XXIX VARIANT To‘g‘ri burchakli parallеlеpipеd hajmini o‘lchashni tushuntirib bеring
To‘g‘ri burchakli parallelepiped hajmini hisoblash qoidasini topaylik. Aytaylik, to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi qutining bo‘yi 3 sm, eni 2 sm, balandligi esa 5 sm bo‘lsin. Uni qirrasi 1 sm ga teng bo‘lgan kubchalar bilan to‘ldiramiz, ya'ni uning hajmini sm 3 da o‘lchaymiz. Qutining uzunligi 3 sm ga teng bo‘lgan pastdagi qirrasi bo‘ylab 3 ta kubchani qator qilib joylashtiramiz. Pastki asosini to‘la qoplash uchun bunday qatorlardan ikkitasini yonma-yon joylashtiramiz. Unda qutining pastki asosiga jami 3 • 2 = 6 ta kubcha bitta qatlam bo‘lib joylashadi. Qutini kubchalar bilan to‘la to‘ldirish uchun esa bunday qatlamlardan 5 tasini ustma-ust qo‘yish lozim bo‘ladi , chunki uning balandligi 5 sm ga teng. Shunday qilib, qutiga jami (3 • 2) • 5 = 30 ta kubchani joylash mumkin ekan. Demak, qutining hajmi 30 sm 3 ga teng bo‘ladi. E'tibor bersangiz, to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi bu qutining hajmi uning uchta o‘lchovi: eni, bo‘yi va balandligining ko‘paytmasiga teng bo‘ldi: V=a • b • c
Matnli masala tushunchasi. Matnli masalalar turlari
Matnli masalalar mavzusida asosan matematika va kimyo fanlarini o’zaro bog’liqliklarini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni shunday masalalar borki ushbu masalalar yordamida ba’zi kimyo faniga oid masalalarni yechish shu bilan birga aralashmaga va konsentratsiyani aniqlashga oid masalalarni yechish mumkin. Aslida esa matnli masalalarning bir nechta turi mavjud bo’lib, mantiqiy o’ylash orqali yechiladigan, bir nechta arifmetik amallar yordamida yechiladigan va tenglamalar yordamida yechiladigan masalalar shular jumlasidandir. Odarda matematikada ham kimyoda ham tenglamalar yordamida yechiladigan masalalar ko’riladi. Endilikda biz quyida tenglamalar yordamida yechiladigan bir nechta matnli masalalarni ko’rib o’tamiz.
Tarkibida 85% suv bo’lgan 0,5t sellyuloza qorishmasidan 75%suv bo’lgan qorishma olish uchun necha kilogram suvni bug’lantirib yuborish kerak?
bo’lishdi. Agar brigadalarning ishlash tezliklarining nisbati 3:2 kabi bo’lsa, har bir brigadaning yolg’iz o’zi shu yer uchastkasiga necha soatda ishlov berib bo’ladi?
Nostandart masalalar – boshlang`ich sinf o`quvchilarida aniq fanlarga nisbatan qiziqishni orttirish bilan bir paytda ularga mantiqiy fikrlashning ustun jihatlarini namoyish qilish maqsadida tuziladi. Unda arifmetik amallarga oid qiziqarli masalalar,turli qiyinlikdagi mantiqiy savollar hamda zukkolikni oshiradigan har xil yo`nalishdagi rasmli boshqotirmalarni 1-2-sinflarda o`quvchilarga topshiriq sifatida bersak ilmiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilgan bo`ladi.
Nostandart masalalarga bir nechta misollar keltiramiz:
1. Agar birinchi qatorda 8ta toshchalar biri ikkinchisidan 2sm
masofada joylashtirilgan bo`lib, ikkinchi qatorda 15 ta toshchalar biri
ikkinchisidan 1sm masofada joylashtirilgan bo`lsa, qaysi qator uzun
bo`ladi ? Javobni asoslang.
2. Arqon 6 joyidan qirqilgan bo`lsa, nechta bo`lak hosil qilingan
bo`ladi?
3. Kiyim tikuvchida 24m li gazlama bo`lib, u har kuni 3m
gazlamani qirqib olib ishlatadi. Necha kundan so`ng u ohirgi bo`lakni
kesib oladi?
4. 24ta ustunni bir qatorga har 2m ga bittadan qilib ko`mib
chiqilib, devor o`rnatilgan bo`lsa, bu devorning uzunligini toping.
4. Sоnli va o‘zgaruvchili ifodalar
Sonli ifodalar va o’zgaruvchili ifodalar 3+7, 24:8, 3·2-4, (25+3)·2-17 yozuvlar sonli ifodalar deyiladi. Ular sonlardan, amal belgilaridan va qavslardan tuzilgan. Shuningdek, har bir son ham sonli ifoda hisoblanadi. Ifodada ko’rsatilgan har bir amalni ketma-ket bajarish natijasida hosil bo’lgan son sonli ifodaning qiymati deyiladi. Masalan, 3·2-4 sonli ifodaning qiymati 2 ga teng.Sonli qiymatga ega bo’lmagan ifodalar ham mavjud.Bunday ifodalar haqida gapirilganda,ular ma’noga ega emas deyiladi.
2a+3 yozuvni qaraymiz. Bu yozuv matematika tilning alfavitidagi belgilardan: 2 va 3 raqamlardan, qo’shish belgisi “+” dan va a harfidan tuzilgan. Agar a harfi o’rniga sonlar qo’yilsa,turli sonli ifodalar hosil bo’ladi:
a=3 da 2·3+3;
a=7 da 2·7+3;
a=-4 da 2·(-4)+3.
2a + 3 yozuvda a harfi o’zgaruvchi,2a+3 yozuvning o’zi o’zgaruvchi ifoda deyiladi.
O’zgaruvchini lotin alfavitining istagan harfi bilan belgilash mumkin. Boshlang’ich maktabda o’zgaruvchini belgilash uchun harflardan tashqari belgi ham qo’llaniladi.
Bir o‘zgaruvchili tengsizliklarni intervallar usuli bilan yechishni misol yordamida tushuntiring .