Xvii asr o`rtalari va XIX asrlarda aqsh


Ijtimoiy – siyosiy harakatlar va siymolar partiyalar



Yüklə 198 Kb.
səhifə6/13
tarix17.05.2023
ölçüsü198 Kb.
#114814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
AQSHDA XIX-XIX ASRLARDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI

Ijtimoiy – siyosiy harakatlar va siymolar partiyalar
Aholisi zich bo`lgan Shimoli-Sharqiy rayonlarda ishchilarning ahvoli og`ir bo`lgan. 20-30 - yillarda o`rtacha 12,5 soat ish kuniga ega bo`lgan ishchilar bir kunga bir dollar ish haqi olganlar, ammo bu tirikchilik uchun zarur bo`lgan eng oz miqdordagi oziq-ovqat uchun ham o`mas edi.
1837-1842 yillarda AQSHda dastlabki ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi yuz berdi. Inqiroz ishchilarning turmush darajasini kcskin tushirib yubordi. AQSHda navbatdagi ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 1857 yilda yana sodir bo`ldi.
XIX asrning 20-yillari oxirlarida AQSHda ishchilarning mehnat sharoitini, huquqiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun kurash boshlandi. Ularning eng asosiy talablari 10 soatlik ish kunini joriy qilish. ish haqini oshirish, qarzlar uchun hibsga olishni bekor qilish, jamiyat (davlat) maktablarini ochish, barcha erkaklarga saylov huquqini berish, G`arbdagi yerlardan ularga yer uchastkalari berish va boshqalardan iborat edi. Ishchilar tez-tez ish tashlashlar uyushtirib turdilar. Sexlarning turlariga qarab. malakali ishchilarning kasaba uyushmalari tuzildi. 1842 yilda AQSII oliy sudi ishchilarning ish tashlashlari va kasaba uyushmalarini tuzishga ruxsat beruvchi qonunni joriy qilishga majbur bo` Idi.
3828 yil Filadclfiyada dastlabki ishchi parliyasi tashkil topdi. Shunday partiyalar Nyu-York va boshqa shaharlarda ham tuzitdi. 1828-1834 yillarda turli nomlar bilan ataluvchi 60 dan ziyod ishchi partiyalari tuzildi. Bu partiyalar asosan umumdcmokratik talablarni ilgari surib, ishchilarning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun harakat qijdilar. Shuningdek, ayrim partiyalar yer uchastkalarini bo`lib berilishini, ayollarning siyosiy huquqlarga ega bo`lishi va qulchilikni bekor qilinishini ham talab qildilar. Xalq ommasining talabi bilan ko`pchilik shtatlarda qarzlar uchun hibsga olish bekor qilinib, crkaklar uchun umumiy saylovlar huquqi vajamiyat maktablari joriy qilindi.
XIX asrning birinchi yarmi AQSH Janubida quldorlik plantatsiyalarning jadal o`sish davri ham bo`ldi. 1793 yilda E.Uitni tomonidan paxta tozalash (chigitlash) dastgohini ixtiro qilinishi natijasida XIX asrning birinchi yarmida quldorlik plantasiyalarida tamaki o`rniga paxta keng ravishda etishtirishga o`tildi. Shuningdek, Janubda shakar qamish ekish ham kengaydi. Paxtaning aksariyati Angliyaga eksport qilindi. Paxta etishtirishga ixtisoslashuv AQSH Janubini G`arbiy Yevropa mamlakattarining agrar xom ashyo bazasiga aylantirdi. Keyinchalik Janubda etishtirilayotgan paxtaning bir qismi Shimoldagi to`qimachilik sanoatida qayta ishlana boshlandi.
Quldorlik plantasiyalarida paxta monokulturasi (yakka hokimligi) Janub yerlarining unumdorlik darajasini tushirib yubordi. Natijada yangi unumdor yerlarga ehtiyoj orta bordi. Buni paxta xom ashyosiga bo`lgan talabning kuchayishi natijasida, ekin maydonlari hajmini kengaylirish zaruriyati ham taqozo etmoqda edi. Quldorlar mamlakat janubidagi va g`arbidagi yerlarni ekspansiya qilishga kirishdilar. Shimoli-G`arbdagi capitalist-termerlar han bunday ekspansiyadan manfaatdor edilar.



Yüklə 198 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin