XV-asrga kelib Angliya jahon yetakchisi hisoblangan Gollandiyadan kapitalistik manufakturalarning o'sish sur'atlari, jahon sav- dosi va mustamlaka iqtisodiyoti bo'yicha o'zib ketdi. XVIII asr o'rtasiga kelib Angliya yetakchi kapitalistik mamlakatga aylandi. Qishloq xo'jaligi. XVIII asrda Angliya asosan agrar mamlakat hisoblanardi. XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobidan so'ng mayda va o'rta dehqon xo'jaliklarini yirik yer mulkdorligi tomonidan siqib chiqarilishi XVIII asr o'rtalarida dehqonchilikni sinf sifatida ahamiyatini yo'qolib borishiga olib keldi. Jamoa va mayda dehqonchilikni tugatilishi natijasida yer mulkini qayta taqsimlani- shi, yerga yirik egalik qilish va kapitalistik fermerlikni rivojlanishi amalga oshirildi.pomestyelarni yiriklashtirilishi lenlordlarga qishloq xo'jalik texnikasidan keng foydalanish imkonini berdi. agrotexnika takomillashtirildi almashlab ekishga o'tish amalga oshirildiyirik fermerlar yollanma ishchilarni jalb qilib, yetakchi texnikani ishlatib va yer egalariga kapitalistik rentani to'lab xo'jalik yurita boshlashdi. qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan barqaror talab va ichki va tashqi bozorlarni muntazam kengayib borishi ishlab chiqarishni takomillashtirishga doimiy rag'bat bo'lib xizmat qila- di.
Angliya – sanoat inqilobining vatani
Mayda yerlarni yirik yer egalari tomonidan tortib olinishi jarayonini kengayib borishi ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan huquqiy aktlar sonidan ham ko'rinadi. Xvii-asrning birinchi choragida - 15 akt, asr o'rtasida - 220 ta akt, asr oxirida 1,5ta akt. Jamoa va dehqon yerlarini lenlordlarning xususiy mulkiga aylanishi jarayoni 1800 yilda qonun qabul qilini- shi bilan yakunlandi. Shunday qilib XVIII asrda Angliyaning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi yuqori darajada rivojlanar edi. Uning tovarlilik darajasi oshdi. Yerda ishlamaydigan aholining oziq-ovqat mahsulotlari- ga, sanoatni esa xom ashyoga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyoji to'liqroq qondirila boshlandi. O'z navbatida yerlarni yiriklashtirish jarayoni ish kuchi zaxirasini vujudga keltirib uni sanoatda foyda- lanishga imkon yaratadi. Sanoat to'ntarilishining shart-sharoitlari. XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobi natijasida: kapitalistik rivojlanish oldida turgan to'siqlarni olib tash- landi. yerga burjua mulkini o'rnatildi milliy bozorni shakllanishini jadallashtirildi mamlakatda monarxiya boshchiligida yer va moliyaviy aris- tokratiya ittifoqi shakllandi