«Mahbubul-qulub» Buyuk Alisher Navoiy tomonidan o’z hayotining oxirgi chog’larida-1500 yilda yozilgan asar «Mahbubul-qulub» («Ko’ngillarning sevgani» dir). Bu asar Navoiyning butun hayoti va faoliyatining yakunidir. Asar uch qismga bo’linadi:
Birinchi qismda ijtimoiy guruhlar to’g’risida,
Ikkinchi qismda-axloq va odob-masalalari haqida,
Uchinchi qismi aforizm va maqollardan iborat.
Asar xalq orasida juda mashhur edi. Asar o’zbek xalqining asrlar bo’yicha zolimlarga, talovchilarga qarshi kurashda erishgan g’oyalari, orzulari bilan sug’orilgan.
U zulm, adolatsizlik, xoinlik, aldamchilikka qarshi xalqning o’tkir nafratini o’zida aks ettirgan asardir.
Asarda zolim podshohlar haqida navoiy bunday deydi,-«Obod erlar uning zulmidan vayrona, kaptar tokchalari boyqushlarga uya, hayot suvini desa, to’g’ri demagan gunohkor, quyosh nurini qorong’u desa, ma’qul demaganning ahvoli chatoq, qora quzg’unni oq quzg’un desa, «g’ozni yaxshi olur» demagan aybdor. Yorug’ kunni qorong’u tun desa, «yulduz ko’rinayotir» demagan baloga duchor.
Chinni aytuvchilar joniga xatar, yaxshi yo’lga undovchilarga o’limdan zarar bor. To’g’rilik uning qoshida noto’g’ri, aqlli uning fikricha johil».
Navoiy bu podshohlarning vazirlarini byukrokrat, poraxo’rlik apparatining vakillarini xalq mulkini barbod beruvchilar, xalqqa zarba etkazuvchilar sifatida ko’rsatadi.
«Bu zolimlar mulkni barbod berguvchilardir. Mulk egalari yig’ishtirganlarini bitiruvchilardir.
... zaxar berib, kasal o’ldiruvchi tabib ularga bo’lsin nasib, bularning barchasi chayonlar, xaloyiqqa etkazur ziyonlar».
Alisher Navoiy sotqin qozilar, muftilarga ham nafrat va g’azab bilan qaradi. Ularning ishlari poraxo’rlik asosida qurilganini, ularning hiylalarini fosh etdi.
«... bir savat uzum uchun bir bog’ni kuydirmoqdan g’am tortmaydi. Poraxo’r qozi pora berib, qozilik uchun yorliq ola bilganidek, pora olib, qonunni ham buza oladi. O’qimagan qozikim may ichgay o’ltirishi do’zax o’tiga etmasdan burun kuydirgulikdir».
Alisher Navoiy noinsof savdogarlar, chayqovchilarni ham o’zining qamchisi ostiga oladi. Navoiy dehqonlarga yuqori baho beradi. Dehqonlarning mehnatini jamiyatning asosi, obodonchilikni negizi sifatida ilgari suradi.
«Dehqon don sochar, er yormoq bilan tirikchilik yo’lini ochar...».