YAKUNIY SAVOLLARI (HOZIRGI O‘ZBEK TILI) 1.Millat sifatida mavjud nom – o’zbek etnonimini xalqimiz rasmiy ravishda qaysi davrda olgan?
XX ASR BOSHI
2.X-XI asrlarda xalq,el,ulus ma’nosida juda keng qo’llanilgan so’zni belgilang.
BUDUN
3.Adabiy tilga kim “Adabiy til – umumxalq tilidan yasalgan guldasta”,-deb baho bergan?
MUSTAQIM MIRZAYEV
4.O’zbek tilining ilk taraqqiyot davri nechanchi davrlarga borib taqaladi?
V-X ASR
5.O’zbek milliy tilini tashkil etuvchi turli-tuman shevalarni nechta lahjaga birlashtirish mumkin?
3TA: QARLUQ-CHIGIL-UYG‘UR; QIPCHOQ; OG‘UZ
6.Qaysi olim o’zbek tilining ko’p dialektli til ekanligini nazarda tutib:”O’zbek milliy tili (o’zbek lahjalarining bir butunligi,yaxlitligi sifatida) yagona tizimning,aslida hech qachon amalda bo’lmagan o’zbek bobo tilining dialektologik parchalanish yo’li bilan emas,balki farqlanuvchi til tizimlarining birlashuvi yo’li bilan paydo bo’lgan” degan fikrni aytib o’tgan?
A.K BOROKOV
7.Qaysi olim o’zbek tilining birorta shevasini ham adabiy tilga har jihatdan asos bo’lgan deb aytib bo’lmaydi deya fikr bildirgan?
E.POLIVANOV
8.Ayrim paytda talaffuzda ikki o’xshash tovush bir joyda yoki bir so’zda kelgan vaqtda biri noo’xshash tovushga aylanib ham qoladi.Bunday hodisa qanday nomlanadi?
DISSIMILYATSIYA
9.O’zbek tilshunosligi fani qaysi asar bilan boshlanadi?
“DEVONI LUG‘ATIT TURK”
10.“Devonu lug’otit-turk” asarini kim nemischa tarjimada nashr qildi?
K.BROKKELMAN
11.“Devonu lug’otit-turk” asarining lug’at qismida qancha so’z izohlangan?
7500
12.Kimning asarlarida turkiy so’zlarga ham alohida e’tibor berilib,ularda XII –XIII asrlar Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi o’z aksini topgan?
ZAMAXSHARIY
13.Ilmiy tadqiqot yo’li bilan izlanish natijasida borliq haqida yangi bilim hosil qilish nima deyiladi?
ILMIY BILISH
14.O’zbek tilshunosligi o’zining amaliy bosqichini qaysi davrda bosib o’tdi? XX ASR 20-90-YILLAR
15.Lison va nutqning majmuyi nima deyiladi?
TIL
16. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o’rganish,avvalo,qaysi olimlar nomi bilan bog’liq?
KURTENE, SOSSYUR, GUMBOLT
17. Lisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil bo’lib,lisoniy imkoniyat-sinonimik qator,lisoniy birliklarning dublet,allovariant va variantlari,sohaviy birliklardan har birining voqealanish o’rni va xususiyatini nima belgilaydi?
ME’YOR
18. Lison-nutq munosabatini shatranj o’yini qoidalari asosida tushuntirib berishga harakat qilgan olim kim?
SOSSYUR
19.Eng kichik bir yoqlama (ya’ni faqat shakily tomondan iborat) lisoniy birlikka nima deyiladi?
FONEMA
20.Lisonning borliq hodisalarini nomlash,ifodalash,ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi birlik nima?
LEKSEMA
21. Leksemaning mazmun silsilasi bo’lgan sememani tashkil etuvchi a’zo nima deyiladi?
SEMA
22. Lisoniy birlikning navbatdagi turi – qurilma – qolip. Qolip deganda nimalar tushuniladi?
YASAMA SO‘Z, SO‘Z BIRIKMASI VA GAP
23. O’zbek tilida so’z birikmasi hosil qilishning nechta ustuvor qolipi ajratilgan?
18TA
24.Nutqiy birliklar berilgan qatorni toping?
TOVUSH, QO‘SHIMCHA, SO‘Z, SO‘Z BIRIKMASI VA GAP
25.Umumiy belgisi asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan,ammo har biri o’ziga xos belgisi bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar tizimi nima deyiladi?
PARADIGMA
26.Tilshunoslikda tur-jins munosabati nima deyiladi?
GIPERONIM
27.Tasnif so’zining ma’nosi nima?
SARALASH
28.Tasniflar qanday bo’lishi mumkin?
DIXOTOMIK, POLITOMIK VA DIXOPOLITOMIK
29. A’zolari orasidagi munosabatga ko’ra ziddiyatlar qanday turlarga bo’linadi?
3TA;NOTO‘LIQ, DARAJALI, TENG QIYMATLI
30. Tilshunoslikda lisoniy birlikning butun-bo’lak munosabati nima deyiladi?
PARTONOMIK
31. Lisoniy sath sirasida … eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy asos bo’luvchi birlikni beradigan sath sifatida ajralib turadi.Nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’ying.
FONETIK-FONOLOGIK SATH
32. Fonetikaning nechta turi bor?
3TA:UMUMIY, XUSUSIY VA QIYOSIY
33. “Fonologiya asoslari” asarining muallifini belgilang?
J.N.TRUBETSKOY
34. Tilning ko’tarilish darajasiga ko’ra yuqori tor unlilarni aniqlang.
I, U
35. Yon sonantni belgilang.
L
36. Unlining nutq jarayonida o’zgarishi nima deyiladi?
SINGARMONIZM
37. Nutq tovushi qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib,biri ikkinchisini o’ziga moslashtirishi qanday hodisa deyiladi?
ASSIMILYATSIYA
38.Og’zaki nutqda tovushlar doimo bir-biriga o’xshayvermasdan,ba’zan uning aksi bo’ladi.Ayrim paytda talaffuzda ikki o’xshash tovush bir joyda yoki bir so’zda kelgan vaqtda biri noo’xshash tovushga aylanib ham qoladi.Bunday hodisa qanday nomlanadi?
DISSIMILYATSIYA
39. Ahvol-avhol,aylanmoq-aynalmoq,yamlamoq-yalmamoq kabi so’zlar qanday jarayon hisoblanadi?
METATEZA
40. So’zning birinchi bo’g’inida biror unlining,odatda,tor unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishi qanday hodisa hisoblanadi?
REDUKSIYA
41. Ma’lum bir qurshovdagi leksema va morfema nutqiy varianti tarkibidagi fonetik o’zgarish sistemasi nima deyiladi?
MORFONOLOGIYA
42. Turkiy tillarda so’zlar o’zakning qanday ekanligi bilan xarakterlanadi?
BIR BOG‘INLI
43. Hozirgi o’zbek tilida CVC tipidagi o’zak boshida qaysi undoshlar kela olmaydi?
DJ (Ж) VA NG
44. So’zning semantik xususiyati – bir ma’nolilik va ko’p ma’nolilik,umumiy va xususiy,mavhum va muayyan,bosh va hosila,to’g’ri va ko’chma ma’nolari qaysi bo’limda o’rganiladi?
LEKSIKOLOGIYA
45. Xususiy leksikologiya nimani o’rganadi?
MA’LUM BIR TILNING LUG‘AT TARKIBI
46.Qaysi so’z yaqin o’tmishda salbiy ottenka bo’lgan bo’lsa,bugungi kunda ijobiy bo’yoqli so’z sifatida keng iste’molda?
“SAVDOGAR” SO‘ZI
47. Nazariy yondashuvda leksik sath birligi tilshunoslikda qanday atama bilan nomlanadi?
LEKSEMA
48. Qaysi olim ta’kidlaganidek,leksema leksika va grammatikaning asosiy birligi sifatida qaraladi?
V.V.VINOGRADOV
49. Leksemaning tashqi qobig’I nima deyiladi?
NOMEMA
50. Ongda aks etgan narsa,belgi,miqdor,harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko’rinishi nima deyiladi?
SEMEMA
51. Tilshunoslikda sememani tashkil etuvchi unsur sifatida nima ajratiladi?
SEMA
52. O’rik leksemasining sememasi qaysi tushunchalarda namoyon bo’ladi?
1)HO‘L MEVA TURI 2)SHU MEVANING QURITILGANI 3)SHU MEVANI BERUVCHI MEVA
53. Jamiyat a’zolari uchun tayyor,umumiy,majburiy bo’lgan,shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan voqelikdagi narsa,belgi,xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi,nutq va lug’atda grammatik morfemalarni o’ziga biriktira oladigan morfema turi nima deyiladi?
LEKSEMA
54. Sememaga ega birliknigina leksema sifatida baholagan olim kim?
SH.RAHMATULLAYEV
55. Semalar mohiyatiga ko’ra nechi xil bo’ladi?
3 XIL: VAZIFA SEMASI, IFODA SEMASI VA ATASH SEMASI
56. Leksemaning lison va nutqdagi roli bilan belgilanadigan sema qanday ataladi?
ATASH SEMASI
57. Semema tarkibida turli qo’shimcha ma’no (uslubiy bo’yoq,shaxsiy munosabat,qo’llanish doirasi va davri)ni atovchi sema nima deyiladi?
IFODA SEMASI
58. Sema darajasiga ko’ra qanday semalarga ajratiladi?
BIRLASHTIRUVCHI(INTEGRAL) VA FARQLOVCHI(DIFFERENSAL)
59. Kishilarning axborot uzatish,kommunikatsiya vositasi ekanligi nutq tovushining qanday jihatini ifodalaydi?
FUNKSIONAL, SOTSIAL VA LISONIY JIHAT
60. Nutq tovushi uchun uning qaysi jihati haqiqiy va eng muhim jihati sanaladi?
FUNKSIONAL ASPEKT
61. Fonetika nechaga bo‘linadi?
3TA:UMUMIY, XUSUSIY VA QIYOSIY
62.Fonetikaning qaysi turi intonatsiya uchun qo‘llaniladigan vosita (tovush balandligi, kuchi (intensivligi), cho‘ziqligi, tezligi (tempi), pauza, tembr kabi masalalarni ham tekshiradi.
UMUMIY FONETIKA
63.Xususiy fonetika qanday ko‘rinishlarda ish yuritadi?
TARIXIY VA MUOSIR, SINXRON VA DIAXRON, TASVIRIY VA EKSPERIMENTAL
64. Fonologiya fani qachon paydo bo‘lgan?
XIX ASR OXIRLARIDA
65. [b]-[p] zidlanishda qaysi belgi korrelyativ belgi hisoblanadi?
JARANGLI VA JARANGSIZLIK
66. O‘zbek tilidagi nechta fonema uchun «jarangli-jarangsizlik» korrelyativ belgi hisoblanadi?
8TA
67. Qaysi fonetik hodisa faqat turkiy tillar uchun xos?
SINGARMONIZM
68.Singarmonizmning necha xil ko‘rinishi mavjud?
2TA : TIL VA LAB GARMONIYASI
69. Qaysi fonetik hodisa nutq tovushi qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini o‘ziga moslashtiradi?
ASSIMILYATSIYA
70.Quyidagilardan qaysi biri progressiv assimlatsiyaga misol bo‘la oladi? 1.ket-di-ketti,2. ayt-di-aytti,3. ot-dan-ottan,4. yurak-ga-yurakka. 5.yigit-cha-yigichcha,6. bir-bitta,7. uch-so‘m-usso‘m.
1; 2; 3; 4
71. Keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, qaysi fonetik hodisa yuz beradi?
REGRESSIV ASSIMILYATSIYA
72. Talaffuzda ikki o‘xshash tovush bir joyda yoki bir so‘zda kelgan vaqtda biri noo‘xshash tovushga aylanib qolishi qanday hodisa sanaladi?
DISSIMILYATSIYA
73.Oldingi tovush o‘zgarib koridor-kalidor, ittifoq-intifoq kabi yuz bersa qanday fonetik hodisa sanaladi?
REGRESSIV DISSIMILYATSIYA
74. Og‘zaki nutqda yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o‘rni almashishi qanday hodisa?
METATEZA
75. So‘z boshida bitta unlining orttirilishi nima?
PROTEZA
76.ro‘mol-o‘ramol, ro‘za-o‘raza, rayhon-o‘rahon, rozi-o‘rozi, rais-o‘rais, rang-o‘rang so‘zlari qanday fonetik hodisaga misol bo‘la oladi?
PROTEZA
77. So‘z boshida sirg‘aluvchi va portlovchi ikki undosh qator kelganda i unlisi orttirilishi qanday fonetik hodisa sanaladi?
PROTEZA
78.So‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, ular orasida (i), ba’zan (u) va (a) unlisi orttirilishi qanday hodisa sanaladi?
EPENTEZA
79. fikr-fikir, hukm-hukum, doklad-dakalad, klass- kilass tarzida o‘zgarishi nima?
EPENTEZA
80. So‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng (a) tovushining qo‘shilish hodisasi nima deyiladi?
EPITEZA
81.disk-diska, bank-banka, tank-tanka, kios-kioska, otpusk-otpuska kabi a tovushi orttirilishi qanday hodisa?
EPITEZA
82.So‘z oʻzagida ba’zan unli yoki undosh tovush tushib qolishi qanday hodisa sanaladi?
PROKOPA
83.So‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unli tor unli kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatda tushib qolishi qanday hodisa sanaladi?
SINKOPA
84.So‘zning birinchi bo‘g‘inida biror unlining, odatda, tor unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishi qanday o‘zgarish sanaladi?
REDUKSIYA
85.Unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi qaysi hodisa?
ELLIZIYA
86.Leksikologiyaning o‘rganish predmeti qaysilar? a)lisonning asosiy lug‘aviy birligi sifatidagi leksema muammosi, leksik birlik tiplari; b)til lug‘at tarkibi strukturasi; v)lug‘aviy birliklarning qo‘llanilishi; g)lug‘at tarkibining boyishi va taraqqiyoti: d)leksik birliklarning tildan tashqaridagi borliq bilan o‘zaro munosabati.
HAMMASI
87.Shakl va mazmun birligidan iborat so‘z til birligi sifatida necha yo‘nalishda o‘rganiladi?
3TA: STRUKRUR, SEMANTIK VA FUNKSIONAL
88.Leksikologiyaning qanday turlari mavjud?
UMUMIY, XUSUSIY, TARIXIY, QIYOSIY, NAZARIY VA AMALIY KABI
89.Sememaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-predmetlik, miqdorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlovchi semasi nima?
ATASH SEMASI
90. Leksemaga morfema orqali ta’rif berilib, unga o‘zak morfema sifatida qaralishi ko‘proq quyidagi qaysi tilga muvofiq keladi?
YEVROPA TILSHUNOSLIGIGA
91. Leksema ongda qanday munosabatlar asosida yashaydi?
PARADIGMATIK VA SINTAGMATIK
92. Qoyil leksemasi qaysi qurshovda atributiv vazifada kelgan?
Qoyil leksemasi ikki xil qurshovda kelish imkoniyatiga ega. Birinchi qurshovda leksema atributiv vazifada keladi va narsa-predmet shaxs kabilami ifodalovchi otlar bilan birikib, sifat + ot qurshovi hosilasi sifatida namoyon bo'ladi. 1. Qoyil ish. Qoyil odam. 2. Belim qisib qovurg'amm shishirdim. Do'stim sening zo'rligingga qoyilman.
93. Leksema va so‘z yasash qolipining nutqda reallashgan aniq shakl va ma’noga ega bo‘lgan muayyan ko‘rinishi... Mazkur ta’rif tegishli bo‘lgan tushunchani toping.
SO‘Z
94. Qoyil leksemasi nechanchi semasi bilan tasanno, ofarin leksemalari bilan pardigmatik munosabatda bo‘ladi?
Mustaqil qo'llanishdagi nutqiy ma’noda qoyil leksemasining «narsa-predmet yoki shaxsga oid», «belgi», «tasanno aytishga loyiq», «ijobiy», «so'zlashuvga xos», «umumiy xususiyat», «shaxsiy baho», «me’yordan ortiq» semalari voqelanishini kuzatish mumkin. Semalar qatorida «belgi», «tasanno aytishga loyiq», «shaxsiy baho» semalari uyushtiruvchi mavqeda bo'lib, leksem aning asl mohiyati shularda parchalangan.
95. Qoyil leksemasi birinchi semasi bilan qaysi so‘zlar bilan paradigmatik munosabatda bo‘ladi?
AJOYIB, ZO‘R
96. Quyidagi so‘zlardan qaysi biri tublashgan leksema sanaladi?
Tublashgan leksema shunday leksemalashgan yasama so'zki, ularning
yasalishini, tarkibini etimologik ma’lum otsiz aniqlab bo'lmaydi. Masalan, sin
fe’lining o'zagi si,tingla fe’lining o'zagi ding, to’q so'zi o'zagining to'
ekanligini til tarixi bo'yicha chuqur ma’lum otga ega bo'lmasdan bilib
bo'lmaydi.
97.Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni ... deyiladi. Jumlada tushirilgan so‘zni toping.
SEMEMA
98. Ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi.
SEMEMA
99. Leksemaning tashqi qobig‘i nima deb ataladi?
NOMEMA
100. Tilshunoslikda sememaga munosabatda qanday yondashuv ko‘zda tutiladi?
Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi: a) ichdan yondashuv (ya’ni, sememadan leksemaga); b) sirtdan yondashuv (ya’ni, leksemadan sememaga)
101. Xato hukmni toping.
O‘SHANDA TOPARMIZ???
102. Bir xil yoki o'xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko'p holda semaning qaysi turi bir xil bo'ladi?
Bir xil yoki o'xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko‘p holda atash semasi bir xil bo'ladi. Masalan,yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib yoki yuz, chehra, oraz, turq. aft, bet ma’nodoshlik qatoridagi barcha leksemalaring atash semasi bir xil.
103. Leksemaning lisoniy qolipda qanday o'rinni egallashini bildiruvchi sema turini belgilang.
VAZIFA SEMASI
104. Qaysi tilshunos olim sememaga ega birliknigina leksema sifatida baholaydi?
SH.RAHMATULLAYEV
105.Leksikaning qurilish,amal qilish va taraqqiy etishining umumiy qonuniyati leksikologiyaning qaysi turida o'rganiladi?
UMUMIY LEKSIKOLOGIYA
106.Tilshunoslikning qaysi bo'limida nutq tovushi talaffuzini belgilashda tovushning to'g'ri aytilishi asosiy rol o'ynaydi?
ORFOEPIYA
107.Qo'shma so'z va analitik so'zshakllarni hosil qilishdagi morfonologik o'zgarishda nimaning roli juda katta hisoblanadi?
URG‘UNING
108.So'zning birinchi bo'g'inida biror unlining,odatda,tor unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishi qaysi hodisaga to'g'ri keladi?
REDUKSIYA
109.Leksemaning birikuv-biriktiruv imkoniyatini,lisoniy qolipda qanday o'rinni egallashini bildiruvchi semalar nima deyiladi?
VAZIFA SEMASI
110.Unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so'zning qo'shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi hodisasi nima deyiladi?
ELLIZIYA
111.Zarar-zaral,zarur-zaril yuqoridagi misollar qaysi hodisaga misol bo'la oladi?
PROGRESSIV DISSIMILYATSIYA
112.Nutqiy birliklar berilgan qatorni toping.
TOVUSH, QO‘SHIMCHA, SO‘Z VA GAP
113.Leksemaning nutqiy qo'llanilishidagi varianti nima deyiladi?
SO‘Z
114.Tasnifning qaysi turida tasniflanuvchi butunlik dastlabki bosqichda ikkiga,keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi?
DIXOPOLITOMIK
115."Fonologiya asoslari" asari muallifi to'g'ri berilgan qatorni toping.
N.S.TRUBETSKOY
116.O'zbek tilidagi nechta fonema uchun "jarangli-jarangsizlik" korrelyativ belgi hisoblanadi?
8TA
117.Nolug'aviy ma'no ifodalovchi eng kichik lisoniy birlikni toping.
MORFEMA
118.Leksikologiyaning qaysi turida so'zning tarixiy, shakliy va ma'noviy holatini,taraqqiyotini tekshirad
TARIXIY LEKSIKOLOGIYA
119.Nutqdagi tovush o'zgarishlari va almashinishini, urg'u va uning turini tilshunoslikning qaysi bo'limi o'rganadi?
FONETIKA
120.Fonemalar unli va undoshga ajraladi ushbu tasnif qaysi tasnif turiga ko'ra ajratiladi?
DIXOTOMIK
121.Ziddiyat a'zolari miqdioriga ko'ra ziddiyat nechi turga bo'linadi?
3TA:NOTO‘LIQ, DARAJALI VA TENG QIYMATLI
122.Tilshunoslikda sememani tashkil etuvchi unsur sifatida nima ajratiladi?
SEMA
123.Tilshunoslikda lisoniy birlikning butun-bo'lak munosabati nima deyiladi?
PARTONIMIK
124.To‘nli va to‘nlik so‘zlari o‘zbek imlosining qaysi tamoyili asosida yoziladi?
FARQLASH TAMOYILI.
125.Quyidagi qaysi so‘z shakliy yozuv asosida yozilgan?
TESTDA TOPAMIZ???
126. “O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” kitobining muallifini aniqlang.
A.ABDUAZIZOV // A.NURMONOV ( HAR 2 LA MUALLIFDA HAM BOR)
127. “O’zbek tilida polisemiya” kitobining muallifini aniqlang.
M.MIRTOJIYEV
128. Qaysi javobda til va nutq dialektining buzilishi aks etadi?
TESTDA TOPAMIZ??? (BILMADIM)
129. “O’zbek” so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri aks etgan?
«sodda», «oq ko'ngil», «to'g'ri» kabi...
130. “Chig’atoy tili darsligi” muallifini aniqlang.
HERMAN VAMBERI
131. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichi nechta davrga bo’linadi?
6TA
132. “Adabiy til – umumxalq tilidan yasalgan guldasta”, - degan fikr kim tomonidan aytilgan?
M.MIRZAYEV
133. O’zbek milliy adabiy tilining shakllanishida qaysi lahja muhim rol o’ynagan?
QARLUQ-CHIGIL-UYG‘UR
134. Adabiy tilga fonetik jihatdan eng yaqin turuvchi hududni aniqlang.
TOSHKENT
135. O’zbek tilishunosligi fani kimning asari orqali boshlanadi?
M.KOSHG‘ARIY
136. O’zbek tilshunosligining 4-davri qanday nom bilan ataladi?
SUBSTANSIAL TILSHUNOSLIK
137. “Nazariya quruq yog’ochdir”, - deya ta’rif bergan olim qaysi javobda aks etgan?
GYOTE
138. UMIS va AHVO tushunchalariga falsafada qanday qaraladi?
ZOT VA TAJALLI
139. Lison va nutqning majmuyi nima deyiladi?
TIL
140. Qaysi javobda lisoniy birliklar berilgan?
FONEMA, MORFEMA, LEKSEMA VA QOLIP
141. Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash, ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi nima deyiladi?
LEKSEMA
142. Leksemaning mazmun silsilasi bo’lgan sememani tashkil etuvchi a’zo nima deyiladi?
SEMA
143. Ikki a’zoning bir lisoniy sathdagi munosabati nima deyiladi?
PARADIGMATIK
144. Paradigmatik munosabat yana qanday nomlar bilan atalishi mumkin?
O‘XSHASHLIK
145. “Kitob” leksemasi 5 ta tovushning qanday munosabati orqali paydo bo’lgan?
SINTAGMATIK
146. Chiziqsimon, linyaviy ketma-ketlik aloqa nima deb yuritiladi?
SINTAGMATIK
147. Suv va chi shakllarining qo’shilishidan suvchi leksemasi hosil bo’ladi. Bu qanday munosabat orqali sodir bo’lgan?
SINTAGMATIK
148. Kitobni o’qimoq birikmasi kitob va o’qimoq leksemalarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Bu qanday munosabat orqali hosil bo’lgan?
SINTAGMATIK
149. Olma, o’rik, nok, behi kabi leksemalarning ongda uya holida turishi qaysi munosabat orqali bo’ladi?
POG‘ONALI
150. Daraxt, tana, ildiz, shox va barg leksemalarining ongda turishi qaysi munosabat orqali bo’ladi?
POG‘ONALI
151. Tur-jins munosabati ba’zan qanday nomlanadi?
GIPONIMIK
152. Butun-bo’lak munosabati ba’zan nima deyiladi?