XVIII-XIX ASRLARDA EVOLYUTSION QARASHLARNI RIVOJLANISHI. J. KYUVE VA SENT ILER O\'RTASIDA MUNOZARA VA TORTISHUV
Shimoliy Amerikaning mustamlakaga aylantirilishi Tarixchilarning taxminicha, Amerikaning dastlabki aholosi hozirgi indeetslar va eskimoslarning bundan 20-25 ming yilcha oldin Osiyodan kelgan avlod-ajdodlari bo`lgan. Kolumb Amcrikani ochgandan keyin ko`p o`tmay, qit`a muntazam tarzda mustamiakaga aylantirila boshlandi va mustamlakalarni egallash uchun Yevropa davlatlari o`rtasida kurash qizib ketdi.
XVII asrning boshida Ispaniya Shimoliy Amerikada Florida, Texas, Kaliforniya, Meksikani, bulardan ham oldinroq (Portugaliya egallab olgan Braziliyadan tashqari) bulun
Markaziy ba Janubiy Amerikani bosib otdi. Fransuzlar Kanadada (1604 yildan boshlab), Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699 yildan boshlab) o`rnashib oldilar. Gollandlar (1609 yildan boshlab) Gudzon daryosi havzasida Yangi Gollandiya mustamlakasiga asos soldilar.
Shimoliy Araerikaga XVI asr oxirlarida kelgan inglizlar uzoq tura olmadilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan ya:ni Birginiya deb atalgan mustamlaka (qirolicha Elizaveta sharafiga sbunday deb nomlangan) barpo qilingandan keyin boshlandi. "May guli" kemasida kelgan mustamlakachi puritanlar 1620 yilda "Nyu-Plimutga, 1622 yilda Nyu-Gempsher, 1628 yilda Massachusets, 1634-1637 yillarda Konnektikut, 1636-1643 yillarda Rod-Aylend va Nyu-Gevenga asos soldiiar. Ular 1664 yilda Massachusetsga qo`shib olindi. Bu mustamlakalar Yangi Angliya deb ataldi. Mustamlakachilar ichki boshqaruv ishlarida mustaqillikni saqlagan holda Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari degan nom ostida ittifoq tuzdilar. Markaziy rayonda Nyu-Jersi, Pensilvaniya, janubda Merilend. Shimoliy Karolona va Janubiy Karolina va Jorjiya degan mustamlakalar tashkil topdi.
1760 yilda Sharqda Atlantika okeanining qirg`og`i bo`ylaridan to Farbda Appalachi tog`larigacha bolgan territoriyadagi 13 ta ingliz mustamlakalarida indecslar (bindular)dan tashqari, 1,6 millionga yaqin aholi yashar edi. Oq tanli aholi asosan inglizlar, irlandlar, shotlandlar, nemislar, gollandlar va boshqalardan iborat edi. Aholining soni tez o`sib, 1775 yilda 2,6 million kishiga etdi.
Amerikada ingliz mustamlakalarini xo`jaligiga ko`ra 3 ta guruhga ajratish mumkin edi. Yangi Angliya, deb atalgan Shimoliy mustamlakalarda asosan fermer va ijara qishliq xo`jaligi, qisman hunarmandchilik va manufaktura sanoati taraqqiy etdi. Shimoliy mustamlakalarning markazi Boston shahri edi.
O`rta mustamlakalar rayoni g`alla xo`jaligiga moslashtirilgan bo" lib, unda yirik kapitalistik fermerlar mavjud edi. Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Nyu-York rayonlarida g`allachilik fermalari bilan birga sanoat korxonalari va savdo rivoj topdi.
Janubiy mustamlakalar, asosan, tamaki plantasiyalari ko`pchilik bo`lgan quldorchilik. xo`jaliklaridan iborat edi.
XVIII asrning 70 - yillarida paxta ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega emas edi. Paxta yetishtirish va uni mashina bilan ishlov berishga e`tibor 90 - yillarda boshlandi. 1793 yilda paxta tozalash mashinasi Hay Uayten tomonidan ixtiro qilingandan so`ng, quldorlik plantasiyalarida keng ravishda paxta ekila boshlandi. .