Xursandova Iroda qabul qildi: Reja : Kirish. Asosiy qism


Bob. Trikotaj mahsulotlarida rang uyg`unligi va dizayn



Yüklə 186,24 Kb.
səhifə4/5
tarix05.04.2023
ölçüsü186,24 Kb.
#93840
1   2   3   4   5
Xursandova Iroda qabul qildi Reja Kirish. Asosiy qism

Bob. Trikotaj mahsulotlarida rang uyg`unligi va dizayn



2.1 Trikotaj mahsulotlarida dizaynning ahamiyati
Dizayn (inglizcha «design» - «loyiha», «chizma», «rasm» so‘zidan) - narsalar muxitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirishga qaratilgan loyixalash faoliyati turlaridan biridir. Dizayn faoliyati tarkibiga keng iste’mol buyumlari, mashina, dastgox, kiyim, ishlab chikarish, jamoat va turarjoy binolarini jixozlash, mebel, shu jumladan tovar ham kiradi.
Dizayn XX asrning boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida AQSH va G‘arbiy Yevropada shakllandi. XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan dizayn faoliyatining doirasi ancha kengaydi.
O‘zbekistonda xam dizayn jadallik bilan rivojlanmoqda. Mamlakatimizning qator ta’lim muassasalarida inter’erlar va sanoat grafikasi, libos dizayni va dizayn faoliyatining boshqa turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yulga ko‘yilgan.
Tovar dizayni jarayoni iste’molchining e’tiborini tortadigan va uni tovarga qiziqtira oladigan yangi vositalarni muttasil izlashdan iborat. Dizayn - ijodiy jarayon, uning uslubi qarashlar yaxlitligi va ijodiy masalalar echimiga erkin yondashuvni ifoda etadi. Dizayn uslubi xaqida gapirilganda, u did, me’yor va yaxlitlik bilan ajralib turishini qayd etish lozim. yaxshi uslub tovar qilinayotgan tovar va mijozning kimligidan qat’i nazar, bir xil kayfiyat va bir mavzuni saqlab turadi.
Tovarning maqsadi - iste’molchini tovarni sotib olishga ishontirish. Tovar g‘oyasini shakllantirishda buni doimo yodda tutish kerak. Shuning uchun dizayner ma’lum bir manfaatni ko‘zlab emas, birinchi navbatda, o‘z mijozining muammolarini hal qilishhaqida o‘ylashi lozim. Mijozning manfaatini unutish va sof tasviriy muammolarga mukkasidan berilish dizaynerni maksaddan chetlashtiradi.
Dizayner tovar dizayni ustida ish boshlayotganda bir kator masalalarni hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Avvalo, u tovar nimani: mahsulot, xizmat turi yoki g‘oyani taklif qilishi lozimligini aniqlaydi.
Dizayner quyidagi savollarga aniq javob berishi kerak:

  • Tovar ishlab chiqaruvchi xaridorlarni saqlab qolishni xohlaydimi yoki ularning davrasini kengaytirishnimi?

  • U yaqin maqsadni ko‘zlayaltimi yoki uzoqga mo‘ljallangan maqsadnimi?

  • Uning mavzusi nima?

  • Sabablari qanday?

  • Tovar qaysi iste’molchilarga mo‘ljallangan?

  • Tanlangan iste’molchilarga kanday yondashgan ma’qul?

  • Qaysi vositalardan foydalangan ma’qul?

  • Foydalanilayotgan vositalarning ijobiy va salbiy tomonlari qanday?

  • Chop etishning qaysi usulini tanlagan ma’qul?

  • Badiiy bezak va shriftning xususiyatlari nimadan iborat?

  • Tovarning byudjeti qancha?

  • Tovar yilning qaysi vaqtida ishlab chiqariladi?

  • U qaysi ishlarni o‘zi bajaradi, qaysilariga chetdan mutaxassislarni taklif qilishi lozim buladi?

