Xzzzzzzz ‘’Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati. Mavzu rejasi



Yüklə 19,63 Kb.
səhifə2/2
tarix24.05.2022
ölçüsü19,63 Kb.
#59396
1   2
mustaqil ish

Adabiyotlar: 
1. Абдуллаев М. Маданиятшунослик асослари. - Т.: “Фарғона”, 1998 й. 
2. Ахмедова Э, Губайдуллин Р. Культурология. Мировая культура. - Т.: 
2001 г. Академия художеств Узбекистана. 
3. Абдуллаев М., Умаров Э., Очилдиев А. Маданиятшунослик асослари. - 
Т.: Турон-иқбол, 2006 й. 
4. Очилдиев А. Маданият фалсафаси. - Т.: Муҳаррир, 2010 й. 
5. Э. Тайлор «Первобытная культура». М. 1992 г. 
6. Послания из Древнего мира. Аргументы и факты. №13. 2006 г. Журнал 
«Эхо истории» № 1-4 2010 г. 
7. Холмирзаев Х.Д. Маданиятшунослик асослари. ЎзМУ, - Т.: 2012 й. 

Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g’orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so’nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g’ori). O’rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko’tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O’rta Osiyoning tog’lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xil. Bir xillari bo’yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o’yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir.


O’zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko’ksaroy, Тakatosh, Тeraklisoy kabilar bo’lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy fuqalar, sherlar va yo’lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug’u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o’q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg’a, qopqon kabi narsalar ham ko’pchilikni tashkil etadi.
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo’lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning G’oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning juda ko’plab namunalari topilgan. Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi bo’yoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. Shu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi.
Odamlar yashagan manzillardagi qoya suratlar, bronzadan yasalgan turli xildagi taqinchoq mehnat va urush qurollari ibtidoiy jamoa davri kishisining hayotini bilishga yordam beradi. Bu suratlar birmuncha sodda bulishiga qaramay ibtidoiy jamoa davri kishilari hayoti ularning yovvoyi hayvonlarni ov qilayotgan vaqti ishonarli talqin etilgan. Chopib borayotgan yovvoyi qo’tos, shoxli buqalar va niqob ostiga yashirinib hujum qilayotgan odamlar tasviri orqali ibtidoiy jamoa davri rassomi shu ov manzarasidagi kuchli harakat va hayojonni ustalik bilan ko’rsata olgan.
Fop devorlariga ishlangan suratlar O’zbekistonda, jumladan Boysun va Termez tumanlari, Samarkand, Toshkent, Jizzax, Xorazm, Fargona tumanlaridan arxeologlar tomonidan ko’plab topilgan. Bu suratlarning nigatikasi juda chegaralangan. Asosan hayvonlar tasviri yoki ov manzaralari in’ikos etgan. Shu bilan birga uy hayvonlari g’am tasvirlangan. Bu tasvirlar ibtidoiy jamoa tuzumidagi o’troq holda hayot kechirayotgan odamlarning tevarak-atrofni o’ziga buysundirish, ular tafakkurining taraqqiy etib borayotganini tuhunishda muhim rol’ o’ynaydi.
Eramizdan avvalgi asrlarningoxirlari va yangi eraning boshlarida O’zbekistonda kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi hum va ko’zachalar qo’lda bajarilgan. Ularning tashqi bezagiga e’tibor berilganligi seziladi. Keyinchalik hum yuzasi chiziqli naqshlar bilan bezatila boshlangan. Bu davrlarda oltindan, kumushdan bezak va amaliy buyumlar ishlash san’ati ham keng tarqala boshlagan. Tasviriy san’atda ham mavzu kengaya borgan. Bu o’rinda yuz manzaralarini aks ettiruvchi bo’rtma tasvirlar, jangchilar obrazi diqqatga sazovordir. Quldorlik davrida ham O’rta Osiyoda san’atga qiziqish kuchli bo’lgan. Boylarning uyi, ibodatxona devorlari suratlar, naqshlar bilan bezatilgan.
O’rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV asrlarda paydo bo’lgan deb kelinar edi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar bermoqda. Хususan, 2000 yilda Janubiy Тurkmanistondagi Gonurtepa qo’hna shahrida ochilgan qabrlarning biridan mil.avv. III ming yillikka oid o’yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Тurkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis Т. Sharlachlarning fikricha, bu hildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (mil.avv. 2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bo’lib, undagi mixxat yozuvlar «Lukaks xo’jalik va qullar hukmdori», deb o’qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza davridayoq yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o’zaro aloqalardan dalolat beradi.
Shuningdek, so’nggi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning janubidan ham piktografik beigi-yozuvlar topilgan. Тadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo’ton yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o’z fikrini turli belgilarda ifodalaganini ko’rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi G’oz qishlog’i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o’g’ir (keli) topilgan bo’lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo’lgan piktorafik belgi-yozuv mavjud. Sh. Shaydullayev bu beigini Misr iyeroglifikasi bilan solishtirib ulardan biri «haqiqat», yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, «charxpalak» deb o’qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Хullas, bronza davri va uning oxirlariga kelib o’lkamiz hududlarida yozuv paydo bo’lganligi ilmiy asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir.
Yüklə 19,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin