11-modda. Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Oldingitahrirga qarang. Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”. 12-modda. Xususiy korxonaning ustav fondi Xususiy korxonaning ustav fondi bo‘linmasdir va uni mulkdorning o‘zi belgilaydi.
Pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‘zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o‘z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
13-modda. Xususiy korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish Xususiy korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko‘ra xususiy korxonaning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi har bir moliya yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam ekanligi ma’lum bo‘lib qolsa, xususiy korxona o‘z ustav fondini o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart.
Oldingitahrirga qarang. Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)