XVIII-XIX ASRLARDA EVOLYUTSION QARASHLARNI RIVOJLANISHI. J. KYUVE VA SENT ILER O\'RTASIDA MUNOZARA VA TORTISHUV
Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik deklarasiyasi". 1775-1776 yillarda ayrim muslamlakalar o`zlarini ozod va mustaqil davlat deb e`lon qildilar. Kontinental kongressdagi mustamlakalar deputatlarining ko`pchiligi inqilobga moyil bo`lgan yangi deputatlar bilan almashtirildi. 1776 yilgi ikkinchi kontinental kongressda shtatlar mustaqil davlat sifatida e`tirof etildi.
1776 yil yanvarida Tomas Peynning "Sog`lom fikr" nomli pamfleti 100 ming nusxada nashr etildi. Unda muallif mustamlakalarni Angtiyadan ajralib chiqishini asosli ekanligini isbotlashga urindi.
Mustaqillik deklarasiyasini ishlab chiqish uchun komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga Tomas Jefferson, Jon Adams, Bendjamin Franklin, Robert Livingston kirdilar. Asosan Jefferson tomonidan tuzilgan tarixchilar tomonidan “Mustaqillik dekloratsiyasi” deb atalgan, to`liq nomi esa : " 13 ta Amerika Qo`shma Shtatlarining yagona deklaratsiyasi"da shunday jumlalar mavjud edi:" Barcha odamlar o`zaro teng qilib yaratilgan va ularning barchasi teng huquqlarga ega bo`lishi kerak. Bunday huquqlar jumlasiga yashash, ozodlik va baxtga inlilish kiradi. Davlatni boshqarish, uni o`zgartirish yoki yo`q qilish bu xalqning huquqidir". Tarixda birinchi marta rasmiy hujjatda xalq suvereniteti g`oyasi shakllandi va 1776 yil 4 iyulda qabul qilingan deklaratsiya mustaqil Amerika Qo`shma Shtatlarini tashkil topganligini e`lon qildi.
Deklaratsiyada AQSH ning Angliyadan ajralib chiqishining sabablari ham ko`rsatildi. "Mustaqillik deklaratsiyasi" ikkinchi kontinental kongressi tomonidan e`lon qilingach, butun tun gulxanlar yoqilib, qo`ng`iroqlar jarangladi. Xalq deklarasiyani juda jo`shqnlik bilan kutib oldi.
"Mustaqillik deklaratsiyasi" XVIII asr oxirlaridagi fransuz burjua inqilobining "Inson va fuqarolar huquqlari deklaratsiyasi" uchun namuna vazifasini o`tadi. XVIII asr deklaratsiyasida inson huquqlarining abadiyligi e`lon qilindi. Abadiy huquqlar dcganda burjua huquqlari nazarda tutildi. O`z davri uchun bu ilg`or va o`ta muhim hujjal edi. Deklaratsiya mustamlakachi ekspluatorlarga, feodal munosabalarning qoldi`lariga qarshi kurash e`lon qildi.
Jefferson tayyorlagan deklaratsiyaning dastlabki matnida qulchilikni tanqid qiluvchi punkt mavjud edi, ammo janubdagi quldorlik mustamlakalarining deputatlari deklaratsiyadagi ushbu punkt qoladigan bo`lsa, Angliyaga qarshi urushmaymiz, deb do`q1 urdilar. Shunday qilib, AQSh da qulchilikning bekor qilinishi orqaga suriladi.
Ushbu harakatlarning borishi va yakunlari shu bo`ldiki AQSH Agnliyaga qashi Fransiya (1778), Tspaniya (1779) va Gollandiya bilan (1782) harbiy ittifoq tuzdi. Rossiyaning tashabbusi bilan (1780y. Deklaratsiyasi) Yevropadagi qator mamlakatlar (Shvetsiya, Germaniya v.b.) Angliyaga qarshi kurashni bertaraflik yo`lini tutdilar. 1782 yilga kelib kontinental kuchiar to` la galabaga erishdi. Inglizlar Amerikada mag` lub etildi.
1783 yilda Versalda Angliya va AQSH o`rtasida sulh bitimi imzolandi. Angliya AQSH mustaqilligini e`tirof etdi.
1775-1783 yillardagi mustaqillik ushun urush ana shunday yakun topdi.
Shunday qilib, Angliyaning Amcrikadagi 13 ta mustamlakasi mustaqil yagona respublikaga birlashdi. AQSH tashkil topdi. Ko`p yillar mobaynida har bir shtat boshqa shtatga nisbatan o`zini mustaqil deb hisoblab keldi. Keyinchalik fuqarolar o`rtasida yagona milliy mushtaraklik vujudga keldi va ular o`zlarining kelib chiqishlari, irqlari, millatlaridan qat`iy nazar- "amerikaliklar" nomi ostida birlashdilar. Bu federatsiya asosida birlashgan yangi davlat bo`lib, o`sha paytda jahonda kichik Shveytsariya Respublikasi mavjud edi. xolos.
AQSHda fuqarolar toifalari yo` q edi, na dvoryan, na monarx kabi unvonlar bo`lmagan. Shuning uchun o`rta tabaqaga mansub fuqaroning o`sishi va rivojlanishi uchun bu yerda hech qanday g`ov yo`q edi.
1787 yilda Filadelfiyada ta`sis konventi (majlis) AQSH Konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitutsiyaga President boshqaruviga asoslangan hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborat qilib luzildi va uning asosini xalq tashkil qiladi, deb yozib qo`yildi.
Dunyoning eng demokratik Konslitusiyalaridan biri bolgan bu me`yoriy hujjal, 30ga yaqin o`zgartirishlar qilinganiga qaramay hozirgacha AQSHning asosiy qonuni vazifasini o`tab kelmoqda.
Jorj Vashington AQSHning Prezidenti qilib saylandi. Lining safdoshlari Tomas PeynT Benjamin Franklin, Tomas Jefferson, Samuel Adams, Jeyms Medisonlar AQSH davlatini lashkil etish, uni idora qilish an`analariga asos soldilar.