Ba’zan tovar mahsulotning mavjudligi va uning bahosi haqida xabar berish bilan cheklanadi. Ammo, odatda dizaynerning oldiga murakkabroq vazifalar qo‘yiladi. Undan tovar xaqida tarqalgan yolg‘on mish-mishlarni bartaraf etish yoki tovarni raqobatchilar tovaridan farqlash, o‘zgacha bir ko‘rinish berish yohud iste’molchini tovarning qo‘shimcha funksiyalaridan xabardor kilish yoki iste’molchilar doirasini kengaytirishni so‘rashlari mumkin.
Dizayner shakl va mazmunga oid qarorlar qabul qiladi. Bunda dizaynerga, odatda, u bilan xamkorlikda ishlaydigan matnchi yordam beradi. Shakl tanlashda dizayner mutlako mustaqildir. U tovar uchun surat kerakmi yoki yo‘q, bu surat chiziladimi yoki foto shaklida bo‘ladimi, matn kerakmi yoki sarlavhaning o‘zi bilan kifoyalanish mumkinmi - bularning barchasini o‘zi hal kiladi.
Buyurtmachi bilan ish olib tovar belgisini kiritishga majbur qilishi mumkin. Buyurtmachi tovarning juda ko‘p shaklda bo‘lishini, mazkur mijozning avvalgi tovarlariga nisbatan didsiz bezalishini talab qilishi mumkin va h.k. Bunday holatlar amaliyotda ko‘p uchraydi va dizayner yuzaga chiqayotgan nizoni yumshatishga va tovar buyurtmachilarga tovarning ta’sirchanligini susaytiradigan ortiqcha holatlarga hojat yo‘qligiga ishontirishi lozim buladi.
Dizayner tovarni eskiz shaklida aks etmasidan avval, uni fikran tasavvur qilishi kerak. hayoliy tasavvur tovar dizaynidagi eng muhim ijodiy jarayonlardan biri sanaladi.
Tovar va dizaynda ijod bir qarashda biron umumiyligi bo‘lmagan narsalar orasida bog‘liqlik topish salohiyati bilan belgilanadi. Dizaynerlar ijod jarayonini «aqliy hujum»dan boshlash ma’qul, deb hisoblaydilar. Bu usulga ko‘ra, ijodiy xodimlar guruhi yig‘ilib, tasavvur etish qiyin bo‘lgan g‘oyalarni o‘rtaga tashlab, bir-birlarining tasavvurini «qoldiradilar». Bir g‘oya boshqasining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi, mutlaqo kutilmagan tasavvurlarga erk beriladi. Bunday «aqliy hujum» ishtirokchilarining yagona maqsadi eng qiziqarli echimni topishdan iborat.
Dizayner boshqa firmalarining modellari, qayta ishlanmalari va dizaynini
o‘rganishi, ulardan o‘z tovari uchun ba’zi qiziqarli jihatlami o‘zlashtirib olishi mumkin — buning e’tirozga loyiq jihati yo‘q. Har bir dizayner, boshqa dizaynerlarning tovarlaridan o‘z fikrlari va tasavvurlariga mos keladigan topilmalarni yig‘adi. U o‘zgalarning ishlarini tahlil etish, qiziqarli namunalarni tanlash va yig‘ish ijodiga ta’sir ko‘rsatishi shubxasiz. Bir marta yaxshi samara bergan badiiy echimlar boshqa dizaynerlarning ishlarida takrorlanadi va buni xech kim o‘g‘irlik hisoblamaydi.
Psixolog va sosiolog olim, doktor Irving Teylor insoniy ijodiyotni beshta darajaga ajratadi:

  1. Ekspressiv daraja - bunda, masalan, bolalar chizgan suratlardek, mahorat birinchi darajali ahamiyatga ega emas. Dizayner o‘zining tasavvuriga erk berib, uni hech narsa chegaralamaydi.

  2. Samarali daraja, bunda dizayner mahoratga fakt «yuksak realizm» doirasidagina erishadi.

  3. Izlanish darajasi, bunda dizayner ixtirochi kabi eski g‘oyalardan yangi echimlar uchun foydalanadi. Yangi goyalar hozircha yo‘q, ya’ni faqat bor vositalardan foydalanishda namoyon buladi.

  4. Novatorlik darajasi, bunda dizayner g‘oyalar sohasida o‘zini namoyon kiladi. U biron ijodiy maktab izdoshiga aylanadi.

  5. Yangi daraja, bunda dizayner yangi tamoyillar asosida ishlaydi. Bunday dizayner yuksak maxoratga ega bulib, yangi ijodiy maktab asoschisi bo‘lishi mumkin.

Dizayner homaki ish yoki improvizasiya qilayotganida, ekspressiv ijod bilan band bo‘ladi. U o‘zining homaki ishlarini boshqalarga tushuntirayotganida samarali ijodga o‘tadi. Bu bosqichda ko‘pchilik dizaynerlarning ijodi turg‘un holda kechadi. Faqat ayrimlar, eng iste’dodlilarigina o‘z ijodini novatorlik va yangi darajaga ko‘tara oladilar.
Tovar dizayni ustida ishlayotgan dizayner o‘z ijodi qaysi darajaga taalluqligidan qat’i nazar, nazariy jixatdan to‘rtta bosqichdan o‘tadi:
Birinchisi, u mijozni, uning mahsulotini, axborot vositalarini,
iste’molchilarni, qo‘yilgan vazifani mukammal tarzda bajarish uchun o‘zini tayyorlash bilan bog‘liq boshqa muammolarni o‘rganib chiqadi. Bu bosqichni ma’rifat bosqichi deb xam ataydilar.
Ikkinchisi, u materialni tafakkur etish uchun butun vujudi bilan ish olib borib, birmuncha vakt qo‘yilgan vazifadan chalg‘iydi. Bu bosqichni tug‘ilish bosqichi deb xam atash mumkin.
Uchinchisi, dizayner yechimni tasodifan topishi mumkin. Bu bosqich ilhom bosqichi deb ataladi.
To‘rtinchisi, dizayner ongidaishlagan ishni qo‘llari orqali biron buyumga o‘tkazayotganida biron foydali g‘oyani yo‘qotmagan holda ishga kirishadi. Uni ijro etish yoki samarali bosqich deb ham atash mumkin.
Lekin sharoit dizaynerga bu to‘rtta boskichdan ketma-ket o‘tishga imkon bermasligi ham mumkin. Ijod quvvat oladigan manbani uzluksiz ravishda o‘kish, kuzatish, tadqiq etish va amaliyot bilan to‘ldirib borish lozim. Ijodiy tafakkur chuqur bilimlarga tayanadi, Shuning uchun mutolaa juda zarurdir. Ijod, asosan yangi aloqalarni idrok qilishga asoslanadi va masalalar bilan kengroq tanishganlar, g‘oyalarniyaratishga yaxshiroq tayyorlangan bo‘ladi. O‘qish amaliyot bilan birgalikda ijod uchun kuchli asos yaratadi. Dizayner hamisha ishlardan xabardor bo‘lishi, modani, tendensiyalarni, so‘nggi voqealarni bilishi lozim.
Tovarga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish va mijozning mablag‘ini bexuda sarflamaslik uchun uni ommalashtirish oldidan tekshirish lozim. Tovarni tekshirish uchun mo‘ljallangan iste’molchilar guruxini bu tipga jalb etish va ularning fikrlarini eshitib ko‘rish mumkin.
Dizayner o‘z g‘oyalarini ifoda etish uchun hamma vaqt eng yaxshi vositalarni izlashi kerak. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, san’atda yangilik va betakrorlikni topish juda mushkul. Har bir dizayner boshqalardan nimalarnidir o‘zlashtiradi va bu jarayon zanjiri cheksiz davom etadi. Lekin xar bir ijodkor o‘z ishiga qandaydir yangilik kiritadi va bu ijod deb ataladi. Yangilik eski poydevor asosida yuzaga chiqadi. Boshqacha bo‘lishi xam mumkin emas.
Dizayneming ijodiy faoliyatini quyidagilar rag‘batlantiradi:

  1. O‘zlashtirish. Uning yordamida boshqa soxalardan badiiy haqiqatlar izlab topiladi.

Masalan, biron rasm kompozisiyasi tovaring shaklini topishga turtki bo‘lishi mumkin. Tabiatning o‘zi dizayn uchun bitmas-tuganmas g‘oyalar manbaidir.

  1. To‘ldirish. Aytaylik, bironta sifatli mahsulot tovarning soddalashtirilgan ko‘rinishi, bir nechta ana shunday ko‘rinishlarni mujassamlashtirgan murakkabroq tovar yaratish uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.

  2. Ajratib olish. Dizayner bironta tovarning o‘ziga yoqqan qismini ajratib oladi va uning asosida yangi tovar dizaynini ishlab chiqadi.

  3. Qayta ishlash. Dizayner muvaffaqiyatli chiqqan bironta tovarni olib, uning tuzilishini o‘zgartiradi, masalan, o‘z tovarida to‘rtta emas, balki uchta rasm joylashtiradi yoki sarlavhani yuqoridan pastga oladi.

  4. Soddalashtirish. Bironta dizayner sarlavhani tovarning chetiga yaqinroq surishga qaror qiladi. Boshqa bir dizaynerga bu usul ma’qul keladi va u sarlavhani, shu bilan birga matnni xam yanada chetroqqa surib qo‘yadi.

  5. Qarama-qarshi qo‘yish. Agar ko‘pchilik tovarlar to‘q ranglarda ishlangan bo‘lsa, dizayner aksincha, yorqin bo‘yoqlar va oq hoshiyalardan foydalanish mumkin. Ko‘pchilik yumalok shakllarni ishlatsa, dizaynerning burchakli shakllarni kiritishi maqsadga muvofiqdir.

Umuman, ko‘p ishlarni boshqalar misolida o‘rganish mumkin, lekin bunga berilib ketmaslik zarur. Xatto boshlovchi dizayner ham namunalardan faqat g‘oyalarni o‘zlashtirishi mumkin. Ularga dizayner o‘zining shaxsiy chizgilarini qo‘shishi lozim.
Dizayn - bu samarali fikrlash, g‘oyaning amalga oshishi ifodasidir. Har qanday faoliyat sohasidagi dizayner, birinchi navbatda, dizayner emas. U, avvalo, tasodifga ko‘ra dizayner ham bo‘lgan ijodkor shaxsdir. Dizayner shunchaki biz xar kuni kiladigan ishni qiziqarlirok va murakkabroq tarzda bajaradi. Biz nimanidir muayyan tartibda rejalashtirganimizda yoki dasturxon tuzaganimizda go‘yoki dizayn bilan shug‘ullanamiz. Dizayneming ishi esa ancha murakkab, odatiy emas, uning izlanish yo‘lida noma’lum so‘qmoqlar ham mavjud.
Dizayner betartib rasmlar, matn parchalari, sarlavhalar va oq kenglikni shunday bir tartibga soladiki, iste’molchiga tovarni osongina o‘qish va uni tushunishda yordamlashadi. Go‘zallik esa iste’molchiga quvonch bag‘ishlaydi. Tovardagi tartib bevosita go‘zallikka aloqadordir. Go‘zallik soddalikka, lekin Shu bilanbirga xilma-xillikka ham ega.
Dizayner dizayn yoki eskiz bilan shug‘ullanadimi, u san’atda u yoki bu darajada qo‘llash mumkin bulgan dizayn tamoyillariga albatta amal qiladi.
Dizayn tamoyillariga o‘tishdan avval, uning unsurlariga qisqacha to‘xtalish lozim. Ular quyidagilardir:

  1. Unsurlar. Ular to‘g‘ri va qiyshiq, yo‘g‘on va ingichka, silliq va dag‘al, uzluksiz va uzuk-yuluk, ko‘zga ko‘rinadigan yoki tasavvur qilinadigan bo‘lishi mumkin.

  2. Bo‘yoq. Qora yoki kulrang buyoqlar ko‘pincha grafik konstruksiyaning asosiy sathini qoplaydi.

  3. Rang. Tovarda rang boshqa unsurlarga qaraganda xushkayfiyat uyg‘otadi.

  4. Sath. Biron rangdagi sathda rasm paydo bo‘lgach, dizayner u bilan shug‘ullanishi kerak bo‘ladi. Tovar bosilayotgan qog‘ozning o‘zi satxdir. U dag‘al va silliq qo‘pol va notekis, mayin va tekis, yumshok va dagal bo‘lishi mumkin.

  5. Shakl. Birlashtirilgan, siniq yoki egilgan chiziqlar, shuningdek, tovarning umumiy o‘lchamlari dizayn uchun shakl yaratadi.

  6. O‘lchov. Tovar unsurlarining o‘lchovi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin kattaroqlari kuchliroq taassurot qoldiradi.

  7. Yo‘nalish. Chiziqlar va ulardan yasalayotgan shakllar o‘z yunalishiga ega bo‘lib, ular hatto harakat taassurotini yaratadi. Dizaynerning vazifasi — ularning yo‘nalishini nazorat qilishdir.

Dizayn unsurlaridan foydalanishni tamoyillar belgilab beradi. Ular san’atning boshqa turlari: dizaynerlik, haykaltaroshlik, me’morchilik va sanoat dizayni asosiga qo‘yilgan.
Tamoyillar konstruksiyaning har bir unsuriga yoki unsurlar umumiy jamlanmasiga qodlanilishi mumkin. Dizayner ular yordamida tartibni tezroq topishi va rang-baranglikni ifodalashi mumkin. Dizayner uchun tamoyillar katta ahamiyatga ega. Tovar dizayni nuqtai nazaridan eng ommabop va to‘liq tamoyillar quyidagilardir:

  • Konstruksiya mutanosib bo‘lishi kerak.

  • Tovar ichidagi satx, mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim.

  • Yo‘nalish yorkin ifodalanishi kerak.

  • Unsurlar yaxlitligi mustahkam ushlab turilishi zarur.

  • Tovarda uning bironta qismi yoki unsuri ustun turmog‘i maqsadga muvofiq.

Tamoyillarni shunday ifodalash mumkin: mutanosiblik, nisbat, izchillik, yaxlitlik, urg‘u berish.
Mutanosiblik. Tovar «mutanosib» bo‘lganda uning unsurlari: rasm, sur’at, sarlavha va matnda jo‘shqinlik his etilsa-da, o‘zi ichki sokinlik holatida bo‘ladi.
Dizayner «mutanosiblik»ning ikki turi bilan: rasman (simmetrik) va norasman mutanosiblik bilan ish ko‘radi.
Rasman mutanosiblikda tovarning bir tomonidagi har bitta unsurning shakli va o‘lchami ikkinchi tomonidagi unsurga muvofiq bo‘ladi. Tasavvur etilayotgan tik chiziq orqaga o‘tuvchi unsurlar bu o‘qqa nisbatan simmetrik holatda joylashadilar. Bu turdagi «mutanosiblik» tovarda, ayniqsa, rasmiy tovarda saqlanib kelmoqda.
Norasmiy mutanosiblikda optik muvozanat ham saqlanadi, lekin bunga murakkabroq usullar orqali erishiladi.
Dizayner tovarning yuqori va quyi qismlarining o‘zaro bog‘liqligini ham unutmasligi kerak. Tovarning barcha unsurlari mutanosib kompozisiya hosil qilishi lozim, bunda optik markaz - geometrik markazdan sal yuqoriroq va
chaproqdagi nuqta — tovar markazi bo‘lishi lozim.
Yirik va qora unsurlar mayda va kulranglilarga qaraganda ko‘proq «tosh bosadi». Shuningdek, oddiylardagiga qaraganda noodatiy shakldagi unsurlar xam, qora va ok rangdagilarga nisbatan rangli unsurlar ko‘proq e’tiborni tortadi.
Ba’zan dizayner tovar ko‘zga tashlanadigan bo‘lishi uchun ataylab muvozanatni buzadi.
Mutanosib taqsimlash (nisbat). Tovar dizayneri uchun mutanosib taqsimlash o‘lchamlarning o‘zaro nisbati, Ya’ni tovar kengligi uning chuqurligiga, bir unsur sathi o‘lchamining boshqa unsur sathio‘lchami nisbatidan, ikki unsur orasidagi masofa va bu ikki unsurdan biri hamda uchinchi bir unsur orasidagi masofalar nisbatidan kelib chiqadi.
Tovarda zaruriy mutanosib taqsimlashga erishish uchun dizayner oraliqlarni ko‘z standart matematik nisbatlarni ilg‘amaydigan holda
joylashtiradi. Odatda, dizayner tovarni ikki, uch yoki to‘rtta teng qismlarga ajratishdan qochadi.
Yunonlar kenglikni mutanosib taqsimlash namunalarini qoldirganlar. Kenglikning chuqurlikka nisbati taxminan 3:2 ga yoki yanada afzali 5:3 ga teng. Tomonlari bir xil bo‘lgan kvadrat ikkita turli o‘lchamli to‘g‘rito‘rtburchak bilan qiyoslanganda yutkizadi. Agar kvadrat shaklni ishlatishga to‘g‘ri kelib kolsa, dizayner unda yassi yoki tik tasma yoxud chiziq o‘tkazib, uni eniga yoki bo‘yiga «cho‘zishi» mumkin.
Agar dizayner tik to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakni ishlatadigan bo‘lsa, uni yassi chiziqlar bilan bir necha tasmaga ajratadi. Yuqoriga yakinroq joylashgan va matematik markaz bilan kesishmaydigan chiziqlardan biri optik markaz chizig‘i sifatida qabul qilinishi mumkin. Shunda tovar unsurlari tasmalarda joylashadi. Ba’zi dizaynerlar eng muhim unsurlarni optik markaz chizig‘iga tegadigan yoki uni kesib o‘tadigan qilib joylashtirishni afzal ko‘radilar.
Mutanosib taqsimlashga tovarning rangi ham ta’sir qiladi. To‘q va och ranglarning eng maqbul mutanosib taqsimlanishi quyidagichadir: o‘rta kulrang ranglar — 1/2, och kulrang ranglar - 1/4 va qora ranglar - 1/4. Har kanday ranglar
birikmasida bironta rang ustun bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Izchillik. Agar iste’molchi tovarga ko‘z yugurtirayotganida e’tiborini goh u, goh bu unsur tortadigan bo‘lsa, tovar o‘z vazifasini bajaradi, albatta. Dizayner tovar unsurlarini iste’molchi tomonidan to‘g‘ri qabul qilinadigan tartibda o‘rnatishni afzal ko‘radi. Buning uchun qator uslublar mavjud.
Dizayner unsurlarni ko‘zning tabiiy harakatiga ko‘ra joylashtirishi mumkin: nigoh chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga harakat qiladi. Dizayner buni hisobga olgan, unsurlarni yuqoridagi chiziq bo‘ylab chapdan o‘ngga, so‘ngra undan kuyiroqdagi chiziq bo‘ylab chapdan o‘ngga joylashtirishi mumkin va h.k.
Biroq hamma shu tartibga rioya kilsa, tovar juda zerikarli bo‘lib qolar edi. Shuning uchun dizaynerlarga boshqacha uslublarni qo‘llashlariga to‘g‘ri keladi. Nigohlar, shuningdek, yirikroq unsurlardan maydalariga, qora unsurlardan ochroq ranglilarga, rang-baranglaridan rangsizlarga, g‘ayrioddiy shakldan oddiy shaklli unsurlarga qarab harakat qilishi ham mumkin. Shuni hisobga olib, dizayner ko‘zlar harakatini amalda tovarning istagan nuqtasiga yunaltirishi va uni istagan yo‘nalish bo‘ylab etaklashi mumkin.
Yaxlitlik. Yaxlitlik dizaynning eng muhim tamoyilidir. Yaxlitlik tovar unsurlari bir-birini to‘ldirishini va o‘zaro muvofiqlashishini taqozo qiladi. Dizayner unsurlarning bir-biriga moslarini tanlab, ularni to‘g‘ri shaklda joylashtirar ekan, uyg‘unlik yaratadi. Unsurlar shakli, o‘lchami, sath, rangi va yo‘nalishiga ko‘ra bir-biriga turdosh bo‘lsa, yaxlitlik tamoyiliga to‘liq javob beradi. Dizaynerga g‘ayrioddiy, masalan, tor va uzun yoki ikki sahifani band qiladigan va h.k. shakliy tovar bilan ishlashga to‘g‘ri kelsa, yaxlitlik tamoyili muammosi yanada keskinroq tus oladi.
Tashqi chegaralar. Tovarning ichidagi chegaralar (ularni «qutilar» xam deyishadi) bir xil qalinlik, bir xil rang va jiloga ega bo‘lsa, yaxlitlikni burttiradi. Iste’molchi o‘xshashlikni ko‘radi va fikran unsurlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Tovar o‘lchami bo‘ylab zukkolik bilan joylashtirilgan ok sath, chegaralar rolini bajaradi va u tovar yaxlitligini burttiradi. Agar dizayner oq sathni tovar
markazidagi unsurlar orasida mujassamlashtirsa, u tovar alohida bo‘laklarga bo‘Hnishini ifodalaydi va yaxlitlikni buzadi.
Tovarning chetlariga chikarilgan oq sathni hamma tomondan chuqurligi bir xil bo‘lgan tasma shaklida joylashtirish kerak emas. Mutanosib taqsimlashni saqlash uchun ok sathni noaniq shaklda bergan ma’qul.
Urg‘u. Dastavval dizayner tovarning qaysi unsuri: rasm, sarlavha yoki matnga urg‘u berish kerakligini hal kilib olishi kerak. U qaror qabul qilgach, e’tiborni Shu unsurga markazlashtirish yo‘llarini izlaydi. U rasmni boshqa unsurlar ta’siridan himoya kilib, ajratib ko‘rsatishi, yana Shu rasmni kattalashtirib, rasmga kavariqlik va jilo berishi mumkin.
Ajratib ko‘rsatilayotgan ob’ektning muhimligini tovar beruvchi iste’molchilarning fikrini, tovarning o‘lchami va xokazolarni hisobga olish lozim. Unsurga urg‘u berishga birinchi navbatda zidlik - ajratilayotgan ob’ekt bilan ikkinchi darajali ob’ekt o‘rtasidagi karama-karshilik vositasida erishiladi. Urg‘u berishga, shuningdek yo‘nalish, o‘lcham, shakl, sath, rang, tus va chiziqlarni keskin o‘zgartirish yo‘li bilan ham erishish mumkin.



Yüklə 186,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin