Xulq atvorning psixofiziologik asosli. Ong taraqqiyoti va ongsizlik



Yüklə 96,91 Kb.
səhifə15/15
tarix20.10.2023
ölçüsü96,91 Kb.
#158063
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-Amaliy mashgúlot

Inson psixikasining rivojlanishi.
Hayvonlar psixologiyasi – zoopsixologiya degan maxsus fan hayvonlar psixikasini tekshirish bilan shug‘ullanadi. Bu fan hayvonlardagi psixik hayot shakllarining taraqqiyotini ulardagi nerv sistemasining taraqqiyotigava biologik sistematikaga (hayvonlarning har xil turlariga),shuningdek, hayvonlarning hayot kechirish xususiyatlariga qarabo‘rganadi. Zoopsixologiya turli hayvonlar psixikasining taqqoslabtekshirganidan chog‘ishtirma psixologiya deb ham ataladi. Shu psixologiyaning o‘zi psixika taraqqiyotini hayvon organizmlarining
biologik tuzilishiga qarab tekshirgani uchun yana biologik psixologiyadeb ham yuritiladi.
II. INSON ONGINING TARIXIY TARAQQIYOTI
Hayvonlar psixikasining paydo bo‘lishi va o‘sib taraqqiy qilinishini yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning, ya’ni faqat insonga xos bo‘lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo‘ladi.
Inson ong egasi bo‘lganligi tufayli hodisalarning o‘zaro sababiyatlari,bog‘lanishlarini va bu bog‘lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o‘z oldiga muayyan maqsadlar qo‘yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko‘radi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan
materiyaning, ya’ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog‘lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu tufayli ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo‘lgan.
Odamning eng avvalgi ota-bobolari to‘da-to‘da bo‘lib yashagan.
Mehnat jarayonida insonni jamiyatga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib va uni mehnati bilan o‘zlashtirish jarayonida o‘zining tabiatini ham o‘zgartirib boradi. Odamning eng avvalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillasha borgan.
Odamning taraqqiy qilishida mehnatning roli Inson ongining taraqqiy qilishida so‘zsiz mehnat jarayoni muhim rol o‘ynadi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o‘z ehtiyojlari uchun kerak bo‘lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo‘lgan yog‘och, tosh kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan.
Ayni mehnat qurollari tayyorlanishi, qo‘ldan turli-tuman ishlarda foydalanishi tufayli odamzod qo‘lining panjalari rivojlandi. Odam mehnat qilgan sayin so‘zlashni o‘rgandi, nutq vujudga keldi, odam tilga kirdi, so‘zlashni o‘rgana boshladi, so‘zlay berish munosabati bilan, nutq ila
qilinadigan muomalada til taraqqiy eta bordi va mehnat bilan bir qatorda,odam bosh miyasi va ongining yanada o‘zgarishi, takomillashuvi uchun asosiy faktor bo‘lib qoldi.
Odam miyasining nisbiy hajmi ham o‘zgardi va ancha kattalashdi.Bosh miya po‘stining yuzasi ham kattalashdi (2000 kv. sm), miyaning va miya po‘stidagi ayrim qismlarning tuzilishi o‘zgardi. Katta yarim sharlarning peshana va tepa bo‘laklari, ayniqsa, takomil etdi. Odam
miyasining peshana bo‘lagi miya po‘sti yuzasining taxminan 30 foizini egallaydi. Bosh miya po‘stining ensa bo‘lagi odamda 12 foizini egalladi.Odam miyasining po‘stida yangi markazlar hosil bo‘ldi, hayvonlarning miya po‘stida esa bunday markazlar yo‘q. Odam miyasining po‘stida
nutq markazlarining hosil bo‘lishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‘ldi.Odamda ikkinchi signal sistemasi vujudga keldi va tarkib topdi, ikkinchi signal sistemasining ishlashi odamdagi yuksak nerv faoliyatining hayvonlardagi yuksak nerv faoliyatidan farq qiladigan asosiy xususiyatidir.
Odamda moddiy dunyo taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo‘lgan ong taraqqiy qilib va o‘zgarib bordi. Lekin ongning tarixiy taraqqiyoti biologik qonunlar bilan emas, balki ijtimoiy qonunlar bilan belgilandi.Kishilar ongi ijtimoiy hayot shakllarining tarixiy o‘zgarishlariga
muvofiq ravishda taraqqiy qilib bordi. Jumladan, kishilar ongining tarixiy taraqqiyoti ishlab chiqarish usullariga, ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zgarishiga va shu jamiyat ideologiyasiga qarab bordi.Ideologiya deb biron jamiyat, sinfning siyosiy, falsafiy, ma’naviy, estetik (san’at), diniy qarashlar sistemasini aytiladi. Ideologiya, boshqacha aytganda, ijtimoiy ong deb ataladi. Psixologiyada tekshiriladigan individual ongni, ya’ni har bir ayrim kishi ongini ijtimoiy ongdan farq qilish kerak.Barcha kishilar tevarak-atrofdagi dunyoni seza va idrok eta oladilar.
Barcha kishilarda xotira va xayol bor. Barcha kishilar fikrlaydilar va til vositasi bilan o‘zaro aloqa qiladilar. Barcha kishilar turli hislarni ko‘ngildan kechiradilar va o‘z irodalarini namoyon qiladilar.Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalarining tarixiy taraqqiyoti .Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalari tarixan taraqqiy qilib kelgan. Kishilarda faqat ularning o‘ziga xos bo‘lgan ehtiyojlar vujudga keldi va taraqqiy etdi.
Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchun zarur narsalarning hammasi demakdir.Odam yashash, hayot kechirish uchun o‘z ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug‘ma ehtiyojlar bo‘ladi, ovqatlanish, o‘z-o‘zini himoya qilish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy,estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug‘ma ehtiyojlar emas, ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo‘lgan odamning biologic ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan o‘zgargan.Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga
qarab o‘zgaradi.Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko‘ruv, eshituv,
tuyg‘u organlari, ayniqsa, yuksak kamolotga erishdi. Odam musiqani, nafis suratlarni va boshqa san’at asarlarini idrok etishga qodir bo‘ldi.Qo‘l asosiy mehnat organi bo‘lish bilan birga asosiy tuyg‘u organi hambo‘lib qoldi.Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki va xotira faoliyati ham takomillashib va sifat jihatidan o‘zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni anglab-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadigan bo‘ldi, o‘z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab-bilib esdaqoldiradigan va undan anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ldi.Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot mahsulidir .Odamzod tafakkuri dastlab elementar mehnat faoliyati bilan chambarchas bog‘langan edi. Bu aniq-amaliy tafakkur edi. Keyinchalik tafakkur aniq tafakkurdan abstrakt tafakkur sari va amaliy tafakkurdan nazariy tafakkur sari taraqqiy qilib bordi. Albatta, abstrakt va nazariy tafakkur tajribadan ajralmagan holda o‘sib bordi. Mantiqiy tafakkur shakllari ham mehnat tajribasida va dunyoni bilish jarayonlarida hosil bo‘ldi vao‘sib bordi.Odam hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa va munosabatlarni, tabiat va ijtimoiy hayot qonunlarini tafakkur yordami bilan ochib oladi.Insonning ong idora qiladigan faoliyati endi faqat oddiy qo‘l mehnati qurollari, ovqat, kiyim-kechak va turar joyinigina yaratib qolmay, balki fan,san’at, murakkab texnikani ham yaratadi. Kishilar ilmga asoslangan dunyoqarash yaratishga intiladilar va shunga harakat qiladilar. Taraqqiy qilayotgan fan, texnika va san’at esa o‘z navbatida kishilar ongining o‘sishiga, ularning ma’naviy qiyofasiga, tafakkuriga ta’sir etadi.
Avvalgi nasllarning tajriba va bilimlari tilda mustahkamlanib, keying nasllarga o‘tib keldi. Mehnat aloqalarida takomillashib borgan til o‘z navbatida kishilarning ongi va tafakkuri taraqqiyotiga ham ta’sir etdi. Yozuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’siri mislsiz darajada kengaydi va mazmundor bo‘lib qoldi. Kishilar birbirlari
bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas, balki uzoq masofadagi kishilar bilan va ilgari o‘tgan kishilar bilan bavosita «aloqa» bog‘lash yo‘li bilan ham ularning ongi, bilim va tajribasi bilan boyiydigan bo‘lib qoladi.Til kishining butun ongli faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, til mehnat bilan bir qatorda inson jamiyati va ongini taraqqiy ettiradigan ikkinchi asosiy faktordir.Mehnat jarayoni va ijtimoiy munosabatlarning tarkib topish jarayonida tafakkur va til bilan birga, odam irodasi ham paydo bo‘ldi hamda tarixan o‘sa bordi. Odam, ish ko‘rishdan oldin o‘z harakatlarini tasavvur qiladi, shu harakatlarni oldin o‘ylab ko‘radi, qo‘yilgan maqsadga yetish uchun anglab-bilib g‘ayrat ko‘rsatadi, ro‘y bergan qiyinchiliklarni yengib o‘tadigan bo‘lib qoladi. Iroda bilan bo‘ladigan harakatlar – ongli
harakatlar shakllanadi. Shu bilan birga, odamning iroda-ixtiyor bilan qiladigan harakatlari bo‘ladi. Tevarak-atrofdagi muhitni o‘zlashtirish, uni o‘z ehtiyojiga moslashtirish imkonini paydo qildi. Odam iroda egasi bo‘lganligi tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiatni o‘ziga asta-sekin
bo‘ysundirdi, uni o‘ziga xizmat qilishga majbur etdi. Odam tabiatni,tevarak-atrofdagi olamni o‘z maqsadlariga muvofiq qilib o‘zgartiradi,unga yangilik kiritadi. O‘sha tarixiy taraqqiyot jarayonida, uzoq kurash yo‘li bilan insonlar ijtimoiy muhitining stixiyali ta’siridan qutuladi, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini sekin-asta bilib olib, ijtimoiy hayotga uyushgan holda ta’sir ko‘rsata boshlaydi, inson jamiyatining taraqqiyotini muayyan yo‘lga sola boshlaydi.
Kishilar ongining o‘zgarishi Mamlakatimizda mustaqillikning g‘alaba qilishi odamzod shaxsining– undagi barcha kuch va qobiliyatlarning yayrab-yashnashi uchun mislsiz katta imkoniyatlar yaratib berdi. Ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy mulkligi ishlab chiqarish munosabatlarining asosi ana shu yangi munosabatlarni aks ettiradigan yangi ong ham paydo bo‘ldi. Kishilar ongidagi bu yangilik kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishida,
mehnatga munosabatning o‘zgarishida, kishilar saviyasining o‘zgarishi va kengayishida, ularning o‘z faoliyatida oldilariga qo‘yadigan g‘oyalarning o‘zgarishida o‘z ifodasini topdi. Kishilarning o‘zaro munosabatlarida o‘rtoqlarcha hamkorlik va ishlab chiqarish jarayonida
o‘zaro yordam, hamkorlik qaror topdi.Bizda kishilarning mehnatga munosabati ham tubdan o‘zgardi: ilgari og‘ir va mashaqqatli yuk deb hisoblangan mehnat shon-sharafga, shavkat va qahramonlik ishiga aylandi. Mehnatda zavq-shavq qo‘zg‘aydigan manbalar paydo bo‘ldi. Bizda mehnat faqat yashash vositasi bo‘libgina qolmay, balki, ehtiyojga shu bilan birga, shodlik va bardamlik manbalariga aylandi. Kishilarning yuksak hislari – Vatanimiz baxt-saodati uchun
ijodiy mehnat qilishida yangilik yaratish, kashfiyot bilan shug‘ullanishda o‘z ifodasini topmoqda. Ozod kishilarning erkin mehnati zo‘r ijodiyot ekanligini, bu ijodiyotda kishining barcha jismoniy va ma’naviy kuchlari munosib ravishda qo‘shilishini, korxonalarimizning ilg‘orlari va tadbirkorlari amalda ko‘rsatmoqdalar.Kishilarning o‘zaro munosabatlari o‘zgarishi bilan mehnatga yangicha munosabat qaror topishi bilan kishilarning ongi ham o‘zgardi.
Ular o‘z jamiyatiga qarshi bosh ko‘taradigan kishilar emas, balki o‘z jamiyatining a’zosi uning fidoiysidirlar. Ular Vatan oldidagi burchini, vazifalarini doimo yaxshi anglaydigan kishilardir. Mustaqillik davrida kishilarning fikr-hislari, intilishlari va irodasi ham o‘zgardi.
Kishilar ongining o‘zgarishida ijtimoiy tuzum qancha yuqori bo‘lsa,ijtimoiy muhitning o‘sib kelayotgan avlod ongiga ta’siri shuncha ortadi.Mustaqillikka erishishimizning o‘zi kishilarning ongini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir etishida ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Chunki bolalar yoshligidan atrofdagi kishilar bilan munosabatda bo‘lib, bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. Bolani o‘rab olgan ijtimoiy muhit (tabiat, jamiyat, jamoa va guruh), mehnat va til faqat inson shaxsi taraqqiyotining shartlarigina bo‘lib qolmay, bolalar uchun maktabda o‘quv predmetiga aylanadi. Bilim va ko‘nikmalarni egallash bolaning
ma’naviy jihatdan o‘sishiga yordam beradi, dunyoqarash shakllanadi. Inson ongining o‘zgarishida uning faollik ko‘rsatishi ham muhim ahamiyatga ega. Agar bola tug‘ilganidan boshlab faollik ko‘rsata boshlasa, keyinchalik bu faollik faoliyatga aylanadi. Faoliyat esa kishining o‘zini o‘rab olgan tabiatga, ijtimoiy muhitga va ayrim kishilarga ta’sir ko‘rsatishidir.
Bularning hammasi kishilar ongining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
III. ODAM ONGINING YOSHGA QARAB O‘SISHI
Ma’lumki, har bir odamning ongi tug‘ilish paytidan boshlab, butun umr bo‘yi o‘sib boradi. Odam ongining yoshga qarab o‘zgarish sababi nimada, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Turmushdagi kuzatishlar va biologlar, jamiyatshunoslar, psixologlar va pedagoglarning ko‘pgina ilmiy tadqiqotlari bu savolga quyidagicha javob qaytarishimizga asos beradi: har bir kishi, ongining yoshga qarab taraqqiy etishi shu kishi organizmining o‘sishiga, ijtimoiy muhit ta’siriga,
ta’lim va tarbiyaga, shuningdek, odamning o‘z faoliyatiga bog‘liq.
Organizmning o‘sishi
Bola organizmi o‘sib, kamolga yetib boradi. Organizmning ayrim a’zolari o‘sadi va takomil etadi, shu a’zolarning sifati o‘zgaradi. Nerv sistemasi taraqqiy etib va chiniqib boradi. Masalan, bola bir yoshga to‘lguncha bosh miyasining og‘irligi ikki marta oshadi, to‘rt-besh yoshlarga
borganda bosh miya og‘irligi uch marta oshadi. Miyaning o‘sishi 20 yoshgacha, ba’zan undan keyin ham davom etadi. Bola shartsiz reflekslar bilan tug‘iladi, ammo hayotining birinchi
oyidayoq, shartsiz reflekslar asosida, tashqi ta’sirlar tufayli shartli reflekslar ham vujudga kela boshlaydi. Bola bir yoshga to‘lib, ikkinchi yoshga qadam qo‘yganda bosh miya po‘stining faqat odamga xos bo‘lgan yuksak funksiyasi tarkib topadi, I. P. Pavlov bu funksiyani ikkinchi signal sistemasi deb atagan edi. Yuqorida aytganimizdek, I. P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkur hamda og‘zaki va yozma nutqning nerv-fiziologik negizi hisoblanadi.Takomil etuvchi nerv sistemasi, jumladan, bosh miya – taraqqiy etayotgan odam psixikasining moddiy substrati (asosi)dir. Ammo organizm o‘sishining o‘zi hali odam shaxsini, undagi psixik hayot mazmuni va shakllarini belgilab bermaydi. Bola tayyor bilim va mahorat, tasavvur va qobiliyat, tayyor havas va xarakter bilan tug‘ilmaydi. Organizmning o‘sishiga bog‘liq bo‘lgan psixik hayot imkoniyatlari haqiqatan yuzaga chiqishi uchun bola anchayin o‘sish
bilangina qolmay, ijtimoiy muhitda, odamlar orasida yashashi va kamolga yetishi kerak.
Bolalarni go‘dakligida yovvoyi hayvonlar (maymunlar, bo‘rilar) o‘g‘irlab ketishi, bu bolalarning tirik qolib, odamlarga aralashmasdan o‘sish hodisalari anchagina ma’lum. Ammo, bunday bolalarda odamga xos bo‘lgan psixik qobiliyatlar ularning yoshiga yarasha taraqqiy etgan
emas.Bu faktlar shuni ko‘rsatadiki, organizmning inson jamiyatidan tashqarida
o‘sishining o‘zi shaxsning psixik taraqqiyotini ta’minlay olmaydi.
Organizm o‘sishi bilan, jumladan, nerv sistemasi o‘sishi bilan psixik hayot mazmuni va shakllarining taraqqiysi uchun imkoniyat vujudga keladi, xolos. Bu imkoniyatlarning yuzaga chiqish boisi shuki, odam ijtimoiy muhitda yashaydi va kamol topadi. Odam biologik zot sifatida
emas, balki ijtimoiy zot sifatida kamolga yetadi.
Ijtimoiy muhit
Umuman odam ongi ijtimoiy tarixiy hayot sharoitida vujudga kelib, kamolga yetgani kabi, har bir odam ongi ham faqat muayyan ijtimoiy muhitda kamol topadi.
Bola tug‘ilgan paytidanoq, muayyan ijtimoiy hayot sharoitida tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sharoitida, ijtimoiy ong shakllari qaror topgan bir sharoitda bo‘ladi, bola mehnat sharoitining ta’sirida bo‘ladi, tevarak- atrofdagi kishilar bilan so‘zlashib, aloqa qilib turadi. Go‘dak bolaning o‘zi mehnat qilmaydi, albatta. Ammo u mehnat sharoitida yashaydi
va o‘sadi. Bolaning atrofida ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli bo‘lgan narsalar turadi; u mehnat samaralaridan foydalanadi; katta yoshli kishilar bola uchun mehnat qiladilar, so‘ngra bola voyaga yetib, mehnatning biron turiga kirishadi, mehnatga biron munosabatda bo‘ladi. Xuddi
shuningdek, bola tug‘ilgan kuniyoq tilga kirmaydi. Ammo boshqa kishilar bolaning oldida unga murojaat qilib so‘zlaydilar. Bola so‘zlashuvchilar orasida o‘sadi, so‘ngra bola ma’lum yoshga yetgach tilga kirib, so‘zlashadigan bo‘lib qoladi.O‘sayotgan bola tilni bilib oladi, tilning yordami bilan esa avvalgi nasllarning to‘plagan moddiy va ma’naviy tajribasini bilib oladi, ayni vaqtda o‘zining psixik kuchlarini ham kamolga yetkazadi.Odam kamolga yetadigan muhit qandaydir o‘zgarmas bir narsa emas.Har bir odamning, har bir bolaning ongi o‘zgaruvchi muhit ta’sirida kamol topadi. Sinfiy jamiyatda bu muhit sinfiy bo‘ladi. Shu sababli, aniq muhitga qarab, o‘sayotgan odam ongi ham har xil tarkib topadi va kamolga yetadi.Hamma sharoitda bola bolaligicha, yigit-yigitligicha qoladi, albatta. Ammo ijtimoiy hayot, turmush va madaniyat sharoitiga qarab, tarbiyaga qarab, o‘smirlar va yigit-qizlarning xususiyatlari tarkib topadi.
Ta’lim va tarbiya
Tevarak-atrofdagi ijtimoiy muhit odamning o‘sayotgan ongiga, asosan, uyushgan tartibda ta’sir etadi. Ijtimoiy formatsiya qancha yuqori bo‘lsa, ijtimoiy muhitning o‘smir avlod ongiga uyushgan tartibdagi ta’siri shuncha katta bo‘ladi. Inson jamiyati bolalar ongiga asosan tarbiya va ta’lim yo‘li bilan uyushgan ta’sir ko‘rsatadi. Bola tevarak-atrofdagi kishilar bilan xilmaxil
o‘zaro munosabatlarga kirishar ekan, go‘dakligidanoq bilim, mahorat va malaka orttira boshlaydi. U avval oila sharoitida yoki maktabgacha tarbiya muassasasida, so‘ngra maktabda o‘qiydi, ta’lim oladi. Tevarakatrofdagi muhit (tabiat va jamiyat), mehnat va til odam shaxsini kamolga yetkazadigan sharoit bo‘lish bilan birga, bola o‘sgan sayin maktabda
o‘rganadi, shuningdek, tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi.Ta’lim va tarbiya odamni kamolga yetkazadigan asosiy yetakchi faktordir.
Buning sababi shular:
1. Organizm o‘sishining o‘zi va muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsani odam ta’lim va tarbiya jarayonida oladi. Masalan, bola ona tilini tevarak-atrofdagi muhitning «stixiyali» ta’sirida ham bilib olishi mumkin. Ammo, o‘qish-yozishni faqat maxsus ta’lim olish yo‘li bilan
o‘rganishi mumkin.Odam qo‘l-oyog‘ining xilma-xil harakatlari organizmning o‘sishi bilan birga va shu organizm yashaydigan sharoitga qarab takomil etadi.Ammo, maxsus mehnat va texnik ko‘nikma hamda malakalarini odam faqat o‘qib-o‘rganish yo‘li bilan egallab oladi.
2. Odamning noqulay organik takomil natijasi bo‘lgan nuqson ham ta’lim va tarbiya yo‘li bilan zarur tomonga qarab o‘zgartiriladi. Masalan, ba’zi bolalarning ayrim nuqsonlar bilan – ko‘r, kar (kar-soqov, ko‘rkar-soqov) bo‘lib tug‘ilishi ma’lum. Ammo, maxsus tashkil etilgan ta’lim
va tarbiya yordami bilan bunday bolalar aqli to‘la-to‘kis o‘sadi. Bunga ko‘r-kar-soqov Olga Skoroxodova yorqin misol bo‘la oladi. Olga o‘qib, oliy ma’lumot oldi, bir qancha ilmiy asarlar va she’r to‘plamlari yozdi.
3. Muhitning stixiyali salbiy ta’sir etish natijasi bo‘lgan kamchiliklar ham ta’lim va tarbiya yo‘li bilan zarur tomonga o‘zgartiriladi. Masalan,9-10 yashar bolalarda ba’zan muhit ta’siri bilan ba’zi yomon odat va mayllar – tamaki chekish, karta o‘ynash, so‘kinish va shunga o‘xshash
yaramas odatlar paydo bo‘lishi mumkin. Maxsus pedagogik usullar bilan ta’sir etib, bu yaramas odat va mayllarni bartaraf qilish va o‘rniga boshqa yaxshi odatlarni singdirish mumkin.
4. Ta’lim va tarbiya shaxs taraqqiyotida progressiv ahamiyatga egadir.
Muhitning stixiyali ta’siri odamning taraqqiyotini shu muhit darajasiga yetkaza oladi. Ta’lim va tarbiyada shu progressiv jamiyat darajasidan tashqariga chiqadigan maqsadlar (ideyalar) qo‘yiladi. Masalan, pedagogic sistemamizda kelajak kishilarini, yanada mukammal kamol topgan shaxsni yetishtirishni maqsad qilib qo‘yamiz. Bunday maqsad yosh avlodda psixikaning kamolga yetish xususiyatlarini ham belgilab beradi,yoshlarda haqiqiy maqsadga intilish, yashash va ishlashga intilishning taraqqiy etishini ta’minlaydi. Shunday maqsad qo‘yilar ekan, tarbiya va
ta’lim shaxs taraqqiyotida yoshda progressiv ahamiyatga ega bo‘ladi.
5. Ta’lim jarayonida bolalar o‘z aqlini ilm bilan boyitib, bir qancha mahorat va malaka olib, shu bilan birga o‘zlari ham kamol topadilar.Bolalarning kamolga yetish darajasi biror bilim va malakalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga bog‘liq. Bilim va malakalarni o‘zlashtirish jarayoni esa o‘z navbatida bolalarning jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topishiga imkon beradi.
Ta’lim jarayonida bolalarning iroda va ma’naviy sifatlari takomillashadi, ularning dunyoqarashi tarkib topadi. Ta’lim – odamning tabiiy qobiliyatlarini uyg‘otish va rivojlantirish uchun muhim shartlardan biridir.



1 Климов E.A. «Общая психология» M.: Спб.: Речь 2001.



2 3.G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y.



Yüklə 96,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin