Ya. A. Komenskiyning "Buyuk didaktika" asari tahlili



Yüklə 246,41 Kb.
səhifə3/3
tarix18.10.2023
ölçüsü246,41 Kb.
#156844
1   2   3
Kamenski taxlil

Axloqiy tarbiya. Intizom. Komenskiy yoshligidan boshlab bolada axloq va odob hosil qilish kerakligini aytdi. Mardlik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, vaqt va vaziyat talab qilganida foyda etkazishga tayyor bo’lib turish, burchni ado qilish kabi xislatlarni o’z ichiga olgan fazilatdir. Shu asosiy fazilatlardan tashqari kamtarlik, mo’min-qobillik, kishilarga xayrixohlik, pokizalik, puxtalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmatlash, mehnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni ham muhim vazifa deb hisoblaydi.
U quyidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi: a)ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarining namunasi; b) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbatlar o’tkazish; v) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish.
O’qituvchining roli va unga qo’yiladigan talablar. Komenskiy o’z davridagi iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O’qituvchilikni «er yuzidagi har qanday kasbdan ko’rayuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi. Bu o’qituvchiga nisbatan yangi ilg’or qarash edi, chunki o’sha davrda o’qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy aholining o’qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etishi bilan o’qituvchining o’zi jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o’z qadr-qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi.
O’quvchi sof vijdonli ishchan, sabotli, axloqli bo’lishi, o’z ishini sevishn, o’quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi lozim. «O’zi» namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga qapatishi o’qituvchining birinchi vazifasidir, degan edi. Dindorlikni o’qituvchining yaxshi xislati deb biladi.
Yakuniy xulosa: qilib shuni aytishimiz mumkunki Kamenskiyning qarashlari o’zgacha bo’lgan va ta’limda tub burulish yasagan desak boladi. Albatta bolalarning bilim olishiga bolgan e’tiborni yuqori darajaga olib chiqqan uning naznida barcha bolalar bilim olishi va ular bilim olishda barcha bosqichlarni yengib o’tishi bubosqichlarda esa o’qtuvchining o’rni kata ekanligini takidlagan.
Yüklə 246,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin