Ssa = SF / SA * 100 Bu yerda:
Ssa- sof aktivlar samaradorligi;
SF - sof foyda;
SA — sof aktivlar summasi.
Sof aktivlar aylanuvchanligi sotishdan tushumni sof aktivlaming
o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali topiladi.
Ksa = SST / SA Aylanish davri quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
Kad = SA / SST * 360 yoki 360/Kad Bu yerda:
Ksa - sof aktivlar aylanuvchanlik koeffitsiyenti;
SST - sotishdan sof tushum.
Moliyaviy leveridj ko'rsatkichi xalqaro amaliyotdan kirib kelgan muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning iqtisodichilar va menejerlar tomonidan baholashga o’tilganiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ushbu ko‘rsatkichni baholash bir qancha moliyaviy koeffitsiyentlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy leveridj ko‘rsatkichi xususiy kapitalning majburiyatlarga nisbati orqali baholanadi. Uning natijasiga qarab xo‘jalik subyektining moliyaviy barqarorligi va rentabellik darajasiga baho berish mumkin.Quyida moliyaviy leveridj nima ekanligi, uning turlari, aniqlash formulasi, moliyaviy leveridj samaradorligini aniqlash tartiblari hamda ularni tahiil etish tartiblarini ko'rib o'tishimiz mumkin. Moliyaviy leveridj moliyaviy richag (dastak) deb ham nomlanadi. Uning mazmunini o'z mablag'lari manbasi bilan qarz kapitali o'rtasidagi nisbatda xo'jalik subyektining foydasiga ta’sir etish darajasini baholash tashkil etadi. Shuningdek, xo'jalik subyektining istiqboldagi moliyaviy barqarorligini tahiil etish va bashoratlashda ham ushbu bog'liqlik nisbatidan kelib chiqiladi.
Moliyaviy levridj ko'rsatkichlarini tahiil etish analitiklarga rentabellikni qo'shimcha o'stirish imkoniyatlar ini aniqlashda, ichki va
tashqi omillar ta’sirida foydaning o'zgarishiga ta’sir etuvchi omillaming risk darajalarini baholashga imkon beradi.
Leveridj- Bu xususiy kapitalning o‘sgan qismini ko‘rsatib, u
quyidagicha aniqlanadi, ya’ni xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti
bilan jami investitsiyalar orasidagi farq koeffitsiyenti olinadi. Kelib
chiqqan natija qanchalik yuqori bo‘lsa korxonaning xususiy kapitalini
shunchalik o‘sganligini beradi.
5-rasm. Moliyaviy leveridjlaming turlari .
Moliyaviy leveridj quyidagi formula asosida aniqlanadi: