Xvi—xix asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari san`ati



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə2/8
tarix20.10.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#158082
1   2   3   4   5   6   7   8
XVI—XIX asrning birinchi yarmida o\'rta osiyo xalqlari san`ati

MUSTAQILLIK KOSHONALARI
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov 1991 yil sentabr oyida chiqargan Farmon bilan tashkil etilgan.
Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. Mohiyatan, bugungi kunda O‘zmilliybank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro moliya bozorlaridagi “tashrifnoma”si bo‘lib qoldi. Konservativ, puxta o‘ylangan siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali mexanizmlarini, o‘sish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va jo‘shqin rivojlanib, professional moliya muassasasi, o‘z mijozlarining ishonchli sherigi sifatida mustahkam obro‘ga ega bo‘lish imkonini berdi.
Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan. O‘zmilliybank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani O‘zmilliybank O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi — Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi (1996). Muzey binosi oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, bal. 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustun, gʻisht, turli beton blok va yengil tayyorlangan sunʼiy qurilish uskunalari qoʻllanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Qurilishda Toshkent sh. hokimiyati, "Turon" firmasi, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, "Oniks" korxonasi (30 dan ortiq kattakichik hajmdagi billur qandillar, 500 ta yoritgichli, ogʻirligi 2 t, bal. 8 m "Zumrad" qandil ishlab bergan), "Us to" birlashmasi qatnashgan.
Muzeyga marmar zinalar orqali bosh tarzi (Amir Temur xiyobonidan)dagi 3 eshikdan kiriladi. 14 ta yogʻoch oʻymakorligidagi eshik oʻziga xos. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, bal. 10 m, muqarnas boshali, poyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida "suls" uslubida insonni yaxshilikka undovchi soʻzlar bitilgan. Bino asosida foye, magazinlar, maʼmuriyat, vestibyul, kassa, axborotmaʼruza zali va b. texnik xizmat xonalari joylashgan. 1qavatda koʻrgazma va kinoleksiya zali (200 oʻrindiqli) bor. 2qavatdagi koʻrgazma zali 8 boʻlimdan iborat. Koʻrgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar Oʻzbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996 y.da Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan koʻrgazmadagi eksponatlar qam muzeyga oʻtkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etn., numizmatika yodgorliklari, qoʻlyozmalar, tasviriy sanʼat namunalari bor. Shuningdek, I. Karimovning Amir Temurga boʻlgan hurmatini ifodalovchi dil soʻzlari va "Temur tuzuklari"dan keltirilgan iboralar eksponatlarni mazmunan boyitgan.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin