II. XUSUSIY KORXONA TUZISh VA UNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh 8-modda. Xususiy korxona tuzish tartibi Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar]
9-modda. Boshqa yuridik shaxslarni ta’sis etish. Xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari Oldingitahrirga qarang. Xususiy korxona qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2457, 17.05.2013-y.) qarang. 10-modda. Xususiy korxonaning ustavi Xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir.
Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
korxonaning firma nomi;
uning joylashgan eri va pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
asosiy faoliyat turlarining ro‘yxati;
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
ustav fondining miqdori.
Oldingitahrirga qarang. Xususiy korxonaning ustavi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa qoidalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)