Siyosiy tarqoqlik asr boshlarida Germaniya hududida 300 ga yaqin mus- taqil knyazliklar, gersogliklar va arxiepiskopliklar, 9 ta kurfyurst- liklar24, 36 ta diniy knyazliklar, 62 ta ariskratik va 100 ga yaqin im- periya ritsarliklari, 50 ta imperiya shaharlari mavjud edi. Ushbu konglomerat "German millatining muqaddas Rim imperiyasi" deb nomlanar edi. Ushbu knyazliklarning yerlari alohidalashgan bo'lib, o'z avtonomiyasiga ega edi, lekin rasman ular imperatorlik tarki- bida edi. Ushbu alohida hududlarning eng yiriklari - Brandenburg va Saksoniya, Meklenburg va Gessen, Gannover va Braunshveyg, Bavariya va Vyurtenberg va boshq. Siyosiy tarqoqlik xo'jaliklarni rivojlanishiga ham to'siqlik qildi. Ko'psonli bojxona postlari juda ko'p bojlar olar edilar. Yagona pul birligi mavjud bo'lmaganligi sababli pul muomalasida betar- tiblik mavjud edi. Mamlakatda 600 turdagi tangalar zarb etilardi. Yagona o'lchov va og'irlik tizimi yo'q edi. Bu sharoitda sanoat va savdodagi bir tomonlama proteksionizm iqtisodiy turg'unlikni chuqurlashtirar edi. Ichki (diniy) va tashqi urushlar ham qashshoqlikka olib kelar- di. O'ttiz yillik urush (1618-1648 yy.) haqiqiy milliy fojiaga olib kelib, uzoq muddatga xo'jalik rivojlanishiga to'siqlik qildi. Urush- dagi yo'qotishlar juda katta bo'lib ba'zi yerlarda aholining s qis- mini nobud bo'lishiga olib keldi. Qishloq xo'jaligida ham katta yo'qotishlar yuz
Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari
Qishloq xo'jaligi Bu davrda qishloq xo'jalik mahsulotlariga ichki va tashqi bozor talabi ortib bordi. Don, zig'ir, mol, jun, teri va boshqalar aholi va rivojlanib borayotgan shaharlar ishlab chiqarishlari uchun zarur edi. Bu hol nemis knyazlarini xo'jaliklarini kengaytirishga majbur- lardi. Bu islohotlar feodal uslubda amalga oshirilardi. Barshchina mehnati va dehqonlarni ekspluatatsiya og'irlashtirildi. Dehqonlarning yerlarini ekspropriatsiya qilish evaziga yerlarning kengayi- shi va ishlab chiqarishni rivojlantirish dehqonlarni ekspluatatsiya qilish evaziga amalga oshirilgan yerlar yunker xo'jaliklari deb nomlanardi. Yirik nemis feodal-knyazlari (yunkerlar) davlat siyo- satining boshida turar edilar. Faqatgina ular armiya va hukumatda yuqori lavozimlarni egallashga, va yerga egalik qilish huquqiga ega edilar.