Yangi o`rganishni boshlanayotgan fanning nomi: marketing asoslari. Fanning malakaviy kodi: ma1304



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə6/7
tarix04.10.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#152246
1   2   3   4   5   6   7
Marketing asoslari. 1 Mavzu. mark (3)

2-SAVOL

  • FANNING PREDMETI, OB’EKTI
  • VA VAZIFALARI

“Marketing asoslari” fani

  • xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (yani foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e`tibor beriladi. Ushbu fan raqobatni, iste`molchi xulq-atvorini, tovarni sifati, uning raqobatbardoshligini, rag`batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o`rganadi.

“Marketing asoslari” fani predmeti:

  • tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning iste’molchi (xaridor) talablarini qondirish hamda o’z mahsulotini sotish uchun yangi imkoniyatlarni qo’lga kiritish jarayonidagi xatti-harakatlarini tashkil etish mantiqi, shakllari, uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat.

“Marketing asoslari” fanining asosiy ob’ektlari:

  • bozor;
  • iste’molchi;
  • tovar va xizmat;
  • baho;
  • tovar harakati;
  • reklama;
  • sotish va uni rag`batlantirish hisoblanadi.

“Marketing asoslari” fani metodologiyasini nima tashkil qiladi?

  • Yuqoridagi marketing atamalarni kompleks ravishda o’rganish va tadqiq qilish ushbu fani metodologiyasi va uslubiyati mazmunini tashkil etadi.

Marketing fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

Marketing vazifasi- bu mavjud mijozlarni ushlab qolish, yangi mijozlarni jalb qilish va ketib qolgan mijozlarni qaytarib olishdir.

Marketingni tanlashda quyidagi savollarga javob berish kerak bo’ladi:

  • Marketingni tanlashda quyidagi savollarga javob berish kerak bo’ladi:
  • Nega? (menga marketing nima uchun kerar?)
  • Kimga? (biz murojaat qiladigan insonlar kim?)
  • Nima? (natijaga erishish uchun nima aytamiz?)
  • Qanday? (aytadigan narsamizni ganday etkazamiz?)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin