BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI VA O'QISH DARSLARINING INTEGRATSIYASINI TA’MINLASHDA O'QITUVCHI KOMPETENTLIGI VA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING O'RNI XURRAMOVA MADINA ABDUNAZAR QIZI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 2-KURS TALABASI MUSURMONQULOV ADHAM ABDURASHID O’G’LI Ilmiy rahbar: TerDPI o’qituvchisi ANNONTATSIYA. Hozirgi kunda boshlang'ich maktab ta'limini integratsiya qilish haqida ko'p gapirilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o'quvchisi atrofidagi olamni bir butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o'quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog'liqligini ko'rishga o'rgatish kerakligini o'qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan, ta'lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob beradimi, uni qanday tashkil etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ka'lit so'zlari:obyekt, ta'lim tizimi, ta'lim poydevori, ijodkorlik,ko’nikma, ta’lim, yaratuvchanlik, tafakkur, fikrlash, erkinlik.
KIRISH.So'nggi yillarda ta'lim-tarbiya tizimida yangi avlod tarbiyasida jahon fani va madaniyatinig ilg'or yutuqlarini jamlagan, o'tmish ajdodlarimiz aql-zakovoti mahsuli sifatida yaratilgan milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga tayangan holda zamonaviy ta'lim-tarbiya berish uslublarini shakllartirish muammosi vujudga keldi. Barkamol avlod jamiyat taraqqiyotining asosi. Shu bois mamlakatimizda ham jismonan, ham ma'nan barkamol avlodga ta'lim-tarbiya berish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy datsuri", "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi Qonun hamda "Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi", "20082012 yillarda uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini modernizatsiyalash va ta'lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko'tarish Davlat dasturi", 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida va boshqa me'yoriy hujjatlarda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish vazifalari belgilangan bo'lib, bu esa ta'lim jarayonida o'quvchilar bilan ishlash, ularni barkamol avlod sifatida shakillantirish davlat miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilishida zamin bo'lmoqda. Ta'limni integratsiyalash fikri xalq ta'limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab ta'limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o'rganish obyektlari bo'lgan ba'zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin. Ta'limni integratsiyalashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirishdan iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqea-hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhimdir. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o'rgatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan, tuzish va o'tkazish tartibiga ega bo'lgan, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.