Komenskiy o’qituvchining kasbiy sifatlari haqida.
Yan Amos Komenskiy o’qituvchini yer yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb deb hisoblab, o’qituvchiga nihoyatda katta ahamiyat berdi.
Shu bilan birga uning fikricha har bir o’qituvchi o’z kasbining burchi, vazifasi, ma’lumotini to’g’ri anglash lozim deb hisobladi.
U o’z ishini behad sevishi o’quvchilarga bamisoli otalaridek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi zarur. «O’zi namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga ergashtirish o’qituvchining eng birinchi vazifasidir».
Komenskiy o’zining dunyoqarashiga muvofiq dindorlik o’qituvchining eng muhim xislatlaridan biridir deb, hisobladi.
Uning qarashlarida diniy axloqiy shakllantirish, ma’rifat orqali xudoni anglashish asosiy axloqiy tarbiya vazifalari edi;
Umuman olganda, Yan Amos Komenskiy ilmiy pedagogika fanini shakllanishida muhim hissa qo’shdi. U pedagogika fanining asosi sifatida va barchani o’qitish lozim degan progressiv g’oya muallifi bo’lib tanildi.
Komenskiy o’z pedagogik g’oyalari bilan sxolastik ta’limotga qattiq zarba berdi. U maktab bolani ma’rifat olamiga boshlaganida, uni hissiy bilishga, so’ngra esa, aqliy bilishga o’rgatishi lozimligini ilgari surdi.
Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmining va maktabning taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. U maktab ma’rifiy ishlari orqali jamiyat hayotini o’zgartirish mumkin degan progressiv g’oyalarini, ta’lim prinsiplari, uslublarini kiritdi.
Dostları ilə paylaş: |