Xvll-Asirdan 1870-yilgacha aqsh



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/9
tarix17.09.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#144615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Презентация Microsoft PowerPoint

Tibbiy xizmati

  • Tibbiy xizmati
  • Mamlakat kasalxona muassasalarining 70 % — xususiy. Shifokorlarni tibbiyot maktablari tayyorlaydi. Saratoga-Springs, Kliften, Trenchlik, Xot-Springsda balneologiya, Atlantiksitida dengiz boʻyi, Santa-Klaus, Monterey, Santa Barbarada dengiz kurortlari bor. Atlantika va Tinch okeanlari sohillari va orollarida, shuningdek togʻ va choʻl joylarda iqlimiy stansiyalar joylashgan.
  • Xoʻjaligi
  • AQSh — dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi AQSh ulushiga toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, 1994-96-yillarda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham AQSh birinchi oʻrinda turibdi

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun „Yangi yoʻnalish“ doirasidagi yana bir muhim tadbir boʻldi. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan joriy qildi. Birinchi jahon urushi natijasida AQSh Dunyodagi etakchi davlatga aylanadi. Amerika kompaniyalari Yevropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol -yaroq va oziq ovqat etkazib berdi. Koʻplab Yevropa mamlakatlari AQShdan urush olib borish uchun kredid oldilar va urushdan soʻng AQSh oldida qarzdor boʻlib qoldilar amerika kompaniyalari urush davrida jami 35 mlrd. dollar foyda koʻrishdi. 1933-yil 12-mayda fermerlarga yordam haqidagi qonun qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga boʻlgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzorlar maydonini va chorva turini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kredit berdi. Norentabel fermalar tugatildi. „Yangi yoʻnalish“ AQShdagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy qonnunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirildi. 1935-yili AQSh Kongressi "Vagner qonuni " ni qabul qildi.Mazkur qonun boʻyicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega boʻlishdi.Kasaba uyushmalari huquqlarining va ish tashlash huquqining tan olinganligi ishchilar sinfining oʻz saflari birligi uchun kurashiga yangi turtki berdi. Kasaba uyushmalari soni koʻpayib ketaboshladi. Tan olingan markaz — Amerika mehnat federatsiyasi bilan birga yangi kasaba uyushma tashkiloti — Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari komiteti paydo boʻldi. Bu tashkilot 1938-yilda Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari kongressi deb nomlandi. Ruzvelt Prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq boʻlib qoldi. Yangi maʼmuriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi — 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bbilan diplomatic munosabatlar oʻrnatilganligidir. Ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar meʼyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirildi. 1935 va 1937-yillarda AQSh bilan SSSR oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlati tuzildi.Ruzvelt 1937-yil 5-oktabr kuni Chikagoda soʻzlagan nutqida agressorlar atrofida karantin oʻrnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. 1939-yil 26-iyul kuni AQSh Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4-noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan soʻng betaraflik haqidagi qonun qayta koʻrib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQShdan qurol-yarogʻ sotib olish imkonini berdi
AQSh milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: „Ekson“, „Mobil“, „Teksako“, „Shevron“, „Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft, „Jeneral motore“, „Ford motor“, „Kraysler“ avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil“ poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“, „Makdonnel Duglas“, „Grumman“, „Xyuz eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari — Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSh shimoli-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari — Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari — goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin