Xx asming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport. Reja



Yüklə 23,03 Kb.
səhifə2/6
tarix28.02.2023
ölçüsü23,03 Kb.
#85919
1   2   3   4   5   6
XX asming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport.

Italiya. Jismoniy tarbiya va sport bu mamlakatda keng doirada taraqqiy etdi. Mussolinining siyosati yangi urushga tayyorgarlik va buyuk Italiyani yaratishga qaratildi. Xalq maorifl vazirligi tarmog'idagi jismoniy tarbiya departamenti
«Balilla milliy operasi» maxsus tashkiloti yordamida bolalami jismoniy trabiyalash ishlarini amalga oshirdi. «Balilla» guruhi 8—13 yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalami hamda 14—18 yoshdagi yoshlar va qizlarni o‘z ichiga oladi. «Balilla milliy operasi» markaz va viloyatlarda tashkil qilinadi. Unda yengil atletika, qilichbozlik, gimnastika, eshkak eshish va boshqa sport tur- laridan keng foydalanildi. Joylarning geografik va iqlim sha- roitlariga qarab sport turlari tanlanadi. Ya’ni Alp tog‘larida — tog‘ chang‘isi sporti, dengiz yoqalarida — suzish, yelkan sporti, daryolarda — suzish va eshkak eshish, tekisliklarda — ot sporti, maxsus joylarda sport o‘yinlari: regbi, futbol, basketbol, voleybol, o‘q otish, velosiped, avtomotosport kabilar mavjud edi. Harbiy-sport ishlari sportklublar, jamiyatlar va uyushmalarda olib borildi.
2. AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
Yaponiya. Bu mamlakatda milliy xususiyatlar asosida jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi yuqori darajada o‘sib bordi. 0 ‘sha davrlarda Yaponiyaning siyosati Osiyoni bosib olishga qaratilgan edi. Shu maqsadda maktablar va sport- gimnastika tashkilotlaridan unumli foydalanildi. O'quv yurtlari va sport klublari jismoniy tarbiya va sportni rivojlanti- rishning asosiy markaziga aylantirildi. Bo‘lajak oddiy harbiy- lami tayyorlash boshlang‘ich maktablarda, amalga oshirildi. Bunda eski milliy jismoniy mashqlar, ya’ni dzyu-do, kenzo (tayoqlarda qilich tushish), kamondan o‘q otish va hozirgi zamon sport turlari: gimnastika hamda o'yinlar qo'llanilgan. Kollejlar va universitetlarda harbiy kadrlar tayyorlanib, ularda ham dzyu-do, karate, qilichbozlik, o'q otish, gimnastika, beysbol, regbi, suzish, yengil atletika mashqlaridan maqsadli foydalanilgan. Yaponiyada sumo milliy kurashi keng tarqalgan.

Yüklə 23,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin