KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING IJTIMOIY IQTISODIY AHAMIYATI
Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o'ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini ish bilan ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ham, O'zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o'rinlarining yarmidan ortig'i kichik va xususiy tadbirkorlikka to'g'ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o'sishi va buning natijasida uning daromadlarining oshishiga katta hissa qo'shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e'tiborga olish lozim: bir tomondan, aholining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining o'sishi, kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularni to'laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashda kreditlash muhim rol o'ynaydi. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash - bu moliya-kredit muassasalari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun ma'lum shartlar asosida pul mablag'lari qarzga berishdir. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlashda Mikrokreditbank, boshqa tijorat banklari va kredit uyushmalari asosiy o'rin egallaydilar. Tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida qonunchilikda uni kreditlashda bir qator imtiyozlar belgilangan. Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbayi investitsiyalar hisoblanadi. Investitsiya tadbirkorlik faoliyati obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlardir. Ular ichki manbalardan(tadbirkorlik subyektlarining o'z mablag'lari) va tasliqi manbalardan (mahalliy va xorijiy investorlar) kiritilishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bir qator tamoyillar asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Tadbirkorlik tamoyillari bu aniq talablar, tartib-qoidalar majmuyi bo’lib, ularga to’liq rioya etib tashkil qilinadigan va amalga oshiriladigan xo'jalik faoliyati haqiqiy tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Ularga turli xil cheklovlar qo'yilishi, ularning buzilishi, noto'g'ri talqin qilinishi tadbirkorlikning amalga oshirilishi va rivojlanishiga xalaqit beradigan omillardir. Tadbirkorlik tamoyillari umumiy tusga ega bo’lib, har bir mamlakatda ularning ro'yobga chiqarilishi turli darajada bo'lishi mumkin. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va demokratiya asoslari qancha yuqori bo'lsa, tadbirkorlik tamoyillari ham shunchalik to'liq ro'yobga chiqariladi