Xursandova Iroda qabul qildi: Reja : Kirish. Asosiy qism


Trikotaj mahsulotlari dizaynida ranglar uyg``unligi



Yüklə 186,24 Kb.
səhifə5/5
tarix05.04.2023
ölçüsü186,24 Kb.
#93840
1   2   3   4   5
Xursandova Iroda qabul qildi Reja Kirish. Asosiy qism

2.2 Trikotaj mahsulotlari dizaynida ranglar uyg``unligi
Rang dizaynda o‘ziga xos muhim xususiyatga ega. Biror narsa, odamda yomon taassurot uyg‘otsa, boshqa bir insonga mutlaqo boshqacha ta’sir etadi. Ba’zan bu kishining nimani afzal ko‘rishiga bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan u madaniy hayot tarziga bog‘liq.
Rang nazariyasining o‘zi bir ilm. Ranglarni turli xil odamlarga, yakka tartibda va jamoaviy tarzda, qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganish shunday narsaki, bunga ko‘ra odamlar ish faoliyatlarini barpo etishadi. Va bu yerda judayam ko‘p narsa bor. Oddiygina aniq rang va rangning o‘zgarishini o‘zgartirish ham mutlaqo boshqacha kayfiyat uyg‘otadi. Madaniy xilma-hillik shuni anglatadiki, bir mamlakatda xursandchilik va baxtiyorlik, boshqa birida tushkunlik bo‘lishi mumkin.








  1. rasm. Ranglar xilma-xilligi

Iliq ranglar - qizil, zarg‘aldoq va sariq ranglarni o‘z ichiga oladi va shu uchala rangning xilma-hilligidan iborat. Bular olov, kuz yaproqlari, quyoshning chiqishi va botishi va umumanquvvat beruvchi, jo‘shqinlik va ijobiy ranglardir.
Qizil va sariq ikkisi muhim ranglar, zarg‘aldoq o‘rtada yo‘qolib ketadi. Bu shuni anglatadiki iliq ranglar to‘laqonli iliqlikni ifodalaydi va iliq rangni sovuq rangga aralashtirish orqali hosil qilinmaydi. Dizaynda baxtiyorlik, jo‘shqinlik, quvnoqlik va quvvatni ifodalashda iliq ranglar ishlatiladi.






  1. rasm.Qizil rang

Qizil juda issiq rang. U olov, zo‘ravonlik va urushqoqlik bilan bog‘liq(1.2.2-rasm). Shuningdek u sevgi va jo‘shqinlik bilan bog‘liq. Qadimda u ham shayton ham muhabbat ma’budi bilan bog‘langan. Qizil rang shuningdek odamlarda jismoniy ta’sirni, qon bosimi ko‘tarilishi, nafas olish tezlashishiga ham ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari qizil rang insonni metabolizm jarayoniga erishishini ham ko‘rsatadi.
Qizil jahl bilan bog‘liq bo‘la oladi, lekin bu muhimlikka asoslanadi. Shuningdek qizil xavf-xatarni ifodalaydi(to‘xtash chiroqlari va belgilar qizil va ko‘plab ogohlantiruvchi belgilar ham qizildir). G‘arb dunyosidan tashqarida qizil boshqacha munosabatlarni ifodalaydi. Masalan, Xitoyda qizil rang gullab- yashnash va baxtiyorlik rangidir. Shuningdek, u omad chaqiruvchi rang sifatida bilingan. Boshqa sharqiy madaniyatlarda kelinlar to‘y liboslari qizil rangda kiyilgan. Biroq Janubiy Afrikada qizil aza rangi hisoblanadi. Afrikada ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan qizil kampaniya(RED) OITSdan ogohlik rangidir.
Dizaynda qizil kuchli aksent rang bo‘lishi mumkin. Aksar dizaynlarda asosan o‘zining tabiiy shaklida o‘ta kuchli ta’sir uchun ishlatiladi. Dizaynda quvvat va jo‘shqinlikni gavdalantirish xohlanganda qizil ishlatiladi. Yorqinroq ko‘rinishlarda ko‘proq energetik va to‘qroq soyalari kuchli va hashamatli bo‘lishiga qaramay, qizil rang juda o‘zgaruvchan bo‘ladi.



  1. rasm. Zarg‘aldoq rang

Zarg‘aldoq - juda yorqin va energiyaga boy rang hisoblanadi (1.2.3-rasm). Bu rangning sokin shakli yer va kuz fasli bilan bog‘liq. Chunki uning fasllar almashinuvi bilan bog‘liqligi sababi, zarg‘aldoq umumiy o‘zgarish va hatti- harakatni ifodalaydi.
Chunki zarg‘aldoq apelsin(burtuqol)ning o‘zidir, bu sog‘liq va tiriklik bilan bog‘liq. Dizaynda zarg‘aldoqqizil rangchalik ortiqcha quvvat ishlatmasdan diqqatni tortadi. U ba’zida do‘stona va taklifkor rang hisoblanadi.


  1. rasm. Sariq rang

Sariq ba’zida iliq ranglardan eng yorqin va eng quvvatga boy rang hisoblanadi (1.2.4-rasm). U baxtiyorlik va quyosh porlashi bilan bog‘liq. Shuningdek sariq rang qo‘rqoqlik va yolg‘onchilik rangi ham hisoblanadi (hatto sariq rang odamni qo‘rqoq deb chaqirishadi).
Sariq rang yana umid bilan bog‘liq, ba’zi bir mamlakatlarda oilalar tomonidan sariq lentalar namoyish etilganda, urushda muhabbatiga sodiq qolganligi ko‘rinadi. qizil rangchalik bo‘lmasa ham sariq rang xavf bilan bog‘liq. Ba’zi mamlakatlarda sariq rang turlicha ajralmas ma’noga ega. Masalan Misrda sariq rang aza uchun ishlatiladi. Yaponiyada sariq rang dovyuraklikni, Hindistonda esa savdogarlarni ifodalaydi.
Yorqin sariq baxtiyorlik va quvnoqlikni baham ko‘radi. Muloyim sariq ranglar ko‘pincha chaqaloqlar va yosh bolalar(ham qiz, ham o‘g‘il uchun)ga
ishlatiladi(ko‘k va pushtidan ko‘ra ko‘proq). Och sariq yorqin sariqqa nisbattan ko‘proq tinchlantiruvchi, baxtiyorlikning sokin hissini beradi.
To‘q sariq va tiilarang sariq ba’zida ko‘hna ko‘rinadi va qaerda muqimlik tuyg‘usi istalganda o‘sha erda ishlatiladi.






  1. rasm. Salqin ranglar

Salqin ranglar - yashil, ko‘k va qirmizirangni o‘z ichiga oladi va ular ba’zan iliq ranglarga nisbatan mo‘tadil hisoblanadi (1.2.5-rasm). Ular tun,suv, tabiat ranglari hisoblanadi, shuningdek ular odatda sokinlik, tinchlantiruvchi va ma’lum ma’noda uyatchanlikni ifodalaydi.
Ko‘k rang salqin ranglar orasida asosiy rang hisoblanadi, qolgan ranglar esa ko‘k rang va iliq ranglar aralashuvidan hosil bo‘ladi.
Yashil ba’zi sariq rang xossalarini o‘z ichiga oladi, qirmizirang esa qizil rangdagi ba’zi xossalarni o‘z ichiga oladi. Agar dizaynda sokinlik hissi va yuksak mahoratlilikni ifodalash kerak bo‘lsa, salqin ranglardan foydalash lozim.






  1. rasm. Yashil rang

Yashil rang juda idrokli hisoblanadi (1.2.6-rasm). U yangi boshlanish va o‘sishni aks ettiradi. U yangilanish va mo‘lchilikni ham bildiradi. Muqobil ravishda yashil hasad yoki rashk va tajriba etishmasligini ham ifodalay oladi.
Yashil rangda ko‘k rangda bo‘lgani kabi sokinlik xususiyati bor, lekin u sariq rangdagi ba’zi quvvatni o‘z ichiga oladi. Dizaynda yashil rang, mutanosiblashtirish va uyg‘unlik hosil qilish efffektini bera oladi va juda barqarordir. U boylik, barqarorlik, yangilanish va tabiatga bog‘liq dizaynlar uchun mosdir. Zaytun rangi ko‘proq tabiat dunyosini ifodalaganidek, yorqinroq yashil quvvat va jo‘shqinlik beruvchi rangdir. To‘q yashil ranglar eng barqarorlik va mo‘l-ko‘llik ramzi hisoblanadi.






  1. rasm. Ko‘k rang

Ko‘k rang bazida ingliz tilidagi g‘amginlik bilan bog‘lanadi (1.2.7- rasm). Shuningdek, ko‘k ulkan sokinlik va mas’uliyat timsoli hisoblanadi. Och ko‘k poklovchi va do‘stlik ramzi ham bo‘la oladi. To‘q ko‘k ranglar kuchliroq va ishonchliroq hisoblanadi. Ko‘k rang yana tinchlik bilan bog‘liq va ko‘plab madaniyat, urf-odatlarda (masalan, Bibi Maryam asosan ko‘k libos kiygan) ruhiyat va diniylik g‘oyalari bilan bog‘liq.
Ko‘k rang keng ta’sirli mazmunga ega va bu rangning aniq shakli va darajasiga bog‘liq. Dizaynda, tanlagan ko‘k rangning aniq shakli dizaynning qanday fahmlanganiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Och ko‘k ranglar ba’zida tinchantiruvchi va orombaxshlik beradi. Yorqin ko‘kranglar quvvat beruvchi va poklovchi bo‘lib xizmat qiladi. To‘q ko‘k ranglar ishonchlilik va kuchlilik muhim bo‘lganda dizaynlar uchun a’lo darajada mos keladi.






  1. rasm. Qirmizirang

Qirmizirang uzoq qirollik bilan bog‘langan (1.2.8-rasm). U qizil va ko‘kning qorishmasidan hosil bo‘lgan va ikkisini ham ba’zi xossalarini oladi. U ijodkorlik va tasavvur bilan ham bog‘liq. Tailandda qirmizirang beva ayollar
uchun motam rangidir. To‘q qirmiziranglar an’anaviy tarzda boylik va shohonalikka bog‘liq, och qirmizirang ko‘proq ishqiy munosabatni ifodalaydi.
Dizaynda to‘q qirmizirang boylik va hashamatni ifodalaydi. Och qirmizirang muloyimroq va bahor hamda muhabbat bilan bog‘liq.






  1. rasm. Betaraf(neytral) ranglar

Betaraf (neytral) ranglar - dizaynda, ko‘pincha orqa fonga xizmat qiladi (1.2.9-rasm). Ular asosan yorqin ranglar bilan aralashadi. Lekin ular dizaynlarda yolg‘iz o‘zlari ham ishlatishlari mumkin va bu juda nozik joylashishni ta’minlaydi. Betaraf ranglar ma’nolari va taassurotlari ko‘pincha ularni qurshab turgan atrofdagi iliq va sovuq ranglar ta’sirida bo‘ladi.






  1. rasm. Qora rang

Qora betaraf ranglar ichida eng kuchlisi (1.2.10-rasm). Ijobiy tomondan qaraganda umuman quvvat, oliylik va jiddiylik bilan bog‘liq. Salbiy tomondan, yovuzlik, o‘lim va sehr bilan bog‘liq. Ko‘plab g‘arbiy mamlakatlarda qora rang an’anaviy motam rangi hisoblanadi. Ba’zi madaniyatlarda u qo‘zg‘olon ruhiyati bilan bog‘liq va Halloween va ilohiy bayramlar bilan bog‘lanadi.
Asosan qora rang xushbichim dizaynlar bilan birgalikda yoqimsiz dizaynlarda ham ishlatiladi. U qadimiy yoki zamonaviy, an’anaviy yoki noan’anaviy bo‘lishi mumkin, u qaysi rang bilan birikib kelishiga bog‘liq. Dizaynda qora rang tipografiya va boshqa amaliy qismlarda ko‘proq ishlatiladi,
bunga sabab uning mo‘tadihigidir. qora rang dizaynda noziklik tuyg‘usini va ilohiylikni osonlikcha ongimizga singdiradi.






  1. rasm. Oq rang

Oq rang kamalak rangini qora rangdan kelganda eng oxirida turadi, lekin qora rang singari boshqa ranglar bilan juda yaxshi kirishadi (1.2.11-rasm). Oq rang asosan ozodalik, soflik va ezgulik bilan bog‘liq. G‘arbda kelinlar to‘y kechasi oppoq libos kiyishadi. Shuningdek u sog‘liqni saqlash idoralari jumladan, shifokorlar, hamshiralar va tishshifokorlari singari, kasb egalari bilan bog‘liq. Oq rang yaxshilik bilan bog‘lanadi va farishtalar oq rangda ifodalanadi.
Dizaynda oq rang umumiy ma’noda orqa fonda boshqa ranglarni kattaroq ko‘rsatish uchun ishlatiladi. U ozodalik va soddalikni ifodalashga yordam beradi va minimalist dizaynlarda juda mashhur. Oq rang dizaynlarda qish yoki yozni ifodalashda, atrofdagi ranglar va rasmlarga bog‘liq holda, ishlatilishi mumkin.






  1. rasm. Kulrang

Kulrang betaraf rang hisoblanib, umumiy kamalak rangning salqin ranglar qismi oxirida joylashadi (1.2.12-rasm). U ba’zan kayfiyat va siqilish rangi hisoblanadi. Och kulrang ba’zi dizaynlarda oq o‘rnida ishlatiladi va to‘q kulrang qora rang o‘rnida ishlatiladi. Kulrang umumiy ma’noda an’anaviylik va rasmiylik lekin zamonaviy bo‘lishi ham mumkin. Ba’zan u motam rangi sanaladi. Ko‘pincha rasmiylik va mohirlik asos qilib olinganda, hamkorlik dizaynlarida ishlatiladi. U juda nozik rang hisoblanadi. Dizaynda kulrang fonlar tipografiyadagidek juda mashhur.






  1. rasm. Jigarrang

Jigarrang yer, yog‘och va toshlar rangidir (1.2.13-rasm). Bu mutlaq tabiat rangi va iliq betaraf rang. Jigarrang ishonchlilik, o‘zgarmaslilik va erga xoslik bilan bog‘liq. U zerikish bilan ham bog‘liq. Dizaynda jigarrang asosan fon rangi sifatida ishlatiladi. U shuningdek, yog‘och tekstura va ba’zida toshli teksuralarga ishlatiladi. U dizaynga iliqlik va tetiklik tuyg‘usini ifodalashga yordam beradi. Bazida uning to‘q shakllari orqa fon yoki tipografiya uchun qora rang o‘mida ishlatiladi.


  1. rasm. Och jigarrang

Och jigarrang ma’lum ma’noda kamalak ranglari orasida yagona hisoblanadi va u atrofdagi ranlarga qarab salqin yoki iliqlik xossasini olishi mumkin (1.2.14-rasm). Unda jigarrang iliqligi va oq rang salqinligi mavjud. U ko‘p misollarda mo‘tadillikni ifoda etadi va odatda orqa fon uchun ishlatiladi. Shuningdek u, diyonat belgisi ham hisoblanadi.
Och jigarrang dizaynda asosan orqa fon uchun ishlatiladi, va u odatda orqa fonda qog‘oz teksurasi ko‘rinishida keladi. Och jigarrang atrofidagi ranglar xususiyatini o‘ziga oladi, yani bu shuni bildiradiki unda o‘zining kichik effekti
mavjud bo‘lib, boshqa ranglar bilan birga ishlatilganda dizaynning so‘nggi ko‘rinishiga bir oz ta’sir ko‘rsatadi.








  1. rasm. Qaymoqrang

Qaymoqrang nozik rang bo‘lib, u iliq jigarrang va asosan oq rangning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi (1.2.15-rasm). Ular odatda sokinlik va tarixiy tuyg‘usini beradi. Sadaf rang sokinrang hisoblanadi, garchi u biroz iliq bo‘lsa ham oq rangning sofligi bilan birikib keladi.
Dizaynda sadaf tovarimizga ulug‘vorlik va sokinlik berib turadi. U yer rangidagi ranglar, jumladan pushti-sariq yoki jigarrang, bilan birikib kelganda yerga o‘xshash sifat xususiyatini ko‘rsatadi. U shuningdek to‘q ranglarga, oq rangni ishlatmasdan, yorqinlik berish uchun ham ishlatiladi.
Sadaf boshqa och ranglar va qimmatbaho toshlar rangi bilan birikib umumiy sayt ko‘rinishiga ulug‘vorlik bag‘ishlab turibdi.
Aniq rang rang atamasining eng asosi hisoblanadi va asosan ob’ekt rangini anglatadi.
Biz ko‘k, yashil yoki qizil deganimizda aniq rang haqida gaplashgan bo‘lamiz, Ya’ni ular aniq rang hisoblanadi. Dizaynda ishlatiladigan aniq ranglar o‘ta muhim ma’lumotni tushunarli tarzda etkazishga yordam beradi.
Xrom rangning sofligiga dalolat qiladi, ya’ni xrom - rangning sofligidir. Sof rang xrom bilan birga kelganda, qora oq va kulrang bo‘lmaydi. Oq, qora yoki kulrang ranglarini qo‘shish, uning xromasini pasaytiradi. Bu ranging o‘zgarishiga o‘xshash lekin aynan bir xil emas. Xroma oq rangga taqqoslanganda rangning yorqinligi anglanadi. Dizaynda juda bir xil xromali sof ranglardan foydalanishdan qochish kerak. Uning o‘rniga aynan bir xil yoki bir- biridan bir pog‘ona naridagi sof ranglami ishlatish maqsadga muvofiq. Rangning o‘zgarishi aniq yorug‘lik ta’siridagi holatlarda sof rangni qanday ko‘rinishini ifodalaydi. Rangning o‘zgarishi haqida o‘ylaganimizda, o‘z navbatida kuchsizga qarshi kuchli yoki rangsizlanishga qarshi sof aniq ranglar tushuniladi.
Dizaynda ranglar bir xil rang o‘zgarish darajalari bilan birga butun bir yaxlit ko‘rinishli dizaynlar hosil qilish uchun ishlatiladi. Xroma bilan bo‘lsa, ranglar bir-biriga o‘xshash lekin aynan bir xil bo‘lmagan rangning o‘zgarishlari sayt mehmonlariga o‘ta kuchli ta’sir etadi.
Ranglar o‘xshash o‘zgartirilgan rang o‘zgarish darajalari bilan qorishib kelganda, yumshoq dizayn hosil qiladi, qaysiki suv-rang effekti bilan ko‘zga ko‘rinadigan qilib ishlatilganda.
Rangning miqdorini yorug‘lik deb atash ham mumkin. Bu rangning qay darajada och yoki to‘q bo‘lishiga dalolat qiladi. Och ranglar katta miqdorga (yorug‘likka) ega. Misol uchun, zarg‘aldoq to‘q ko‘k rang yoki to‘q qirmizirangga nisbatan yuqori miqdorga ega. Qora rang eng past miqdorga, oq rang esa eng ko‘p miqdorga ega.
Dizayn uchun rang miqdorini belgilayotganda har xil miqdorli sevimli ranglarni, asosan xromasi yuqori bo‘lganlarni tanlash kerak. Yuqori kontrastli miqdordagi ranglar umumiy ma’noda ko‘proq estetik zavq beruvchi dizaynlar natijasini beradi.
Tonlar - kulrangga aniq rang qo‘shilganda hosil bo‘ladi. Tonlar odatda sof aniq rangga qaraganda zerikarliroq yoki yumshoqroq ko‘rinish beradi. Tonlar ba’zida dizaynda ishlatish uchun osonroq bo‘ladi. Ular ko‘proq miqdordagi kularang bilan birga qat’iylik va mukammallik hissini bera oladi. Aniq rangga bog‘liq holda ular dizaynga nafis yoki chiroyli ko‘rinish bera oladi.
Biz kulrang deb hisoblashimiz mumkin bo‘lgan ba’zi ranglar boshqa ranglarning tonidir. Bu holatda orqa fon ko‘k tonda ko‘plab kulrang qo‘shilganda bilinadi.Soya aniq rangga qora rang qo‘shilganda, Ya’ni uni to‘qartirganda hosil bo‘ladi. Bu so‘z ba’zan tus va tonni ta’riflash uchun xato
ishlatiladi, lekin soya qora rangni qo‘shish orqali miqdorlami to‘qartirish uchun xizmat qiladi.
Dizaynda juda to‘q soyalar ba’zida qora o‘rnida ishlatiladi va u neytral sifatida xizmat qiladi. Soyalarni tuslar bilan aralashtirish tim qora va og‘ir ko‘rinishdan qochish uchun eng yaxshisi hisoblanadi.
Tus aniq rangga oq rangni qo‘shganimizda shakllanadi va uni oqartiradi. Juda och tuslar ba’zida nimranglar deb ham ataladi, lekin har qanday sof aniq rang oq bilan birga qo‘shilganda tus hosil bo‘ladi. Tuslar ba’zan ayollarga xos yoki och dizaynlar uchun ishlatiladi. Nimrang tuslar dizaynni asosan ayollarga xos noziklik berish uchun ishlatiladi.
Ranglarni eslab qolishni yaxshilash uchun quyidagi tushunchalarga qisqacha ro‘yxati keltirilgan:

  • qizil: ishq-muhabbat, sevgi, g‘azab;

  • zarg‘aldoq: quvvat, baxtiyorlik, jo‘shqinlik;

  • sariq : baxtiyorlik, umid, aldov;

  • yashil: yangi boshlanishlik, mo‘l-ko‘lchilik, tabiat;

  • ko‘k: sokinlik, mas’uliyat, ma’yuslik;

  • pushti: ijodkorlik, shohonalik, boylik;

  • qora: sehr, ulug‘vorlik, yovuzlik;

  • kulrang: o‘zgaruvchan kayfiyatlilik, tarixiylik, rasmiylik;

  • oq: soflik, ozodalik, ezgulik;

  • jigarrang: tabiat, sog‘lomlik, bog‘lanish;

  • och yoki sarg‘ish jigarrang: tarixiylik, dindorlik, sustlik;

qaymoqrang yoki sadafrang: sokinlik, ulug‘vorlik, soflik
Xulosa.
Tovarlar dizaynida ranglar uyg‘unligini ta’minlashda tasviming o‘rni beqiyos. Tasvir uchun maqbul joy topish juda oson. Bunda inson tomonidan axborotni qabul qilish qonunlaridan kelib chiqish kifoya. Tasvir miyaning o‘ng yarimshari tomonidan idrok etiladi, shuning uchun tasvirni tovar ko‘rinishining chap qismida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Matn esa miyaning chap yarimshari tomonidan idrok etiladi, shuning uchun unga tovarning o‘ng qismidan joy ajratish lozim.
Tasvirda rangning roliga etarlicha baho bermaslik xato bo‘lar edi. Turli ranglar odamda muayyan tuyg‘ularni uyg‘otishga qodir. Jamiyat taraqqiyotining uzoq davri davomida inson o‘zini o‘rab turgan muhitga nihoyatda bog‘liq bo‘lgan va ranglar uning uchun muayyan muhit ramziga aylangan.
Kunning yorug‘ payti - jo‘shqin faoliyat davri ranglari: oq, sariq, ko‘k, yashildir.
Qorong‘i tun - kunduzgi ishlar tugallangan, hordik; chiqarish va ayni paytda, ehtimolda tutilgan xavf payti ranglari: qora, to‘q yashildir.
Kun va tun chegarasida esa kulrang, noaniq ranglar ustuvorlik qiladi.
Rang bilan atrof - muhit o‘rtasidagi aloqadorlik insonning ong osti darajasida mustahkamlanib qolgan. Shu sababli, odam qanday tasavvurda ekanligidan qat’i nazar, rangga xissiy e’tibor karatadi. Shuning uchun reklamada rangdan foydalanish juda samaralidir. Rang tovarda qator vazifalarni bajara oladi:

  • iste’molchilar e’tiborini jalb etadi;

  • tovarning mohiyatini anglashga ko‘maklashadi;

  • tovarni yodda saklab qolishga xizmat qiladi;

  • tovarga ijobiy munosabatni shakllantiradi;

  • tovar tasviri kompozisiyasini uyg‘unlashtiradi.

Tovarni rangli yozuv qora-oq tasvirdagi yozuvgaga nisbatan e’tiborni ko‘proq tortadi. Bunda foydalanilgan ranglarning soni muhim rol o‘ynaydi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida quyidagi xulosalar chiqarilgan:

  • bitta ko‘shimcha rangni (masalan, yashilga qo‘shimcha qora rangni) ishlatish tovarga e’tiborni jalb qilish unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi;

  • ikkita qo‘shimcha rangdan foydalanish tovar jozibadorligini jiddiy ravishda oshiradi;

  • to‘la rangli bosma mahsuloti qora-oq tasvirli yozuvga qaraganda odamlarning e’tiborini 50-80% ko‘proq jalb etadi. Bunda to‘rtta rangdan foydalanilgan yozuvlar qora-oq tasvirdagilarga qaraganda xarid talabini 40- 50%ga oshiradi.

Rang tovar mohiyatini anglashga samarali ko‘maklashadi. Bir tomondan, rangni ishlatish taqdim etilayotgan buyumlarni idrok etish tezligini oshiradi. Ikkinchi tarafdan, ularning sifatini namoyish etish ortadi (masalan, qora-oq tasvir meva etilganligi darajasini yashiradi, rangli tasvir esa buni aniq ifoda etibgina qolmasdan, uning mazaliligiga ham urg‘u beradi).
Rangning bunday xususiyatlari hisobga olingan holda, tovarning o‘zi qora- oq rangda bo‘lganda xam qo‘llaniladi. Masalan, oq un pirovard mahsulot - turli pishiriqlar ko‘rinishida rangli tasvirda ifoda etiladi.
Rangdan foydalanish tovarni eslab qolishni yaxshilashga xizmat kiladi. Masalan, amalga oshirilgan tadqiqotlar maqsadli davraning qora-oq tasvirdagi tovarni - 40%, ikki ranglilikni - 45%, ranglar to‘liq ishlatilganligini - 70% xotirada saklab qolganligini ko‘rsatgan.
Shunga tegishli ravishda tanish darajasixam ortadi. Iste’molchilar to‘rtta rang ishlatilgan holda reklama qilinadigan tovarlarni yaxshi taniydilar.
Ranglarni ko‘llash tovarga munosabatni shakllantirish imkonini ham beradi. Ranglarning bir turi yoqimli taassurot qoldiradi. Boshqalari iste’molchining hissiyotini uyg‘otadi. Uchinchilari tovarning yoki uni ishlab chiqarayotgan kompaniyaning nufuziga urg‘u beradi.
Rang yordamida tovarning muayyan unsurlarini xususan, tovar, undan foydalanuvchilar va xokazolarni ajratib ko‘rsatish, ya’ni iste’molchilar e’tiborini ularga qaratish osonroqdir.
Ranglarning inson hissiyotiga turlicha ta’sir qilishi yaxshi ma’lum.
Masalan, ko‘pchilik uchun qizg‘ish rang - qon, olov, issiqlik mardlik, kuch, iroda, jadallik ramzidir. Qizil rang jo‘shqin xissiy tuyg‘u uyg‘otadi, shuning uchun qizil rang tovarda eng mashhurlardan hisoblanadi. Shu bilan birga u, bir tarafdan, odam miyasini yaxshi ishlashini rag‘batlantirsa, ikkinchi tarafdan, ularni asabiylashtirishi, qon bosimini oshirishi, xatto jahlini chiqarishi mumkin. Shu sababli, undan oqilona foydalanish talab etiladi.
Odatda ranglar turlicha tasavvur kilinadi. Masalan:
•jigarrang - etuklik, issikqlik, qulaylik, er, mardlik, barqarorlik ramzidir;

  • sariq rang - ochiqlik, beg‘uborlik, xushchaqachaqlik, kuch-quvvatga intilish rangi. U quyosh va yoz faslining ramzi va kelajakka umidvorlikni oshiradi. Tushkun kayfiyatdan chiqishda yordam beradi. Sariq oltin rangi bo‘lgani uchun u davlat, boylik, shon shuhrat belgisi hamdir. U miya va ko‘zga ravshanlik bag‘ishlaydi, fikrni mujassamlashtirishga yordam beradi. U qizil rang kabi ehtiyotlik bilan ishlatishni talab etadi;

  • ko‘k rang - salomatlik va yangilik timsolidir. U o‘zida ochiqlik va chuqurlikni ifoda etadi. Ruhshunos olimlar, bu rangni inson asablariga tinchlantirish xususiyatiga egaligini isbotlashgan. U yana turg‘unlik, havoyilik, hayotdan ajralib qolishni ham ifodalaydi. Boshqa tomondan esa tartib-intizom belgisi hamdir. U odamning qon bosimini kamaytiradi, tinchlantiradi, xotirjam qilishga ko‘maklashadi. Ayni paytda, uni haddan tashqari ishlatish bexollik va bir xillik hissiyotini tug‘dirishi mumkin;

  • yashil rang- tiriklik, o‘sish va umid ramzi. U mo‘l-ko‘lchilik, to‘kinlik, rivojlanishni ham bildiradi. Boshqa tomonda esa xissiz, qishdek sovuq, kasallik, g‘o‘rlikni ham ifodalaydi. U yorqin jilolarda aks etadi. Bu rang Islom dinida ilohiy rang hisoblanadi;

  • kulrang - bosiqlik, vazminlik timsolidir.U na oq, va na qora. O‘rtadagi neytral chegara hamdir. Kimki bu rangga moyil bo‘lsa, demak, u hamma narsadan o‘zini chetga olishini, chegara bo‘lishini xohlaydi. U sirlarni yashiruvchi rang va bunday insonlar hech kim ular haqida bilishni istamaydigan bo‘lishadi. U ko‘p miqdorda ishlatilsa xam odamni asabiylashtirmaydi;

  • qora rang - bu nafislik, zodagonlik, murakkablik timsolidir. Bu rangdagi kiyim kiyishni yoqtiruvchilar hamma narsaga qarshi va o‘jar bo‘lishadi. Bu rangning ijobiy tomonlari ham yo‘q emas. Bu rangdagi kiyimlar juda salobatli va hashamdor ko‘rinadi va Shunday rangdagi mashinalar ham tantanavor, obro‘- e’tibor, jiddiylik belgisini ham bildiradi. Odamlarning ma’lum bir masalaga diqqat-e’tiborini jalb kilishlariga ko‘maklashadi;

  • oq rang - pokizalik, tozalik, musaffolik, donishmandlik, iffat, haqiqat va ezgulik timsoli hisoblanadi. U odamlarga asabiy holatdan chiqishga yordam beradi. Yana bir jihati, bu rang motom, o‘lim, qo‘rqoqlik belgisi ham hisoblanadi.

Umuman olganda, yorqin ranglar qora rangga nisbatan e’tiborni ko‘proq tortishini hisobga olish zarur. Shu bilan bir qatorda, «zaharli» yorqin rang tashvish uyg‘otishi mumkin.
Rangni qabul qilish har bir insonning o‘ziga xos tabiatiga, shu jumladan, uning millatiga xam bog‘liqdir. Shu sababli, har bir mamlakatning eng yoqimli rangi bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston uchun bu ko‘k rang bo‘lsa, Bolgariyaga — to‘q yashil va jigarrang, Gollandiya uchun - ko‘k va yashil, Iroq uchun - och qizil, kulrang va yashil, Irlandiya uchun - ko‘k, Xitoy uchun - qizil, Meksika uchun - oq, ko‘k va h.k. Umuman olganda, tovarda rangni tanlashda quyidagi omillarga e’tibor berilishi maksadga . muvofiqdir:

  • yaratilayotgan obrazga;

  • tovar obektining xususiyatiga;

  • yozuvda ishlatilayotgan boshqa ranglarga xamda qo‘shni yozuvlardagi ranglarga mos kelishi;

  • shakllar va chiziqlarga mos kelishi.

Dizayn - iste’molchi talablari nuqtai nazaridan mahsulotni tashqi ko‘rinishi va ishlashini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar majmuasidir.
Buyumga nafaqat iste’mol mahsulotlariga mos keluvchi, balki keyinchalik shu buyumga qaraganda ko‘zlarini yayratadigan tashqi shaklni berish g‘oyasi unchalik yangi emas.
Tosh davri predmetlariyoq nafaqat iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lib kolmay, balki kishilarning estetik extiyojlariga javob berganlar.
Kishilik tarixining turli davrlarida tayerlangan buyumlarni sof texnik sifatlari va tashqi ko‘rinishlari o‘rtasida vujudga keladigan nisbatlarga qarash qiziqarli. Ayniqsa bu XV-XVIII asrlar qurollarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Avval qilichlar va yarog‘-aslahalar faqat vazifaviy xarakterga ega bo‘lib, vazifaviy shaklda edilar.
Yangi buyumni sanoat dizayniga konstruksiyasini moslash va ishlab chiqarishning barcha tomonlari bevosita ta’sirga ega va aksincha, sanoat dizayni sanoat buyumiga, uning yaratilishi va sof texnik faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatadi. Buyum staylingini ishlab chiqishda bu buyumdan foydalanish, uning
xavfsizligi, qulayligi va foydaliligi kabi tomonlari katta rol o‘ynaydi.
Sanoat dizayni zaminida yangi buyumni rivojlanishining qisqacha sanab o‘tilgan bu ayrim tomonlariyoq, ular marketingning ko‘pgina nuqtai nazarlari bilan o‘zaro judayam yakindan bog‘langanligidan darak beradi. Sanoat dizayni o‘z ichiga kishi va buyum o‘rtasida mavjud bo‘lgan barcha o‘zaro aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklarni oladi. Bu o‘zaro aloqalarni tahlil qilish uchun mutaxasislar kishining ruhiy va fiziologik tadqiqotlari ma’lumotlaridan foydalanadilar. Ularning maqsadi shaklni uning mazmuniga eng mos bo‘lishi kafolatini ta’minlashdir.
Buyumni yaratishda, albatta, buyum shakli uning vazifasiga bog‘liqligiga va iste’molchi talabi hamma vaqt buyum shaklini belgilashiga rioya qilish kerak.
Umuman iste’molchi da’volari hamma vaqt ham ishlab chiqarishdan ustun turadi, degan qoidaga amal qilish kerak.Texnik buyumlarga kelganda uning tashqi ko‘rinishi kasbning yuqori darajasi va texnikasiga mos kelishi kerakligi tavsiya etilishini ta’kidlash kerak.
Sanoat dizayni uchun rangni tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu yerda, albatta, ruhiy holatlar muhim rol uynaydi. Rangni tanlashda ularning hislatlari, turlari, ochiqligi va yaltirashini nazardan kochirmaslik kerak.
Ma’lumki, G‘arbda ko‘pgina firmalar o‘z buyumlari uchun aniq ranglarni tanlab oladilar. Masalan, G‘arbiy Germaniyaning «Nivel» firmasida parvoz tovarlari uchun ko‘k-oq birikmadagi ranglar tanlangan.
Firma ranglari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish do‘konlari peshtaxtalarida ushbu tovarning o‘xshashligini farqlaydi. Yangi tovar ishlab chiqarishda, o‘sha seriya doirasida ular iste’molchiga ularga tezroq ko‘nikishiga imkon beradi. Rang nafaqat tovarni iloji boricha tez sotilishiga yordam berishi, balki belgilangan texnik vazifalarni bajarishga xamqaratilgan.
Rangdan foydalanish tovarni eslab qolishni yaxshilashga xizmat kiladi. Masalan, amalga oshirilgan tadqiqotlar maqsadli davraning qora-oq tasvirdagi tovarni - 40%, ikki ranglilikni - 45%, ranglar to‘liq ishlatilganligini - 70% xotirada saklab qolganligini ko‘rsatgan.
Umuman olganda, yorqin ranglar qora rangga nisbatan e’tiborni ko‘proq tortishini hisobga olish zarur. Shu bilan bir qatorda, «zaxarli» yorkin rang tashvish uyg‘otishi mumkin.
«fliq» va «sovuq» ranglarni bir tovarda bir xil tarzda ishlatib bo‘lmaydi. «xarorat xissi»ga muvofik ulardan biri ustuvor bo‘lishi lozim. Bunda «iliq» rang tasavvur xosil kilish jixatidan oldinga intilsa, ular bilan yonma-yon bo‘lgan «sovuq» ranglar «ichkari»ga suriladi.
Rangning yana bir ko‘rsatkichi bu uning tozaligidir. Diqqat bilan qaragan malakali dizayner ranglar bo‘yicha 150 ranglar jilosi, to‘yimligi bo‘yicha 25, yorqinlik bo‘yicha esa 64 ta rangni ajrata oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1. Normahmatov R. va boshq. «Tovarshunoslik». Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: Mehnat, 2004.


2. Maqsudov T.M. Normahmatov R. «Tovarshunoslik nazariy asoslari». T.: O‘qituvchi, 2001.
3. Samadov A.N., Safarov B.J. Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2003.
4. Normahmatov R. va boshq. «Tovarshunoslik». Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: Mehnat, 2004.
5. Fayziev A. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun imtiyozlar. // Soliq to‘lovchining jurnali № 8, 2005.
6. M. Sayfutdinov. Tikuvchilik tovarlari marketingi strategiyasi.
Yüklə 186,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin