Mardlik – o’zini tuta bilish, chidamlilik, burchni ado etish singari xislatlarni o’z ichiga olishdir.
U shulardan tashqari bolalarda kamtarlik, mo’min-qobillik, shafqatlilik, pokizalik, xushmuomalalik, mehnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni axloqiy tarbiyaning asosi deb biladi. Komenskiy intizomning ahamiyati juda kattaligini ko’rsatdi. Buning isboti uchun u chexlarning «Intizomsiz maktab bamisoli suvsiz tegirmondir», deb maqomini keltiradi. Uning eng katta xizmati shundaki, u o’rta asrdagi kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga qarshi chiqdi, bolalarga insoniy muomala qilishni talab qildi.
«Yaxshi yo’lga qo’yilgan maktab qonunlari» nomli asarida o’quvchilar xatti-harakatlariga taalluqli qimmatli qoidalar bayon etilgan.
Komenskiyning pedagogika sohasidagi merosi ta’lim-tarbiyada ahamiyati juda kattadir. Uning ko’p tillarga tarjima qilingan darsliklari ko’pgina mamlakatlarda, shuningdek, XVII-XVIII asrlarda Rossiyada ham keng tarqaldi va 150 yildan ko’proq davr davomida eng yaxshi darslik sifatida xizmat qilib keldi. Uning asrlari, qimmatli fikrlari hozir ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q.
Dostları ilə paylaş: |