Xvi-xviii asrlarda yaponiya va koreya XVI-XVIII asrlarda xitoy


XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA VA KOREYA



Yüklə 26 Kb.
səhifə2/2
tarix18.12.2023
ölçüsü26 Kb.
#184227
1   2
1-Ma\'ruza

3.XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA VA KOREYA
Yaponiya Uzoq Sharqda, Tinch okeani orollarida joylashgan bo‘lib, uni «Kunchiqar mamlakat» deb atashadi. O‘rta asrlar davomida Xitoy Yaponiya taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Bu ta'sir, ayniqsa, min sulolasi hukmronligi davrida Xitoy madaniyati, rassomchiligi, adabiyoti, me'morchilik san'ati, falsafasi va harbiy sohasida sezilarli bo‘ldi. Siyosiy tizim. XVI—XVIII asrlarda Yaponiya aholisi toifalarga bo‘- lingan bo‘lib, viloyatlarni feodallar — daymyolar nazorat qilar, ularning qo‘lida dvoryan — samuraylar xizmat qilardi. Mamlakat tepasida rasman imperator tursa-da, siyosiy hokimiyat amalda harbiy hukmdor — syogun qo‘lida edi. Bu davrdagi eng muhim siyosiy voqea butun Yaponiyaning markazlashgan yagona davlatga birlashishi bo‘ldi. Mamlakatni birlashtirishda uch mashhur tarixiy shaxs: Oda Nobunaga, Toyotomi Xideyosi va Tokugava Ieyasuning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Ular birgalikda jangovar armiya tuzib, mamlakatni fuqarolar urushi girdobidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Ulardan Tokugava Ieyasu 1603-yili syogun unvonini qabul qildi va Edo (hozirgi Tokio) shahrini poytaxt qilib, uchinchi syogunlikka asos soldi. Bu davlat Tokugava syogunligi deb ataldi. Tokugavalar Yaponiyani birlashtirish ishini yakunlab, uni 1867-yilgacha boshqardi. Mamlakatda tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati o‘rnatildi. Biroq bu sulola nomiga bo‘lsa-da, imperator hokimiyati daxlsizligini saqlab qoldi. Chunki yapon xalqi uchun imperator Xudoning avlodi hisoblanardi. O‘zini o‘zi ajratib qo‘yish. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Yaponiyada yevropaliklar paydo bo‘lib, xristian dini ham tarqala boshladi. Yevropalik missionerlar uni yaponlar orasida zo‘r berib targ‘ib qilishdi. Ammo ko‘pchilik missionerlar din niqobi ostida yapon xalqini arosatga solishni, Yaponiyaning mustaqilligiga chek qo‘yib, uni bosib olishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Yaponiyada XVI asr oxirida qabul qilingan qonunga binoan, barcha xristian missionerlari mamlakatdan quvib yuborildi. 1614-yili syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi. Qonun xristian dinini mamlakat dushmani deb e'lon qildi. Budda dinini hurmat qilmaydigan barcha shaxslarning Yaponiyadan chiqib ketishi talab etildi. Shu tariqa Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi. Bu hol Yaponiyaning Yevropa bilan munosabatlariga ta'sir etmay qolmadi. Natijada, Yaponiya tashqi dunyodan o‘zini o‘zi ajratib qo‘ydi. Syogun o‘zini o‘zi ajratib qo‘yish siyosati orqali Yaponiyaning mustamlakaga aylanib qolish xavfining oldini olish maqsadini ham ko‘zlagan edi. Yosimune islohotlari. Yosimune tokugava sulolasining eng mashhur davlat arbobi sifatida tanildi. U tokugava sulolasidan chiqqan sakkizinchi syogun bo‘lib, 1716—1745-yillari hukmronlik qildi. Yosimune qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag‘batlantirish siyosatini yuritdi. Sug‘orish inshootlari tizimini takomillashtirdi. Yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqardi. Mamlakat va jamiyat hayotini tartibga 80 solishda u joriy etgan «100 moddali Farmon» deb ataluvchi qonunlar to‘plami katta ahamiyatga ega bo‘ldi. XVI—XVIII asrlarda Koreya Yaponiya tajovuzi. XVI asrda Koreyada markazlashgan davlatning asta-sekin zaiflashib borishi qo‘shnilarning tajovuzlariga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, janubda Yaponiya tomonidan xavf kuchaydi. 1592-yili Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib kirdi va koreys qo‘shinlari qarshiligini yengib, Seul, Pxenyanni egalladi. Mamlakatning katta qismi yapon qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Ular tinch aholiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘ldilar. Mamlakatda yapon bosqinchilariga qarshi xalq urushi boshlandi. Bosib olingan hududlarda «Haq ish uchun» xalq partizan guruhlari tuzildi. Xalq qo‘shinlarining harakatlariga Li Sun Sin qo‘mondonligi ostidagi koreys flotining g‘alabalari dalda bo‘ldi. Li Sun Sin floti yapon flotini tor-mor qildi. Ellik minglik Xitoy qo‘shinining yordamga kelganligi koreyslarning yaponlarga qarshi kurashini yengillashtirdi. 1593-yili Xitoy va Koreyaning birlashgan qo‘shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildi. Yaponlar bosqini mamlakatda ulkan ma'naviy va moddiy yo‘qotishlarga olib keldi. Haydaladigan yer maydonlari keskin qisqarib ketdi. Amaldorlar orasida poraxo‘rlik va jinoyatchilik, xalq orasida esa ocharchilik va vabo avjiga chiqdi. Mamlakat endi o‘zini tiklayotgan bir paytda, unga manjurlarning hujumi boshlandi. Koreyaga manjurlarning bostirib kirishi. Xitoyda o‘z hukmronligini o‘rnatishga intilayotgan manjurlar 1627-yili Koreyaga bostirib kirdilar. Ular koreys qo‘shinining qarshiligini yengib, ko‘plab shaharlarni egallab oldilar va taladilar. Koreys hukumati bosqinchilar bilan muzokaralar olib bordi. Ikki tomon o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabatlaridan voz kechishi kerak edi. Manjur qo‘shinlari Koreyaga yangi hujum boshladi. Manjurlar Seulni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Noiloj qolgan Koreya taslim bo‘ldi. 1637-yilgi yangi shartnomaga ko‘ra, Koreya qiroli o‘zini manjurlarning vassali deb tan oldi. Koreys hukumati minlar sulolasi bilan har qanday munosabatlarni to‘xtatish va manjurlarga Xitoyga qarshi urushda yordam berish, har yili o‘lpon to‘lab turish majburiyatini oldi. Manjurlarga to‘lanadigan ulkan o‘lpon xonavayron aholiga og‘ir yuk bo‘ldi va Koreyaning ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Ijtimoiy taraqqiyot. Og‘ir iqtisodiy va siyosiy inqiroz Koreya hukmdorlarini mamlakatda islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. Aholining ilg‘or qatlami ham hukumatni shunga undayotgan edi. Feodal munosabatlarning to‘siq bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatda mahalliy bozorlar shakllandi, yarmarka va yirik savdo markazlari paydo bo‘ldi, Xitoy va Yaponiya bilan savdo aloqalari kengaydi. Qirol Yongjo (1725—1776) davrida mamlakatni rivojlantirish maqsadida islohot o‘tkazildi. To‘g‘onlar, suv omborlari qurildi, ocharchilik holati uchun maxsus don omborlari tashkil qilindi. Shuningdek, guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi va ba'zi bir davlat soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi. So‘roq qilish paytida qiynoqning eng og‘ir turlari (oyoqlarni sindirish) taqiqlandi. Qirol Yongjo davrida dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e'lon qilindi. Zaiflashayotgan feodal tuzumni mustahkamlashga bo‘lgan bu urinishlar 1785-yili tuzilgan «Qonunlarning buyuk to‘plami» deb nomlangan hujjatda o‘z ifodasini topdi. Biroq katta yer egalari va amaldorlar hukmronligini mustahkamlash maqsadida qilingan bu kabi qisman yon berishlar, mamlakatdagi butun feodal tuzumining chuqur inqirozini to‘xtata olmadi. Mamlakat kuchli davlatlarning mustamlakachilik hududiga aylanib bordi
Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin