60412500 - “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta`lim yo`nalishi 1 kurs talabalari tomonidan 1 semestrda mazkur fanni o`rganish uchun jami - 120 soat ajratgan bo`lib, shundan:
36 soat ma`ruza;
36 soat seminar;
108 soat mustaqil ta`limdan iborat.
Kreditlar soni: 6
Ma`ruz o`qituvchisi – katta o`qituvchi L.B. Navro`zzoda.
Amaliy mashg’ulot o`qituvchisi – katta o`qituvchi L.B. Navro`zzoda.
Maruza rejasi:
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati .
2.Fanning predmeti, ob’ekti va vazifalari.
3. Marketing funksiyalari.
1-SAVOL
MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI
“Marketing” so`zi
Marketing - «bozor bilan bog`liq faoliyat” ma`nosida tarjima qilinadi. Lekin bu tushunchaning ma`nosi juda kengdir.
O`zbek tilida uni “Bozorshunoslik” so`zi bilan ifodalash mumkin.
inglizcha market - bozor va unga «ing» qo`shilganda harakat, faoliyat ma`nosini anglatadi.
“Marketing” tushunchasining o`zagini “bozor” tashkil qiladi
“BOZOR” forscha so`zidan shakllangan.
“boz” – yana, “or” – keltir,
“bozor” – yana keltir ma`nosini bildiradi.
Ya`ni rasta tarzida tashkil etilgan sotish va sotib olish joylarga tovarlarni uzliksiz, tugatmasdan keltirib turish kerak. Toki, xaridorlar tovat tanqisligini sezmasin.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud.
Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.