong harakat bo‘lib lekin takrorlanaverib, avtomatlashib ketgan va shunga ko‘ra endilikda anglamaydigan bo‘lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi, ammo maqsad hissidan anglamaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro‘y beradigan ba’zi bir patalogik hodisalarni anglash, ko‘ziga yo‘q narsalar ko‘rinishi va shu kabilarni ham qo‘shishi mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Ongsizlik - bu kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo‘lmagan qismlar aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgandir.
Z.Freyd aytishicha, (yashirin yoki xavotirli) seksual mayllar ma’nisiz ko‘rinadigan simptomlar yoki tushga aylanishi mumkin. Xo‘sh nima uchun bunday mayllar ong ostiga siqib chiqariladi? Z.Freyd fikricha emotsional kechinmalarni psixikaning xotira yetib bora olmaydigan qismlariga siqib chiqarish mexanizmlari mavjud. Namoyon bo‘lishi jihatidan almashtirilgan kechinmalar travma bo‘ladi (travma o‘zbek tilida “yara” ma’nosini bildiradi). Travmaning kelib chiqishi oxir oqibat ilk bolalikkacha tekshirilishi mumkin. Muhokamaning o‘ziga xos (erkin assotsiatsiyalar) usulidan foydalanib, bemor va psixoanalitik travmaning ildizlarini aniqlashadi. Demak, psixoanalizning terapevtik maqsadi ong osti va siqib chiqarilgan axborotni qayta tiklash va uni ego tassarufiga uzatishdan iborat.6 Ongosti (podsoznanie)ni turli usullar bilan o‘rganish mumkin. Jumladan, ana shunday usullardan biri “erkin assotsiatsiyalar” bo‘lsa, ikkinchisi tush va yanglish harakat (ibora)larni chuqur germenevtik talqin qilishdir. Z.Freydning o‘zi tushlarning ta’biriga markaziy o‘rinni ajratgan edi. “Tushlarni ta’birlash ongsizlikning bilishga (podshoh qasriga yo‘l) i bo‘lib, psixoanalizning eng asosi va har qanday tadqiqotchi ishonch va ma’lumot oladigan sohadir. Mendan, qanday qilib psixoanalitik bo‘lish mumkin, deb so‘rashsa, men doimo o‘z tushlaringizni o‘rganish orqali, deb javob beraman”. “Tushlar ta’biri” asarida tushlar psixozlar bilan tashqi o‘xshashlik va ichki o‘zaro aloqadorlikka ega, deyiladi. Biroq ular sog‘lom va normal holat bilan to‘la mos kelishi mumkin. Umuman, tush “alomat” sifatida talqin qilinishi mumkin, biroq nimaning alomati sifatida? Z.Freyd yosh bolalar o‘zlarida bir kun oldin (“kunduzgi fantaziya”) paydo bo‘lmagan lekin qondirilmagan istaklar va mayllar haqida tush ko‘rishlarini aytib o‘tadi. Tush, shunday qilib, ular istaklarining ro‘yobga chiqishidir.

Adabiyotlar



  1. Davletshin M. G. «Umumiy psixologiya» T-2000y.

  2. Nemov R. S. «Psixologiya» T. 1.M. 1998y.

  3. Gamezo A. «Atlas po psixologii» Moskva 2001y.

  4. Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y.

  5. 10. G‘oziev E. E. «Umumiy psixologiya» I—II tom. Toshkent-2002y.

  6. 11. Petrovskiy I. V. «Umumiy psixologiya» «O‘qituvchi», 1992y.

  7. 12G‘oziev E.G. Mamatov M.M. va boshqalar “O‘spirin psixologiyasi” Tosh D.U 1992

  8. 13Goziev E.G. O‘tanov B “Hamkorlik psixologiyasi” T., Tosh D.U. 1992

  9. 14. Goziev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y.

Yüklə 44,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin