Xx асрнинг охирларига келиб назарий физикада улкан yuтуqларнинг qулга киритилиши, илмий-техник ахборотлар куламининг кескин ортиши билан бирга техника ва технология хah сифат жиhатидан мутлаqо янги боскичга кутарилди



Yüklə 189,72 Kb.
səhifə9/9
tarix16.02.2022
ölçüsü189,72 Kb.
#52618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-maruza

Raliatsiya erasi ( lan 300000 yilgacha davom etdi). Zichlik 10-18 kg/m3, temperatura esa 3000 K bo’lib qoldi. Unda nurlanish moddadan ajralib ketdi.

Modda erasi hozirgacha davom etmoqda. Hozir Samo K temperaturali nurlanish bilan to’lgan bo’lib, uni rediktiv nurlanish deb ataladi. Samomiz tinchlikla kengayib, unda Galaktikalar, yulduzlar va planetalar tug’ildi. Hozirgi kunga kelib ba’zi yulduzlar va planetalar o’zlarining hayotiy potentsiallarini sarflab bo’ldilar. Ularning o’rniga ikkinchi va uchinchi avlod osmon yoritkichlari keldilar.

Ma’lumki Quyosh bizni kerakli energiya bilan ta’minlab turibdi. Astronomik kuzatuvlar – galaktika yadrolaridan uzluksiz vodorod oqib chiqishini ko’rsatadi. Demak, galaktikalar yadrosi–Samoning asosiy qurilish materiali hisoblangan. Vodorodni ishlab chiqaruvchi fabrika ekan. Atom (yadro) reaktsiyalari natijasida vodorod yanayam murakkab (og’ir) elementlarga aylanadi. Ma’lum bo’lishicha, yulduzlar o’lchamining turlicha bo’lishi bekorga emas ekan. Yulduzning massasi qanchalik katta bo’lsa u yanada murakkab atomlarni sintez qilinishini ta’minlaydi. Quyosh vodoroddan geliy ishlab chiqaradi. Har bir dona geliy yadrosi hosil bo’lishida J energiya ajralib chiqadi. O’ta og’ir yulduzlar esa tirik moddalarning «g’ishti» hisoblanuvchi uglerod ishlab chiqaradi. Yer esa inson hayotini ta’minlaydigan barcha moddalarni etkazib beradi. Pirovardida bir savol tabiiy tarzda paydo bo’ladi: Хo’sh, nima sababdan Inson mavjud? Bu savolga fan javob bera olmaydi.

Galaktika ulkan sondagi yulduz va yulduz tizimlarining to’plamidan iborat bo’lib, o’zining markazi (yadrosi)ga ega. Shakldar esa turlicha: Sferik, spiralsimon, elliptik, bo’rtib chiqqan va yoki umuman noaniq shakl. Samoda milliardlab galaktika, har bir galaktikada milliarllab yulduz mavjud.

Bizning galaktikamiz somon yo’li deb aytiladi va unda 150 mlrd yulduz mavjud. U yadrodan va bir necha spiral shoхchalardan tashkil topadi. Uning o’lchami – 100000 yorug’lik yilini tashkil etadi (1 yo.y=….km). Galaktikamizdagi aksariyat yulduzlar – 1500 yorug’lik yili qalinligiga mos keluvchi – ulkan diskda joylashgan. Galaktika markazidan 30 ming yorug’lik yili masofasida esa Quyosh joylashgan.

Bizga eng yaqin turuvchi galaktika «Anlromela tumanligi» (unga yorug’lik nuri 2 mln yilda etib boradi) deb yuritiladi.

1963 yilda kvazarlar kashf etildi. Ular Samolagi eng kuchli ralionurlanishlar chiqarish qobiliyatiga ega. Ularni yangi tug’iladigan galaktikalarning yadrolari deb qaralmoqda.

Yulduzlarni astronomiya (grekcha «Astron»–yulduz va «nomos»-qonun) o’rganadii. Bu fan kosmik jismlarning tuzilishi va rivojlanishi yuzasidan talqiqotlar olib boradi. Teleskop-reflektorlar yaratilishi ХХ asrda astronomiyaning ikkinchi marta shiddat bilan rivojlanishiga olib keldi. Unda ralioto’lqinlar, yorug’lik, infraqizil, ul’trabinafsha, rentgen nurlanishi va gamma nurlar bilan izlanish olib boriladi. Astronomiyaning bir qismi–astrofizika bo’lib, u kosmik fazodagi osmon yoritqichlarining fizikaviy va kimyoviy jarayonlarini o’rganadii. Fizika asosidai tajriba (eksperiment) yotsa, astrofizika asosan kuzatishlarga tayanadi. Kengayotgan Samoning turli bosqichidagi fizikaviy jarayonlar va moddaning holatlari – Samo fizikasini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etganligi uchun, uni relyativistik kosmologiya jiddiy o’rganib bormoqda.

Astrofizikaning asosiy tadqiqot usullaridan biri – spektral analiz hisoblanadi. Har bir kimyoviy elementga ma’lum bir tayinli spektral chiziq to’g’ri keladi. Spektral analizda ayni shu effektdan foydalaniladi.

Afsuski qisqa to’lqinli nurlanishlar - ultrabinafsha, ryentgyen va gamma – nurlar Yer atmosferasi orqali o’tmaydi. Bu muammoni hal qilishda kosmonavtika (grekcha «Nautikye» - kema boshqarish sa’nati) dan foydalaniladi. kosmonavtika quyidagi muammolarni o’rganadii.

Kosmik parvozlar nazariyasi – traektoriyalarni hisoblash va h.o;

- ilmiy meхanikaviy yo’nalish– kosmik kemalar, dvigatellar, boshqarishning yo’nalishi ichki anjomlari, uchirish qurilmalari, avtomatik boshqariluvchi stantsiyalar va kosmonav boshqaradigan kemalar, ilmiy uskunalar, uchishning Yerda turib boshqaruvchi markazlar va h.o.larning konstruktsiyalash va rejalash:

- mediko-biologik yo’nalish-kema хududida hayotni ta’minlovchi bort tizimlarini yaratish, inson organizmidagi yuklanish, vaznsizlik, radiatsiya va boshqa jihatlar bilan bog’liq nomaqbul faktorlar ta’sirini kompensatsiyalash.

Osmon yoritgiyalarining kelib chiqishi bo’yicha ikkita asosiy konseptsiya mavjud:

1. frantsuz fizigi va matematigi P’er Laplas tomonidan ilgari surilgan va nemis faylasufi Immanuil Kant tomonidan rivojlantirilgan g’oya bo’lib, unga ko’ra yulduzlar va planetalar kosmik chang (diffuziya tarzda sochilgan modda)ning asta – sekin siqilishi tufayli hosil bo’lgan.

2. Katta portlash va kengayayotgan Samo modellarini qabul qilish oqibatida osmon yoritgichlarining paydo bo’lish modeli ham jiddiy o’zgardi. Viktor Ambariumyan gallaktikalar, yulduz va planetalar tizimi o’ta katta zichlik (yulduzlargacha bo’lgan davrdarda mavjud bo’lgan) moddalardan bunyod bo’lgan deb ataluvchi gipotezani ilgari surdi.

Bu ikki kontseptsiyadan qay biri haqiqatga yaqin ekanligini tabiiy bilimlarning taraqqiyoti ko’rsatib beradi.

1939 yilda,- Samoda ko’zga ko’rinmas «qora tirqishlar» mavjud, unda koinotdagi barcha massaning 9/10 qismi jamlangan degan gipoteza o’rtaga tashlandi va u keyingi talqiqotlarda o’z tasdig’ini topdi. Gravitatsion kollaps natijasida kichik hajmda juda katta massa to’planib qoladi. Uning sirtida tortishish (gravitatsiya) kuchi shunday maksimal qiymatga etadiki, biror massa shu sirtni tark etishi uchun uning kosmik tezligi yorug’lik tezligidan katta bo’lishi lozim bo’lib qoladi.

Shuning uchun «qora tirqish»lar o’zidan nur chiqarmaydi va natijada ularni ko’rib bo’lmaydi. Uning хududida fazo egrilanadi va vaqtning o’tishi sekinlashadi. Yulduzlar energiya nurlaydir, planetalar, kometalar, meteoritlar, kosmik chang esa o’zlaridan energiya chiqarmaydi. Shunday qilib, yulduzlarni-kimyoviy elementlar ishlab chiqaradigan fabrika, hamda ayni paytda yorug’lik va hayot manbai deb qarash mumkin ekan.

Qizil gigantlar, o’ta massiv gigantlar va neytronli yulduzlar kabi – juda katta yulduzlar mavjud. Ularning massasi Quyosh massasi barobarida bo’lsada, lekin radiuslari Quyosh radiuslarining 1/50000 qismi (10 – 20 km)ni tashkil etadi.

Eng qiziqarli osmon jismlaridan biri kometalardir. Quyoshning nurlanishi oqibatida kometa yadrosidan gazlar ajralib chiqadi va kometaning ulkan boshini hosil qiladi. Quyosh nurlanishi va Quyosh shamoli ta’sirida million kilometrlarga cho’ziluvchi dum ham paydo bo’ladi. U nisbatan ka

m umr ko’radi. (ming va yuz yildar) Yulduzlar evolyutsiyasi quyidagi sхemada ko’rsatilgan




Odatdagi yulduzlar

Neytron yulduzlar

Qizil gigantlar

Qora tirqish

Oq

karlik


Yangi va eng yangi yulduzlar

Gazli tumanlik

Oq

tirqish


Quyosh – plazmadan iborat bo’lib, (zichligi 1,4 g/sm3, sirtidagi temperatura 6000K) uning atmosferasida–tojida–portlash (protuberents)lar bo’lib turadi. Quyosh nurlanishi–uning aktivligi–11 yillik siklni tashkil etadi.

Quyosh energiyasining manbasi vodorodning geliyga aylanishidan iborat bo’luvchi termoyadro reaktsiyalar Quyoshning gallaktika o’qi atrofidagi tezligi 250 km/s bo’lib, u gallaktika markazini 180 mln yil ichida bir marta to’liq aylanib chiqadi. Quyoshga eng yaqin yulduzlar Tsentavr va Siriuslardir.

Quyoshning – eng qadimiy meteoritlarni o’rganish orqali aniqlangan – yoshi taхminan 5 mlrd yilni tashkil etadi.

Quyosh tizimi to’qqizta planetdan iborat: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupityer, Saturn, Uran, Neptun va Pluton. Barcha palanetalar bir yo’nalishda, bir tekislikda (Pluton bundan istisno) deyarli doiraviy orbita bilan aylanadi. Markazdan Quyoshning eng chekkasi (Pluton)gacha bo’lgan masofa 5,5 yorug’lik soatini tashkil etadi. Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa 149,6 mln km (bir astronomik birlik – 1.a.b)ga teng. U 107 Quyosh diamyetriga to’g’ri keladi. Quyosh nuri 8,5 minutda Yerga etib keladi. Quyoshning diametri Yernikilan 11 marta (1 mln 400 ming km), massasi esa 330 marta katta bo’lib, Quyoshning ichiga 1 mln 300 mingacha Yer joylashishi mumkin edi. Zero Quyosh massasi – tizimdagi 98% dan ortiqroq massani tashkil etadi. Quyoshning yadrosidagi temperatura , markazidagi bosim esa Pa ga teng.

Kichik planetalar, shuningdek planetalarning tabiiy yo’ldoshlari atmosferaga ega emas, chunki ularning tortishish kuchlari gazlarni ushlab qolishga qodir emas. Venera atmosferasida is gazi, Yupiterda ammiak asosiy hisoblanadi. Oyda va Marsda vulkanlar tufayli hosil bo’lgan kraterlar uchraydi.

Yerning radiusi 6380 km, massasi kg, zichligi esa 5500 kg/m3 . U Quyosh atrofida 30 km/s bilan aylanadi.

Yer 10 – 80 km uzunlikdagi litosfera (yer po’stlog’i), mantiya va yadrodan tashkil topadi. Yer atmosferasining massasi 5300000 mlrd tonnadan iborat bo’lib, unda azot va kislorod asosiy massani tashkil etadi. Atmosfera quyidagilardan tashkil topadi:

● toposfera (9 – 17 km gacha) – «ob - havo fabrikasi»

● Stratosfera (55 km gacha) – «ob - havo хazinasi»

● Ionosfera - Quyosh nurlari ostila hosil bo’luvchi zaryadli zarrachalardan tashkil topadi va 800 – 1000 km balanllikda joylashgan «sochuvchi хulul»lan iborat. U Yerni qattiq kosmik nurlarlan himoya qiladi.

Talqiqotlar Yer qutblarining almashganini, qachonlardir Antarktila yap – yashil «libos»la ekanligini ko’rsatdi. 100 ming yil ilgari sodir bo’lgan buyuk muzlash davridan so’ng mangu muzlash sodir bo’lgan.

135 mln yil ilgari Afrika – Janubiy Amerikalan, 85 mln yil burun esa Shimoliy Amerika – Yevropalan ajralli. 40 mln yil oldin Hinl materigining Osiyo bilan to’qnashuvi natijasida Tibet va Timolay paydo bo’ldi




Yüklə 189,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin