388
Sinov savollari
1. Elektromagnit to‘lqinlar manbayi qanday bo‘ladi? 2. Elektromagnit
to‘lqinlarni tarqatish uchun nimani vujudga keltirish kerak? 3. Nima uchun
yopiq tebranish konturi elektromagnit to‘lqinlar hosil qilish uchun yaroqsiz
hisoblanadi? 4. Elektromagnit maydon fazoda tarqalishi uchun qanday
sharoit bo‘lishi kerak? 5. Ochiq tebranish konturi, ya’ni Gers vibratorini
hosil qilish uchun nima qilish kerak? 6.
Ochiq tebranish konturida
elektromagnit maydon qayerda mujassamlashgan bo‘ladi? 7. Ochiq tebranish
konturining ish prinsi pi? 8. Elektromagnit to‘lqinlar
qanday qabul
qilinadi? 9. Elektromagnit to‘lqinlar energiya tashiydimi? Buni qanday
bilish mumkin? 10. Gers vibratorida qanday to‘lqinlar hosil qilindi? 11.
Gers o‘z tajribalarida nimalarni aniqladi? 12. Elektromagnit to‘lqinlarning
tarqalish tezliklari yorug‘lik tezligiga tengmi?
121- §. Radioning kashf etilishi. Radioaloqa
haqida tushuncha
M a z m u n i :
birinchi radiopriyomnik; ke-
yingi izlanishlar; radioaloqa haqida tushuncha;
radiotelefon aloqa.
Birinchi radiopriyomnik. Uzoq masofalarga
signal uzatishda elektromagnit to‘lqinlardan
foydalanish g‘oyasi A . S. P o p o v (1859 — 1906)
tomonidan 1889- yilda birinchi bo‘lib aytilgan.
Uning o‘zi 1895- yilda birinchi radiopriyomnigi-
ni yasadi va namoyish qildi.
Popov o‘z radiopriyomnigida elektromagnit
to‘lqinlarni sezuvchi detal sifatida
kogerrerdan
foydalandi. Kogerrer, qayd etuvchi apparat elektr
qo‘ng‘iroqni energiya bilan ta’minlovchi manbani boshqarish uchun
ishlatilgan. Birinchi radiopriyomnikning sxemasi 195-
rasmda
ko‘rsatilgan.
M antenna orqali qabul qilingan elektromagnit tebranishlar
AB kogerrerga keladi. Bu asbob ikkita elektrodli shisha naychadan iborat.
Naycha ichiga metall qirindi solingan bo‘lib,
uning ish prinsi pi
elektr zaryadlarining metall kukuniga ko‘rsatadigan ta’siriga asoslan-
gan. Kukunning qarshiligi juda katta bo‘lib, odatdagi sharoitda undan
tok o‘tmaydi, chunki metall qirindilar bir-birlariga yopishib turmay-
di. Lekin kogerrerga elektromagnit to‘lqinlar kelganda, qirindilar
go‘yoki bir-birlarining orqalaridan «ulashib»
qoladi va qarshilik
kamayib, ular orqali tok o‘tadi.
«Kogerrer» so‘zining o‘zi lotincha «kogirinsio» so‘zidan olingan
bo‘lib, «ulashish» degan ma’noni anglatadi. (Popovning tajribalari-
Dostları ilə paylaş: