Xursandova Anora Boshlang’ich sinf o’quvchilarida grammatik tushunchalarni shakllantirish va ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish r е j а



Yüklə 110,34 Kb.
səhifə2/20
tarix03.05.2023
ölçüsü110,34 Kb.
#106711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
41604012e50a3e71092c04e432819799 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida grammatik tushunchalarni shakllantirish va ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish

Mаvzuning dоlzаrbligi. Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim tizimida farzandlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash maqsadida “Talim to’g’risida” gi Qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ta’limning har bir bosqichida islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Yangi asr o`qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik-psixologik va intellektual salohiyat bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tye bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tyexnologiyalari, ta'limning intyerfaol usullari va ilg`or samarali myetodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o`zining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbyekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari» asarida O`zbyekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modyernizatsiya modyeli orqali amalga oshirish lozimligini ta'kidlagan1. Buni ta'minlash bo`lajak mutaxassislarni va ilmiy-pedagogik xodimlarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashni taqozo etadi. Bu muhim vazifani hal qilishning samarali yo`llaridan biri mutaxassislarni ilmiy tadqiqot myetodologiyasi bilan shug`ullana oladigan qilib tayyorlashdan iboratdir. Ushbu muammo yechimini ham O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o`zining «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» asarida “...farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli, yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo`lishi lozim,” dyeb ta'kidladi2.
Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim tizimida farzandlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash maqsadida “Talim to’g’risida” gi Qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ta’limning har bir bosqichida islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston davlatining mustaqillik davridagi taraqqiyoti ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha qirralarida bo‘lgani singari madaniy-ma’rifiy sohalarda ham tarixiy o‘zarishlarni yuzaga keltirmoqda. Istiqlol mafkurasi tufayli “Tilimizni, dinimizni, urf-odatimizni, ma’naviy qadriyatlarimizni butkul yuqotib qo‘yish xavfidan saqlab, asrab-avaylab, ularning azaliy mazmuni va qudratini tiklash…”3 darajasiga erishdik.
2004-yil esa Respublikamizda maktab ta’limini rivojlantirish bo’yicha muhim xujjatlar qabul qilingan yil sifatida yodimizda qoldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-2009- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish. “Davlat Umummilliy Dasturi to’g’risi” dagi farmoni va ushbu farmon asosida qabul qilingan qarorlarida maktablarimizning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda uzluksiz ta’limining yagona tizimini shakllantirish bilan bog’liq ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bugun ushbu farmon talablarini bajarish bo’yicha joylarda keng ko’lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Ta’lim tizimi islohotiga doir chiqarilgan farmon va qarorlar xalq ta’limi hodimlari, jumladan boshlang’ich ta’lim mutahassislariga ham ma’sulyatli vazifalarni yukladi.
Tarixiy taraqqqiyot tajribalaridan ma’lumki, har qanday jamiyatda davlatning istiqboli uni rivojlantiruvchi kuch hisoblangan mustaqil fikrlovchi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasiga borib taqaladi.Bu jarayonda ta’limning asosiy bo’g’ini hisoblangan boshlang`ich ta`limni takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri xisoblanadi. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim fanlari orqali o’quvchilarning umuminsoniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi. Ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini dunyo qarashini, o’z-o’zini anglash, jismoniy sog’lom bo’lishga, milliy urf-odatlarni o’zida singdirishga, mamlakatimiz boyliklarini ko’z qorachig’iday asrashga, tabiatga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi, shuningdek bu bosqichda ularning nuqtini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratiladi. O`quvchi maktabga kelgan dastlabki kunidan boshlaboq o`qishga havas qo`yishi savodli o`qishi, dastlabki amallarni to`g`ri bajarishga o`rgatishi kerak. Bolaning kelajakda mustaqil fikrlovchi, yetuk malakali mutaxassis bo’lib etishishida boshlang’ich ta’limda o’qitiladigan o’qish darslarining o’rni va ahamiyati muhimdir.
O`qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O`qishni bilmagan odamning ko`zi ojiz kishidan farqi yo`q. O`qish faoliyati boshlang`ich sinflarda barcha fanlar tarkibida amalga oshiriladi, lekin o`qishga o`rgatish va nuqni shakllantirish o`qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o`quvchini o`qishga o`rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. Ta`limga ilg`or pedagogik texnologiyalarni olib kirish va eng zamonaviy, takomillashgan o`qitish usullarini qo`llagan holda yuqori samaraga erishish bugungi kunning oldidagi dolzarb vazifalaridan biridir.“Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak”4 ligini har bir murabbiy chin yurakdan his qilmog‘i lozim.
Bunio‘quvchi-yoshlargatezvaosonyetibborishinita’minlashdaesa, bizgaadabiyotfaniyordamgakeladi. Chunki, adabiyotning bosh vazifasi ham tarbiyalashdir. O‘z shaxsiyati va asarlari bilan insonlarga ibrat bo‘la oladigan, ularga ma’rifat nuri ulashadigan buyuk siymolarning hayoti va faoliyatini o‘rganishimizning ham asl mohiyati shunda.
“Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish uning dunyoqarashini aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to‘g‘ri baho berish uchun zamin hozirlaydi” Ba’zan yozuvchi va shoirlarning hayotini o‘rganish shart emas, degan qarashlarga ham duch kelamiz. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni to‘plash ilmning chinakam “qora ishi” sifatida baholanishi kerak. Sababi, bu xil ishlar konkret ijodkorning shaxs va san’atkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini to‘g‘ri talqin qilish uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adib hayotiga oid ma’lumotlar o‘zi yozib qoldirgan tarjimayi hollardan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin.
Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili va o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarin ita’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
Ta’lim tizimi islohotiga doir chiqarilgan farmon va qarorlar xalq ta’limi hodimlari, jumladan boshlang’ich ta’lim mutahassislariga ham ma’sulyatli vazifalarni yukladi.
Tarixiy taraqqqiyo ttajribalaridan ma’lumki, har qanday jamiyat dadavlatning istiqboliuni rivojlantiruvchi kuch hisoblangan mustaqil fikrlovchi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasiga borib taqaladi.Bu jarayonda ta’limning asosiy bo’g’ini hisoblangan boshlang`ich ta`limni takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri xisoblanadi. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim fanlari orqali o’quvchilarning umuminsoniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi. Ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini dunyo qarashini, o’z-o’zini anglash, jismoniy sog’lom bo’lishga, milliy urf-odatlarni o’zida singdirishga, mamlakatimiz boyliklarini ko’z qorachig’iday asrashga, tabiatga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi, shuningdek bu bosqichda ularning nuqtini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratiladi. O`quvchi maktabga kelgan dastlabki kunidan boshlaboq o`qishga havas qo`yishi savodli o`qishi, dastlabki amallarni to`g`ri bajarishga o`rgatishi kerak. Bolaning kelajakda mustaqil fikrlovchi, yetuk malakali mutaxassis bo’lib etishishida boshlang’ich ta’limda o’qitiladigan o’qish darslarining o’rni va ahamiyati muhimdir. O`qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O`qishni bilmagan odamning ko`zi ojiz kishidan farqi yo`q. O`qish faoliyati boshlang`ich sinflarda barcha fanlar tarkibida amalga oshiriladi, lekin o`qishga o`rgatish va nuqni shakllantirish o`qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o`quvchini o`qishga o`rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. Ta`limga ilg`or pedagogik texnologiyalarni olib kirish va eng zamonaviy, takomillashgan o`qitish usullarini qo`llagan holda yuqori samaraga erishish bugungi kunning oldidagi dolzarb vazifalaridan biridir.
Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili va o’qish darslari adabiyo tfanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
Ona tili darslarini Davla ttalablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarg asuyanib, hayotga bog’lab o’tishiuning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. Ona tili va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
Ona tili darslari davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish hamda nutqda qo’llash malakalarini o’zlashtiradilar.
Har bir inson, ayniqsa, talaba va o’quvchilar shaxsning ismini, predmetning nomini (ot so’z turkumi orqali), rangini va sifatini (sifat so’z turkumi), sonini va sanog’ini (son so’z turkumi orqali), harakatini va holatini (fe’l so’z turkumi orqali) aniqlaydi. Shuningdek, gapda ravish, olmosh hamda yordamchi so’z turkumlarining o’z va muhim o’rni bor. Bular esa nutq o’stirishda bevosita ishtirok etadi. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 110,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin