Yangi ish joylarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash



Yüklə 9,44 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü9,44 Kb.
#207526
Mustaqil topshiriq №4


4-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli

Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish qator ijobiy samaralar keltiradi. Xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish raqobatbardosh mahsulotlarga, zamonaviy ishlab chiqarishga yuzma-yuz kelish, talabga muvofiq sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatidir. Xorijiy sarmoyadorlar bilan amaliy hamkorlik o’rnatish orqali jahon amaliyotida mavjud bo’lgan imkoniyatlardan foydalanish asosida quyidagi samaralarga erishish mumkin bo’ladi:


– eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatini yo’lga qo’yish;
yangi texnologiya, zamonaviy jihozlarni, yuqori unumli uskunalarni qo’lga kiritish;
– yangi ish joylarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash;
– ixcham, amalga oshirilgan xarajatlarni tez sur’atlar bilan qoplaydigan, yuqori samara beradigan korxonalarni qurish;
– zamon darajasida yuqori mehnat unumdorligiga erishish, mahsulot tannarxini pasaytirish, o’z manfaatlariga erishish;
– qo’shma korxonalar tuzish, ilg’or tajribaga ega bo’lish, boshqaruvni, raqobatni to’g’ri yo’lga qo’yish;
– bozor talabini qoniqtiradigan mahsulot (xizmatlarni) etishtirish;
– ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini dunyo bozori talablariga javob beradigan qilib etkazish;
– tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va uni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qo’lga kiritish;
– jahon bozorida o’zining mustahkam mavqeni egallash;
– daromadni ko’paytirish, yuqori samaraga erishish, sarf etilgan mablag’larni hech qanday talofat va yo’qotishlarsiz tez fursatda qoplash;
– mamlakat eksport imkoniyatlarini kengaytirish va jahon bozorida «qattiq» valyuta ishlab topishni o’rganish;
– mamlakat xazinasini to’ldirish;
– ichki, tashqi bozorda olib chiqiladigan mahsulotlar (ish, xizmat)ga bo’lgan talabni qondirish;
– milliy va jahon iqtisodiyoti ravnaqi va jamiyat farovonligini oshirish.
Ushbu ro’yxatni yanada davom ettirish mumkin, chunki xorijiy sheriklar bilan hamkorlik o’rnatish, ular bilan qo’shma faoliyat olib borish milliy iqtisodiyotimizda tub tuzilmaviy o’zgarishlarga olib keladi, mamlakat qudratini yanada oshirib, milliy valyuta mavqeini mustahkamlaydi, aholi farovonligini ta’minlaydi, turmush tarzini yaxshilaydi.

Topshiriq





  1. O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra xorijiy investitsiyalarni O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish shakllarini o’rganing va ularning har biri bo’yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan korxonalardan misol keltiring.

  2. Respublikamizda xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar, kafolatlar va rag’batlantirish omillario’rganing.

  3. Dunyoga mashhur transmilliy korporatsiyalarning o’ntasini tanlang, ularning faoliyatini o’rganing va O’zbekiston bilan hamkorligini tahlil qiling.

Yüklə 9,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin