Yangi davrda industrial tizimni vujudga kelishi (XVIII asr)


Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə4/6
tarix23.08.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#140257
növüReferat
1   2   3   4   5   6
1-joriy nazorat (7) (1)

2.Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari

  • M. Robesper, L. Sen-Jyust, J.P. Marat, J. J. Danton va boshq. Ya- kobinchilar diktaturasining qat'iyatligi ichki va tashqi dushman- larga zarba berib, feodal tuzumni butunlay tugatdi Xususan, 1793 yil iyunida Konvent dekreti bilan emigrantlarn­ing konfiskatsiya qilingan yerlarini imtiyozli sotish tartibi belgi­landi. Kam ta'minlangan dehqonlar kichik yer maydonlarini sotib olishda boshlang'ich yerning 5% summasini kiritish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Qolgan summani to'lash uchun 10 yil muddat beri- lar edi. Dehqonlarning yerlari ularning xususiy mulkiga aylandi. Oziq-ovqat muammosini hal etish maqsadida "tovarlarni chay­qov maqsadida sotib olish" jinoyat deb hisoblana boshlandi. Har bir rayonda oziq-ovqat omborlari tashkil etildi. Non zaxiralarini ro'yxatdan o'tkazish bilan maxsus komissarlar shug'ullanar edilar. Yer egasi va uning oilasining ehtiyojidan ortiq bo'lgan bug'doy konfiskatsiya qilinar edi. 1793 yilning kuzidan boshlab birinchi zaruratdagi mahsulotlardan (kiyim-kechak, yoqilg'i va boshq.) tashqari, xom ashyo, temir, cho'yanga ham qat'iy cheklangan narxlar belgilandi. Yakobinchilar o'zlarining qat'iy va ziddiyatli siyosatlari natijasi­da xalqni qo'llab-quvvatlashidan mahrum bo'ldilar. Bu holatdan yirik burjuaziya foydalanishga harakat qildi. 1 mlrd.livr hajmda majburiy qarz olingandan so'ng mamlakatning iqtisodiy holatini yomonlashtirdi. Daromadi 9 ming livrdan oshgan boylarning zeb- ziynat va mulk soliqlari deyarli konfiskatsiyaga tenglashdi. Ushbu "soliqlar" joylarda qat'iylik bilan undirilardi. Aholining kambag'al qismi uchun hayriya kassalari tuzildi.

Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari

Xvii-asrda Germaniya feodal va iqtisodiy jihatdan qoloq mam- lakatligicha qolardi. Bozor xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan Gollandiya, Angliya va Fransiyadan farqli o'laroq Germaniya, ayniqsa uning sharqiy qismi, krepostnoylikni kuchayib borishi bilan xarakterlarnalardi. Yerni feodal ekspropriatsiya qilish (barshchi- na) yirik miqyoslarga erishdi. Yerdan mahrum bo'lgan dehqonlar feodalning xonadonida ovqat uchun yollanib ishlashardi. Mamlakat iqtisodiyotini kuchsizlanib borishining sabablari- dan biri - Germaniya tomonidan yirik jahon savdosi markazi o'rnining yo'qotishidir. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida savdo markazi Atlantika okeaniga ko'chib o'tdi. Germaniya siyosiy tarqoqligi sababli mustamlakalarni bosib olish, dastlabki kapital jamg'arishining tashqi manbalarini izlashda faol ishtirok etishda qatnasha olmadi.


Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin