Yakuniy nazorat Kazus



Yüklə 18,99 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü18,99 Kb.
#194091
1   2
Yakuniy nazorat

Mantiqiy savollar. 1. Moliyalashtirishning ikki turi mavjud: ichki va tashqi moliyalash. Moliyalashtirishning ichki turi bilan foydalaniladigan manbalar bilan: mol-mulkni sotish, qayta ushlab qo'yilgan daromad, etkazib beruvchilardan olingan mablag'larni kamaytirish, debitorlik va kreditlar. Moliyalashtirishning tashqi turi quyidagi manbalar bilan o'z ichiga oladi: kredit olish, oddiy yoki afzal ko'rgan aksiyalar chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012 yildagi O‘RQ-328-son “Tadbirlorlik faoliyatining erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunda tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlari haqida gap ketib, unda mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar, ishlar, xizmatlar yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining, ishlarining, xizmatlarining iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini hamda o‘zga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va o‘zga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirishga haqi hisoblanadi. Shuning uchun o’z tadbirkorlik subyektini ichki va tashqi asosda moliyalashi mumkin. Ichki va tashqi moliyalash manbalari haqida yuqorida aytib o’tdim. Endi ularning foydali va kamchiliklarini aytadigan bo’lsam, ichki manba asosida tadbirkorlini rivojlantrish bu yaxshi. Bu holatda agar savdo ancha rivojlangan bo’lsa, lekin uncha katta bo’lmagan biznes amalga oshirilayotgan bo’lsa, ichki manbalar orqali moliyalash qo’l keladi. Lekin biznes katta bo’lsa, yoki subyekt o’z biznesini rivojlantirmoqchi bo’lsa, bunda tashqi manbalar orqali rivojlantirishi ham mumkin. Chunki tadbirkorlik subyektiga katta biznes qilish uchun o’z mablag’i har doim ham yetmasligi va har doim ham ichki manba orqali foydaga chiqish imkoni bo’lmasligi mumkin. Tashqi moliyalashning ham bir qator kamchiliklari bo’lib, uni belgilangan muddatda va ustiga foiz to’lagan holda qaytarishi lozim. Shuning uchun tadbirkorlik subyekti iloji boricha o’z biznesini ichki manbalar orqali rivojlantirishi maqsadga muvofiq. Lekin ichki manbalar orqali moliyalashtirishda, subyekt sof foyda va biznesni rivojlantirish uchun doim daromadda bo’lishi kerak. Jumladan, tadbirkorlik subyekti zaxira fondiga mablag’ ajratishi, dividend ham berishi mumkin, shuningdek, mehnat muhofazasi fondiga, ijro organi va kuzatuv kengashiga (agar bor bo’lsa) pul to’lashi kerak. Shundan so’ng esa biznesni rivojlantirishga qolgan mablag’ni yo’naltirishi mumkin. Bu holatda ko’pchilik tadbirkorlik subyektlari tashqi manbalar orqali o’z biznesini rivojlantirishadi.
Yüklə 18,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin