Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1 dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y1 dan Y2gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.
Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:
«O’qituvchi»,1994
Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.
Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.
19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.
20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b.
21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b.
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari