AQSHDA XIX-XIX ASRLARDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI
Tashqi siyosatning o`ziga xos xisusiyatlari Mustaqillik urushidan so`ng AQSH tashqi siyosatining xarakterli xususiya(]ari: l)Yevropa davlatlarining ittifoqlari va urushlarida qatnashmaslik; 2)ular o`rtasidagi ziddiyatlardan o`zining manfaatlari yo`lida foydalanish va 3)Amerika savdo kemalarini daxlsizligini ta`minlashdan iborat edi. Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida AQSH Amerika qita`sida G`arhiy Yevropa mamlakatlarining ta`sirini susaytirish evaziga o`zining mavqesini mustahkamlashga intildi, Angliya bilan birgalikda Lotin Amerikasi mamlakatlarini siyosiy jihaldan tarqoq, mayda va zaif davlatlarga aylantirishda faol ishtirok etdi. AQSHning ekspansiya (“Dollar siyosati”) siyosati 1803 yilda arzimas 1,5 mln dollarga Fransiyadan Luizianani olish bilan boshlandi. Fransiya mazkur hududni 1800 yilda Ispaniyadan lorlib olgan edi. Yevropadagi urush tufayli uni himoya qila olmasligi va moliyaviy zaruriyal sababli Napoleon uni sotishga majbur bo`tdi. Luizianani olinishi AQSH hududini 888,8 ming kv mildan 1715,9 milga ya`ni, qariyb 2 baravar kengaytirdi.
Kontinental blokada tufayli Angliya Fransiya bilan savdo aloqalarini olib borayotgan davlallarning savdo kemalari qatorida AQSHning ham savdo kemalini tutib ola boshladi, Bunga javoban AQSH 1812 yilda Angliyaga urush e`lon qildi. Urush harakatlaru asosan, Kanada hududidagi ingliz qo`shiniga qarshi olib borildi. AQSH Yevropadagi urushlardan foydalanib Kanadani egallamoqchi edi. Ammo uning maqsadlari amalga oshmadi. 1814 yil dekabrida Belgiyaning Gent shahrida anglo-amerika sulh shartnomasi imzolandi. Urush AQSH hududini kengaytirmadi, biroq uning mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo`idi. Angliya yana bir bor AQSH mustaqilligini tan oldi.
1810-1818 yillar mobaynida AQSH Ispaniyaga tegishli bo`lgan Floridani qismlarga bo`lib bosib oldi. 1819 yilda rasmiy ravishda Ispaniya Floridani AQSHga berishga majbur bo`idi.
Ispaniya mustamlakachilik imperiyasining inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlariga mustaqillik olib keldi. 20-yillarning boshlarida "Muqaddas ittifoq" qo`shinlarini (Ispaniya mustamlakachiligini tiklash maqsadida) Lotin Amerikasiga kiritish haqidagi xabarlarning tarqalishi AQSH hukumatini tashvishga soldi. 1823 yil 2 dekabrda AQSH prezidenti Monro kongressga murojaatnorna yubordi. Bu murojaatnomaga ko`ra, AQSH Yevropa mamlakallarining Amerikadagi mavjud mustamlakalafini tan olinishini. biroq ularning Amerika qifasida yangi mustamlakalarga asos solishiga yo`l qo`ymasligini, Yevropa mamlakatlarining Amerika mamlakatlaining ichki ishlariga aralasbmasligini ma`Ium qildi. Bu harbiy doktrina "Monro doktrinasi" deb nom oldi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining mustaqillik uchun kurashini qo`llab-quvvatlagan AQSI1 plantatorlari Texasda ko`chmas yer mulklariga ega bo`lib, 1836 yilda uni mustaqil respublika deb e`lon qildilar. Bu 1846-1848 yillardagi AQSH-Meksika urushiga olib keldi. Urush natijasida Meksika nafaqat Texasdan balki Kaliforniya, Arizona va Yangi Meksikadan iborat ulkan hudud (qariyb Meksika hududining yarmi) dan mahrum bo`idi. AQSH kompensatsiya tariqasida Meksikaga 15 mln. dollar to`lab go`yoki uni sotib olganday qilib ko`rsatdi. Bosqinchilik urushlari natijasida XIX asr o`rtalarida AQSH hududi 3027.8 ming kv.milga etdi.
AQSHning hududiy ekspansiya tufayli o`z maydonini kengaylirishi uchun Hindu qabilalarining qoloqligi va tarqoqligi, qo`shni Ispaniya mustamlakalari va Meksikaning zaifligi juda qo`! keldi. Yevropa davlatlari o`rtasidagi to`qnashuv va urushlar tufayli ular AQSHning bosqinchilik urushlariga jiddiy e`tibor bermadilar. AQSH esa bundan o`z manfaati yo`lida ustalik bilan foydalandi. AQSHning XIX asr boshlarida Hvropada bo`lgan urushlarda qatnashmaganligi uni nafaqat katta narbiv xarajatlar va yo`qotishlardan saqlab qoldi, balki urushayotgan davlatiar bilan savdo olib borishi natijasida urushdan yaxshigina foyda olishini ta`minladi.