Xvll-Asirdan 1870-yilgacha aqsh



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə5/9
tarix17.09.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#144615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Презентация Microsoft PowerPoint

Qishloq xoʻjaligi
AQSh milliy daromadining 8 % dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi. Yirik fermalar yetakchi rol oʻynaydi. Umuman qishloq xoʻjaligi sermahsul va sertovar boʻlib, muayyan hududlar ayrim mahsulot turlariga ixtisoslashgan va markazlashgan. Mamlakatda 2 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi bor, bir fermer xoʻjaligi oʻrta hisobda 190 ga yerda dehqonchilik qiladi. Mehnatga yaroqdi aholining 2,5 % qishloq xoʻjaligida band. AQShda asosan makkajoʻxori, soya, paxta, tamaki, sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi, shakarqamish va boshqa ekiladi. Bugʻdoyzorlar („bugʻdoy mintaqasi“) Buyuk tekisliklar va Kolumbiya platosida (asosan Kanzas va Shimoliy Dakota shtatlari), makkajoʻxori („makkajoʻxori mintaqasi“) Buyuk koʻllarning janubiy va gʻarbida (Ayova, Illinoys shtatlari) ustunlik qiladi, paxtazorlar faqat Missisipi daryosi vodiysi hamda Texas, Arizona va Kaliforniya shtatlarida uchraydi. Qand lavlagi, shakarqamish Missisipi daryosi etaklarida va Gavayi orollarida, tamaki Shimoliy Karolina, Virginiya va Kentukki shtatlarida yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va polizchilik Kaliforniya, Floridada, Atlantika okeani va Buyuk koʻllar sohillarida koʻproq. Keng choʻllar va „makkajoʻxori mintaqasi“ shtatlarida goʻshtbop chorvachilik, shimoli-sharqda va Kaliforniyada sut chorvachiligi rivojlangan. Minnesota va Viskonsin shtatlarida sutning koʻp qismi qayta ishlanib, pishloq va sariyogʻ ishlab chiqariladi. Qoʻychilik asosan qurgʻoqchil togʻli shtatlarda rivojlangan. Goʻshtbop joʻja (broyler), tovuq, kurka yetishtirishga katta ahamiyat beriladi. Tuxum koʻproq janubi-sharqiy shtatlardagi yirik parrandachilik fab-rikalarida yetishtiriladi. AQShda 102 mln. bosh qoramol, 51 mln. bosh choʻchqa, 10 mln. bosh qoʻy bor. Baliq ovlash rivojlangan. Hamma turdagi yogʻoch tayyorlanadi.
Transporti
Ichki yuk tashishda temir yoʻl, avtomobil transporti, ichki suv transporti, dengiz transporti, havo transporti, gaz va neft quvurlari muhim ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Yangi Orlean, Xyuston, San-Fransisko, Buyuk koʻllarda — Chikago, Dulut. Aviatsiya qatnovi asosiy uzellari — Nyu York, Chikago, Atlanta, Los Anjeles, Mayami, Dallas.
Tashqi savdosi
Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablagʻ sarflash koʻpayib bormoqda. Eksportda ham, importda ham tayyor mahsulot ustun. AQShdan sanoat va energetika mashina-uskunalari, transport vositalari, kimyo tovarlari, toʻqimachilik va qogʻoz mahsulotlari, koʻmir, oziq-ovqat va yembop don, soya, paxta, tamaki va boshqa mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari, ruda va metall, sanoat mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan roʻzgʻor anjomlari, kiyim-kechak, poyabzal, yogʻoch, qogʻoz, baliq, goʻsht, qand-shakar, kofe va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — Kanada, Yaponiya, Meksika, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — Amerika dollari.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin