632.Portugaliyaliklar G`arbiy Afrikada sohil bo`ylarini nechta guruhga ajratib boshqarishgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
633.Portugaliyaliklar G`arbiy Afrikada sohil bo`ylarini bir nechta guruhga ajratib ularni qanday nom bilan atashgan?
A) ulardan olinadigan asosiy tovarning nomiga qarab
B) ularning geografik joylashuv o`rniga qarab
C) ularning dehqon xo`jaliklariga qarab
D) ularning ish yuritish va xo`jaliklariga qarab
634.Hozirgi kunda Shimoliy Liberiyaning qirg`oqlari qanday nom bilan ataladi?/
1) Dodekans qirg`oqlari 2) Qalampir qirg‘oqi
3) Malta qirg`oqlari 4) Oltin qirg`oq 5) Qul qirg`og`i
A) 2,4,5 B) 1,3,5 C) 2,3,4 D) 1,2,5
635.XVII asrdan qul savdosida yetakchilik qilishni kimlar o`z qo`llariga olishdi?
A) ispanlar B) inglizlar
C) portugallar D) gollandlar
636.Amerikadagi ispan mustamlakalariga afrikalik qullarni quyidagi qaysi davlat vakillari yetkazib berishdi?
A) franszular B) inglizlar
C) portugallar D) gollandlar
637.XVII asrning ikkinchi yarmidan Afrikadagi mustamlaka bozorlarini egallash uchun kurashga quyidagi qaysi davlatlar qo`shildi?
A) Angliya va Fransiya
B) Fransiya va Rossiya
C) Angliya va Portugaliya
D) Belgiya va Ispaniya
638.Angliya va Fransiya dan keyin Afrikadagi mustamlaka bozorlarini egallash uchun kurashga quyidagi qaysi davlatlar qo`shildi?
1) Shvetsiya 2) Belgiya 3) Daniya 4) Luksembur 5) Brandenburg
A) 2,4,5 B) 1,4,5 C) 1,3,5 D) 3,4,5
639.XVI-XVIII asrlarda yevropalik qulfurushlar Amerikaga qancha qul olib kelishdi?
A) 10-12 mln B) 13-14 mln
C) 15-16 mln D) 17-18 mln
640.Mustamlakachi davlatlar Atlantika okeani orqali amalga ishirilgan qul savdosi jarayonida qancha qul halok bo`ldi?
A) 40-50 mln B) 50-60-mln
C) 60-70-mln D) 70-80 mln
641.Mamluk bu...
A) O`rta asrlarda Misrda mavjud bo‘lgan harbiylar qatlami. Ular, asosan,
kavkazlik va turkiy xalqlar vakillaridan iborat o`smir qullardan shakllantirilgan
B) barcha irqlarning teng emasligi, xalqlarning tarixi va madaniyatiga
farqlar hal qiluvchi ta`sir etishi to`g‘risidagi mafkuraviy qarashlar yig'indisi
C) boshqarish, rahbarlik ma`nolarini anglatadi
D) qo`shin, askar degan ma`nolarni anglatadi
642.Irqchilik bu...