Xx asming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport. Reja



Yüklə 23,03 Kb.
səhifə6/6
tarix28.02.2023
ölçüsü23,03 Kb.
#85919
1   2   3   4   5   6
XX asming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport.

5. Taraqqiyot yo‘idagi davlatlar
Milliy mustaqillik uchun xalqlaming kurashi Ikkinchi jahon urushidan keyin, ayniqsa, kuchaydi. Bunda Fashistlar Germaniyasining yakson qilinishi, Yaponiya militarizmining yo'q qilinishi, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi xalqlaming milliy ozodlik harakatlari asosiy sabab bo'lib hisob- landi. Natijada, imperializmning mustamlakachilik tizimi tushkunlikka uchradi. Taraqqiy etib kelayotgan davlatlar milliy mustaqillikni qo'lga kiritdi. Shu bilan o'zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti uchun kurash olib borishdi. Taraqqiy etib kelayotgan mamlakatlarda milliy-demokratik kuchlaming o'sishi ta’sirida jismoniy tarbiya va sportda jiddiy o'zgarishlar yuz berdi va u davom etmoqda. Jismoniy tarbiya va sport milliy madaniyatning uyg'onishi hamda rivojlanishning ajralmas qismi bo'lib qoldi.
Bu, o‘z navbatida, yosh davlatlar xalqlarini taraqqiyot yo'lidan borishga undamoqda. Bunday mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi munosabatlar, asosan, mustamlakachilik tizimidagi asoratlardan qutulish, milliy kamsitishlarga to‘la barham berish, milliy jismoniy tarbiya tizimini yaratishga qaratilmoqda. Jismoniy madaniyat sohasida erishilgan yutuq- lar milliy g‘urur va mamlakat iftixori sifatida baholanmoqda. Ularni xalqaro miqyosda mustahkamlash yo‘lida harakat qilinmoqda.
6. XX asr oxirida jahon mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
So'nggi 10 yilliklar davrida jahondagi yirik mamlakatlarda davlatning milliy sport harakati bilan uzviy ravishda hamkorlik qilish faoliyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Buning negizida, asosan aholining salomatligini yaxshilash jamo- atchilik tartibi hamda milliy xususiyatlami himoya qilish maqsadlari mujassamlashmoqda. Shu asosda ko'pgina mam- lakatlaming hukumat doiralari sport harakati faoliyatlarini qoilab-quwatlash bilan birgalikda sportning eng yuqori nati- jalariga erishish tizimini ham ma’qullamoqda. Ko‘p davlatlarda sport vazirligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina Yevropa mamlakatlarida bunday vazirliklar 14 taga yetib bordi. Ba’zi davlatlarda bu vazifalar vazirlikka o‘xshash sport bo'yicha Oliy Kengash zimmasida, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Gretsiya, Portugaliya, Finlyandiya, Estoniya kabi mamlakatlarda esa ta’lim, madaniyat vazirligi na- zoratidadir. Ularda mavjud maxsus bolimlar hukumat vazi- fasini bajaradi. Davlat idoralari va jamoatchilikka tegishli jismoniy ma- daniyat-sport tashkilotlarining mustahkam aloqadorligi ommaviy jismoniy madaniyat va sport sohasida umummffliy si- yosatni shakllantirishga qaratilgan. 90-yillarda ko‘pgina mamlakatlarda sportning oliy tizimini, ya’ni davlat va jamoat organlarini birlashtirish mu- nosabatlari kuzatildi. Daniya va Niderlandiyada Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) sport konfederatsiyasi bilan bir- lashtirildi. 1995-yil boshida Norvegiyada ham shu holat yuz berdi. Shunga o'xshash faoliyatlar taraqqiyot yo'lidagi barcha mamlakatlar, Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda ba’zi sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil respublikalarda ham uchraydi. Sport sohasi bo'yicha vazirlikka ega bo'lmagan davlatlar, ya’ni GFR va Shveysariyada jismoniy tarbiya va sport ishlari Ichki ishlar vazirligi, Shvetsiyada — Moliya vazirligi, Yaponi- yada — Ta’lim va madaniyat vazirligi tomonidan boshqari- ladi. Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlarda esa bunday tuzilish bir-biriga birlashtirilgan. Sport vazirliklari huzurida maxsus qo'mitalar tashkil etilgan bo'lib, ular zimmasiga barcha tashkilotlar faoliyatini mu- vofiqlashtiigan holda olib borish yuklatiladi, ya’ni klublardan tortib to vazirliklargacha ular rahbarligi ostida bo'ladi. 90-yillarda yirik mamlakatlarda sportni moliyalashtirish bilan birgalikda sport inshootlarini qurish, ularni o'z ixtiyo- rida saqlash, sog'lomlashtirish markazlari, sport klublar, yuqori darajadagi sportchilami tayyorlash, ulami muhofaza qilish, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot, axborot, sportni mavjud qonunlar asosida ta’minlash kabi muhim masalalami o'z ixtiyoriga olgan.
Yüklə 23,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin